Reja: Kompyuter to‘rlari va ularning turlari


Download 141.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana01.03.2023
Hajmi141.35 Kb.
#1239632
  1   2   3   4   5


4-MA’RUZA
Kompyuter tarmoqlarining turlari. Ularning klassifikatsiyasi. 
 
Reja: 
1. Kompyuter to‘rlari va ularning turlari.  
2. Kompyuterlarning 
tarmoq 
tushunchasi, 
turlari 
va 
ularning 
ko‘rinishlari. 
3. Mintaqaviy, lokal va global tarmoqlarning xususiyatlari. 
Hisoblash 
texnikasi 
vositalarining 
rivojlanishi, 
ayniqsa 
shaxsiy 
kompyuterlarning paydo bo‘lishi mahalliy hisoblash tarmog‘i (MHT) deb 
nomlanadigan yangi tipdagi axborot-hisoblash tizimlarining yaratilishiga olib 
keldi. MHT ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan loyihalash va texnologik 
tayyorlash tizimlari, ishlab chiqarish va texnologik majmualarni boshqarish 
tizimlari, idora tizimlari, port boshqaruvi tizimlari va boshqalarda keng 
qo‘llanilmoqda. MHT turli ishlab chiqarish bo‘linmalarini boshqarishning 
murakkab tizimlarini qurishda samarali usul hisoblanadi. MHT tibbiyot, qishloq 
xo‘jaligi, ta’lim, fan va boshqa sohalarda jadal joriy etilmoqda. 
Kompyuter tarmoqlarining paydo bo‘lish sabablaridan biri resurslaridan 
hamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq 
orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari
amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu holat axborot tashuvchilardagi joyni 
tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining 
birgalikda ishlatilishi qo‘shimcha mablag‘ni asraydi. 
Tarmoqdan foydalanganda axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki 
juda oddiy usulda qimmatli axborotlarni qayta nusxalash mumkin va alohida 
foydalanuvchilar 
o‘rtasida axborot almashish yengillashtiriladi. Tarmoq 
foydalanuvchilar so‘rovini mujassamlashtiradi, bir vaqtning o‘zida axborotdan 
ko‘plab mijozlar foydalanish imkonini beradi. 
Apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta’minoti orqali o‘zaro bir-birlari bilan 
hamohang ishlay oladigan kompyuterlar majmuiga tarmoq deyiladi.
Tarmoqlarni turli me’yorlarga ko‘ra sinflarga ajratish mumkin. Bular: 

Download 141.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling