Reja: Kompyuter tarmog‘i haqida umumiy tushunchalar
Download 1.91 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- M intaqaviy tarmoqlar
Lokal tarmoqlar (LAN — Local Area NetWork) - bir korxona yoki muassasadagi bir nechta binolardagi yoki sinflardagi komp’yuterlarni o‘zaro bog‘lagan tarmoq. Kompyuterlar, boshqa periferiya qurilmalari (printerlar, disk kontrollerlari va boshqalar)ning bog‘lanishini ta’minlaydigan va ularga umumiy disk xotirasidan, periferiya qurilmalaridan birgalikda foydalanishga, ma’lumotlar bilan almashishga imkon beradigan apparat vositalari va algoritmlar to‘plamidir. Lokal tarmoqlarning asosiy farqlanuvchi xususiyati barcha uchun yagona kompyuterlarning ma’lumot uzatish tezkor kanali va kommunikatsiya asbob - uskunalarida xatolikning yuzaga kelish ehtimolining deyarli yo‘qligi.
Lokal tarmoq uchun mavjud standartlar (tegishlicha Ethernet va ARCNET) 2,5 kmdan 6 kmgacha bo‘lgan masofadagi kompyuterlar orasida aloqani ta’minlaydi. Lokal tarmoqning xarakterli tomonlari:· chegaralangan geografik hudud, foydalanuvchilarning katta tezlikka ega tarmoqda ishlashni ta’minlash, lokal servislarga doimiy ulanish, yonma-yon turgan qurimalarga ulanish. SHaxsiy kompyuterlarning lokal tarmog‘i keng tarqalgan.
M intaqaviy tarmoqlar (Metropolitan Area Network, MAN)–shahar va viloyatlar darajasida kompyuterlarni va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali o‘zaro bog‘lagan lokal tarmoqqa nisbatan kattaroq tarmoqlar yig‘indisi. Global tarmoqlar (Wide Area Network, WAN) - o‘ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun’iy yo‘ldosh) aloqalari orqali bog‘lagan yirik xalqaro tarmoq. U bir-biridan geografik uzoq masofalarda joylashgan kompyuterlarni birlashtiradi, lokal tarmoqlarni birlashtiradi. 3-rasm. Global tarmoqni tashkil etilishi Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling