Reja: Kompyuterlarning umumiy xarakteristikasiv va kompyuterning texnik ta’minoti


Download 76.5 Kb.
bet1/5
Sana28.12.2022
Hajmi76.5 Kb.
#1021139
  1   2   3   4   5
Bog'liq
maktab kompyeterlari haqida ma\'lumot


Mavzu: MAKTAB KOMPYUTERLARINING TUZILISHI, IMKONIYATLARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI, ISHLASH TARTIB QOIDALARI.
REJA:

  1. Kompyuterlarning umumiy xarakteristikasiv va kompyuterning texnik ta’minoti

  2. Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari va qurilmalardan foydalanish qoidalari.

  3. Kompyuter sinfida kompyuterlarni joylashtirish tartibi (sxemasi), server (boshqaruvchi) kompyuterning asosiy vazifasi.

  4. Xulosa

1.Kompyuterlarning umumiy xarakteristikasi va Kompyuterning texnik ta’minoti.
Kompyuter deganda, turli hajmdagi har xil ko’rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta’minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin.
Kompyuterlar imkoniyatlarining takomillashuvi xamda ishlab chikarish va xayotning turli soxalariga intensiv tarzda kirib borishi mos fan soxasini jumladan, informatika fani predmetining bir necha bor tubdan yangilanishiga olib kelgan. Hozirgi kunda kompyuter va unga mos dasturiy ta’minot bazasi imkoniyatlari bu fanni o’qitishda xar bir soha mutaxassislariga muayyan bilim va ko’nikmalar majmuasini berish imkonini beradi va taqozo qiladi. Bu yo’sindagi majburiylik kompyuter unga ulanadigan qurilmalar majmuasi hamda mavjud amaliy dasturlar zahirasi katta bo’lgani uchun bir kishi tomonidan to’laqonli o’zlashtirilishi nihoyatda mushkul masala ekanligidan kelib chiqadi. Shuning uchun ushbu texnikaning bajara oladigan imkoniyatlari, vazifalari va tashkil qiluvchilari bilan to’liq tanish bo’lishimiz lozim. Quyida kompyuter haqida umumiy ma’lumotlarni keltiramiz.
Kampyuter – inglizcha so’z bo’lib, u «hisoblovchi» degan ma’noni bildiradi. U hozirda faqat hisoblovchi bo’lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan, hozirda uning eski nomi – kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko’pchilikning tushunchasida go’yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor, xolos. Bunga, albatta, sabablar ko’p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari, ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo’lsa, ikkinchi tomondan, ko’p masalalarni yechish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter termini ko’p uchrasa-da, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko’p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko’rsatkichlari yuqori bo’lgani uchun ulardan ko’prok foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlarning besh guruhi keng qo’llanilmoqda.
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad turida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab besh guruhga bo’lish mumkin:
– super kompyuterlar (Super Computer);
– katta kompyuterlar (Manframe Computer);
– mini kompyuterlar (Minicomputer);
– shaxsiy kompyuterlar (RS-Rersonal Computer);
– bloknot (noutbook) kompyuterlar.
Hozirgi kunda umumta’lim maktablariga joylashtirilayotgan kompyuterlar sinfi Shaxsiy kompyuterlardan tashkil topgan bo’lib, 11 dona yoki 13 dona kompyuterlardan iborat.



Download 76.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling