Reja: Kompyuter taqdimotlari tushunchasi. Microsoft Power Point dasturi haqida umumiy tushuncha


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/41
Sana19.01.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1101195
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
Bog'liq
6-10

3-misol. «Svetofor» dan foydalanish algoritmi. svetofor 
chirog’iga qaralsin; qizil chiroq yongan bo’lsa, to’xtalsin; sariq 
chiroq yongan bo’lsa, yurishga yoki to’xtashga tayyorlansin; 
yashil chiroq yongan bo’lsa, yurilsin.
Bu misollardan bitta umumiy tomonini kuzatish mumkin. Bu algoritmdan qanday maqsad 
ko’zlanganligini bilmasdan turib ham, uni muvaffaqiyat bilan bajarish mumkin. Demak, hayotda 
uchraydigan murakkab jarayonlarni boshqarishni yoki amalga oshirishni robotlar, kompyuterlar 
va boshqa mashinalar zimmasiga yuklashimiz mumkin ekan. Bu esa algoritmning juda muhim 
afzalligidir. Shunga ko’ra, har bir inson o’z oldiga qo’yilgan masalaning yechish algoritmini 
to’g’ri tuzib bera olsa, u o’z aqliy va jismoniy mehnatini yengillashtiribgina qolmay, bu ishlarni 
avtomatik tarzda bajarishni mashinalarga topshirishi ham mumkin.
Algoritmni ishlab chiqishda masalaning yechish jarayonini shunday formallashtirish 
kerakki, bu jarayon yyetarli darajadagi oddiy qoidalarning chekli ketma-ketligi ko’rinishiga 
keltirilsin. Masalan, biz ko’pincha ko’p xonali sonlar ustida asosiy arifmetik amallarni bajarishda 
vatandoshimiz Al-Xorazmiyning IX asrda yaratgan qoidalarini ishlatamiz. "Algoritm" atamasi 
ham ana shu buyuk matematik nomidan kelib chiqadi.
Shuning uchun algoritm deb, masala yechimini tasvirlashning ixtiyoriy tasviri olinmasdan, balki 
faqatgina ma’lum xossalarni bajara oladiganlari qabul qilinadi. Ko’rsatmalarning mazmuni, kelish 
tartibi, qo’llanish doirasi va olinadigan natijadan kelib chiqib, algoritmning eng asosiy xossalari 
bilan tanishamiz.
Algoritmning asosiy xossalari.  
Diskretlilik. Bu xossaning mazmuni-algoritmlarni doimo chekli qadamlardan iborat qilib 
bo’laklash imkoniyati mavjudligidadir. Boshqacha aytganda, uni chekli sondagi oddiy 
ko’rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. Algoritmning bu xossasi yuqorida 
keltirilgan hamma misollarda yaqqol ko’rinib turibdi. Agar kuzatilayotgan jarayonni chekli 
qadamlardan iborat qilib bo’laklay olmasak, u holda uni algoritm deb bo’lmaydi.


37 
Tushunarlilik. Algoritmning ijrochisi hamma vaqt inson bo’lavermaydi. Choy damlashni 
yoki boshqa ishlarni bajarishni faqat odamga emas, balki robotga ham buyurish mumkin. Ijrochiga 
tavsiya etilayotgan ko’rsatmalar uning uchun tushunarli bo’lishi kerak, aks holda ijrochi oddiygina 
amalni ham bajara olmaydi. Bundan tashqari, ijrochi har qanday amalni bajara olmasligi ham 
mumkin. Har bir ijrochining bajara olishi mumkin bo’lgan ko’rsatmalar yoki buyruqlar birikmasi 
mavjud bo’lib, u ijrochining ko’rsatmalar tizimi deyiladi. Shuning uchun ijrochi uchun 
berilayotgan har bir ko’rsatma ijrochining ko’rsatmalar tizimiga tegishli bo’lishi kerak.
Ko’rsatmalarni ijrochining ko’rsatmalar tizimiga tegishli bo’ladigan qilib ifodalay 
olishimiz muhim ahamiyatga ega. Masalan, pastki sinfning a’lochi o’quvchisi «son kvadratga 
oshirilsin» degan ko’rsatmani tushunmasligi natijasida bajara olmaydi. Lekin «son o’zini o’ziga 
ko’paytirilsin» shaklidagi ko’rsatmani bemalol bajaradi. Sababi, u ko’rsatma mazmunidan 
ko’paytirish amalini bajarish kerakligini anglaydi.
3. 
Aniqlik. Ijrochiga berilayotgan ko’rsatmalar aniq mazmunda bo’lishi kerak. 
Chunki, ko’rsatmadagi noaniqliklar mo’ljaldagi maqsadga erishishga olib kelmaydi.
Odam uchun tushunarli bo’lgan «3-4 marta silkitilsin», «5-10 daqiqa qizdirilsin», «1-2 
qoshiq solinsin», «tenglamalardan biri yechilsin» kabi noaniq ko’rsatmalar robot yoki 
kompyuterni qiyin ahvolga solib qo’yadi. Bundan tashqari, ko’rsatmalarning qaysi ketma-ketlikda 
bajarilishi ham muhim ahamiyatga ega. Demak, ko’rsatmalar aniq berilishi va faqat algoritmda 
ko’rsatilgan tartibda bajarilishi shart ekan.
4. 
Ommaviylik. Har bir algoritm mazmuniga ko’ra bir turdagi masalalarning barchasi 
uchun ham o’rinli bo’lishi kerak. Ya’ni, masaladagi boshlang’ich ma’lumotlar qanday bo’lishidan 
qat’iy nazar, algoritm shu xildagi har qanday masalani yechishga yaroqlidir. Masalan, ikki oddiy 
kasrning umumiy maxrajini topish algoritmi, kasrlarni turlicha o’zgartirib berilganda ham
ularning umumiy maxrajlarini aniqlab beraveradi.
5. 
Natijaviylik. Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan keyin, albatta natija 
berishi shart. Bajariladigan amallar ko’p bo’lsa ham baribir natijaga olib kelishi kerak. Chekli 
qadamdan keyin qo’yilgan masala yechimga ega emasligini aniqlash ham natija hisoblanadi. Agar 
ko’rilayotgan jarayon cheksiz davom etib natija bermasa, uni algoritm deb ayta olmaymiz.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling