Reja: Kompyuterlarning umumiy xarakteristikasiv va kompyuterning texnik ta’minoti
Download 76.5 Kb.
|
maktab kompyeterlari haqida ma\'lumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari va Qurilmalardan foydalanish qoidalari
Kompyuterning texnik ta’minoti.
Kompyuterning ishlash printsipini birinchi bo’lib ingliz olimi Charlz Bebich va uning g`oyasini mukammalashgan ko’rinishini Djon Fon Neyman taklif qilgan. Uning printsipi dastur asosida boshqariladigan avtomatik ravishda ketma-ket ishlash g`oyasidan iborat. Hozirda deyarli barcha rusumli kompyuterlar shu g`oya asosida ishlaydi. Lekin keyinchalik ko’p protsessorli kompyuterlar, ya’ni bir vaqtda dasturning bo’laklarini ketma-ket emas, parallel bajaradigan, kompyuterlar ham yaratilganligini esalatib o’tish joizdir. Kompyuterlar ishlashi uchun zaruriy shart – dasturlarning mavjudligidir. Dastur ta’minoti 2 ta guruhdan iborat: –sistemaning ishlashi bilan bog`liq sistema dasturlari – operatsion sistemalar; –mavjud sistemada foydalanuvchi ishlashi uchun amaliy dasturlar. Ushbulardan kelib chiqqan holda Kompyuterning avvaldan tuzilgan dastur asosida ishlaydigan texnik qurilma ekanligini tushunib olishimiz kerak. Kompyuterlarni boshqaruvchi dasturlar uning xotira qurilmasiga kiritib qo’yiladi. Xotirada turgan dastur asosida dasturni tashkil etuvchi har bir operator ishni ketma-ket bajaradi. Boshqaruv qurilmasi deb ataluvchi maxsus qurilma hozir qanday operator bajarilishi va undan keyin qaysi operator bajarilishi ustidan nazorat o’rnatadi va uning bajarilishini ta’minlaydi. Amal (arifmetik- mantiqiy) esa protsessor deb ataluvchi qurilmada bajariladi. Dastur ishlash natijasi to’g`ridan-to’g`ri ekranda yoki tashqi qurilma (chop qiluvchi mexanizm, grafik chizuvchi qurilma, video qurilma va boshqalar) deb ataluvchi qurilmada ko’rilishi mumkin. Odatda kompyuter ikki qismdan: Hardware (kompyuterning tashkil etuvchilari – qattiq qismlari) va Software (kompyuterning dastur ta’minoti – kompyuterning yumshoq qismlaridan) tashkil topgan deyiladi. Kompyuterning qattiq qismlari bilan tanishamiz. 2.Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari va Qurilmalardan foydalanish qoidalari. Maktab kompyuterlari quyidagi qurilmalar (qattiq qismlardan) tashkil topgan: Asosiy qurilmalar: 1) tizimli qism; 2)monitor; 3)klaviatura Qo’shimcha qurilmalar: 4)«sichqoncha», 5)printer, 6)skaner, 7)disketalar. Tizimli qism: odatda yassi yoki minora ko’rinishda ishlab chiqariladi. Kompyuternning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo’lib, ular quyidagilardir: Tezkor xotira, mikroprotsessor, qurilmalar nazoratchilari (ya’ni kontrolerlar, adapterlar, elektr manbai bilan ta’minlash bloki), yumshoq disk qurilmasi, qattiq disk qurilmasi, faqat o’qish uchun mo’ljallangan lazer disk qurilmasi, shinalar, multimediya, tarmoq kartasi, sistema platasi, modem va boshqa qurilmalar. Tizimli qismga uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko’plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin. Xotira qurilmasi – kompyuterda dasturlar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilma hisoblanib, u quyidagilardan tashkil topgan: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va boshqalar. Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bo’lib, protsessor undan amallarni bajarish uchun dastur, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kompyuter o’chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan dasturlar va foydalanuvchi tomonidan berilganlar yo’q bo’lib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disketalarda saqlab qolish kerak. Doimiy xotira. Kompyuterda berilganlarni unga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira (BIOS – Basic Input – Output System – kiritish chiqarishning asosiy sistemasi) mavjud. Bunday xotiradan faqat o’qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM deb ataladi. Bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operatsion sistemaning boshlang`ich yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko’rsatishning asosiy funktsiyalarini bajarish uchun ishlatiladi. Kesh xotira. Kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo’lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Videoxotira. Videoxotira monitor ekranida video ma’lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasida ko’p joy egallaydi. Shuning uchun video xotira hajmi qancha katta bo’lsa, shuncha yaxshi bo’ladi. Mikroprotsessor. Mikroprotsessor kompyuterning amal bajariladigan qismi bo’lib, u ma’lumotlarni berilgan dastur asosida qayta ishlaydi. Hozirgi zamonaviy kompyuterlarda PENTIUM protsessorlari ishlatilmoqda. Sistema platasi. Kompyuterning asosiy platasi hisoblanib, unga BIOS, mikroprotsessor, tezkor xotira, kesh xotira, shinalar joylashtirilgan bo’ladi. Bundan tashqari, unda ba’zi qurilmalar, ishni boshqaruvchi elektron sxemalar, klaviatura, disk qurilmalari adapteri ham joylashgan bo’ladi. Modem. Kompyuter telefon tarmog`i orqali axborot almashish maqsadida ishlatilayotganda, telefon tarmog`idan olingan signalni qabul qila oluvchi va uni raqamli axborotga aylantiruvchi qurilma modem qurilmasidir. Modemning ikki turi mavjud: ichki va tashqi modem. Ichki modem plata ko’rinishida kompyuter ichiga maxsus sistema platasiga o’rnatiladi. Monitor qurilmasi – bu foydalanuvchiga kompyuterda ma’lumotlarni ekranda tasvirlab turish vazifasini bajaruvchi – chiqarish qurilmasi hisoblanadi. Klaviatura qurilmasi – bu foydalanuvchi bilan kompyuter muloqatini o’rnatuvchi – kiritish qurilmasi hisoblanadi. Download 76.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling