Reja: Kompyuterlarning umumiy xarakteristikasiv va kompyuterning texnik ta’minoti
Qurilmalardan foydalanish qoidalari
Download 76.5 Kb.
|
maktab kompyeterlari haqida ma\'lumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. KOMPYUTER SINFIDA KOMPYUTERLARNI JOYLASHTIRISH TARTIBI (SXEMASI), SERVER (BOSHQARUVCHI) KOMPYUTERNING ASOSIY VAZIFASI.
Qurilmalardan foydalanish qoidalari.
Maktab kompyuter sinfidagi kompyuterlardan foydalanishning sanitariya-gigiyena qoidalari va texnika xavfsizlik qoidalariga to’la rioya qilgan holda foydalanish tavsiya etiladi. Bu qoidalar har bir o’quvchi yoki foydalanuvchi uchun umumiy bo’lib, u maktab kompyuter sinfxonasida alohida stend tarzida eslatma shaklida chiqarib qo’yilgan bo’lishi zarur. Ushbu qoidalarga rioya qilgandagina o’quvchilarning kompyuterlardan musitaqil foydalanishini yo’lga qo’yishimiz mumkin. Bundan tashqari kompyuterning har bir qurilmasidan foydalanish uchun alohida qoidalar o’quvchilarga tushuntirilishi zarur bo’ladi. Masalan, kompyuterni elektr tokiga ulab ishga tushirish va ish yakunida elektr tokidan ajratish qoidasi: –elektr tokiga maxsus kabelni ulang; –agar kompyuter, maxsus transformator yoki stabilizator orqali tokka ulanadigan bo’lsa, uni yoqing; –agar sizga printer qurilmasi zarur bo’lsa, oldin printerni yoqing; –monitorning tokka ulagich tugmasi bosing; –sistemalar blokini yoqing. –kompyuter ishga tayyor bo’lguncha (operatsion sistema yuklanguncha) 2-3 minut kutib turing. –o’zingizga zarur bo’lgan amaliy dasturdan foydalanib, ishingizni bajaring; –kiritgan axborotlar yoki o’zgarishlarni kompyuter xotirasiga saqlash buyrug`ini bering; –ishlagan dasturingizdan qoidasi asosida chiqing; –agar kompyuterda Windows operatsion sistemasida ishlagan bo’lsangiz ishchi stolidagi «Pusk» tugmasidan ishni tugatish haqidagi buyruqni bering; –Ekranni o’chiring; –printer yoqilgan bo’lsa, uni o’chiring; –Sitemali blokni o’chiring; –transformatorni o’chiring; –maxsus kabelni elektr tokidan ajrating. Bundan tashqari har bir qurilmadan foydalanishda ham ushbu shakldagi algoritm asosida ishni tashkil qilish shart. Agarda qoidalarga rioya qilmasak, kompyuterimizda ko’pgina bajarayotgan ishimiz to’g`ri natija bermaydi yoki xatoliklar paydo bo’ladi. 3. KOMPYUTER SINFIDA KOMPYUTERLARNI JOYLASHTIRISH TARTIBI (SXEMASI), SERVER (BOSHQARUVCHI) KOMPYUTERNING ASOSIY VAZIFASI. Maktab kompyuter sinfxonasida kompyuterlarni quyidagi usullardan joylashtirishimiz mumkin: 1.Sinf xonaning devorlari bo’ylab, foydalanuvchilar devorga qarab ishlaydigan holatda – «G» -harfi shaklida. 2.Sinfxonaning devorlari bo’ylab – «P» shaklida. 3.Sinfxonada kompyuterlarni bir to’plam ikki tomonlama ishlashga mo’ljallab joylashtirish: Kompyuter sinfxonalarida kompyuterlarni joylashtirish – o’quvchilar bilan muloqatda bo’lish jihatidan ahamiyatlidir. 1-2-holatlarda joylashtirilsa, o’quvchilar bilan nazariy mashg`ulotlarni o’tkazish ham amaliy mashg`ulotlar davomida muloqatda bo’lish jarayonida ularning bajarayotgan amallarini to’g`ridan-to’g`ri nazorat qilib turish imkoniyatini beradi. Bir o’quvchiga tushuntirish qilinayotganda qolgan o’quvchilar ham monitordagi bajarilayotgan amallarni kuzatib turish mumkin bo’ladi. Download 76.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling