34
Мастер отчетов (hisobotlar ustasi) – tanlangan maydonlar asosida avtomatik ravishda
yangi hisobotlar tuzish.
Автоотчет (avto hisobot)- в столбец (ustun ko’rinishida)–
maydonlarni avtomatik
ravishda bitta ustunga joylashtirgan holda hisobot tuzish.
Автоотчет: lentasimon ko’rinishda – maydonlarni avtomatik ravishda lentasimon joylashtirilgan
holda hisobotlar tuzish.
Мастер диаграмм (diagrammalar ustasi)– diagrammalar asosida hisobotlar tuzish. Почтовые
наклейки (pochta yorliqlari)–pochta markalarini nashr qilish uchun
formatlangan hisobotlar
tuzish.
Hisobotlarni tuzish uchun ham xuddi formalar tuzishdagi kabi hisobotlarni tuzish usullaridan biri
tanlangach, muloqot darchasining pastki qismida hisobot tuziluvchi jadval yoki so’rov nomi
ko’rsatiladi.
Hisobot tuzilmasi
Xuddi forma kabi hisobot ham boshqarish elementlariga ega qismlardan
tashkil topgan,
ammo bunda qismlar ko’p-u, boshqarish elementlari formanikidan kamroq. Hisobot tuzilmasi
asosan 5 qismdan iborat bo’ladi:
•
hisobot sarlavhasi,
• yuqori kolontitul,
• ma’lumotlar joylashgan joy,
quyi kolontitul,
• hisobot eslatmasi.
Odatda, hisobot tuzilmasi bilan tanishish uchun avtomatik ravishda hisobot tashkil qilib
uni «конструктор» tartibida ochish qulay. Bunda hisobot sarlavhasi umumiy sarlavhani chop
etishni ta’minlaydi, yuqori kolontitul qismlari esa sarlavhaga tegishli kichik-kichik
sarlavhachalarni ifodalaydi. Ma’lumotlar maydonida esa boshqaruv elementlari joylashtirilib,
ular asosan ma’lumotlar bazasi maydonlari mazmunini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: