Reja: Kompyuterning fizik xotirasi


Download 24.7 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi24.7 Kb.
#1582135
  1   2   3   4
Bog'liq
Reja Kompyuterning fizik xotirasi-fayllar.org


Reja: Kompyuterning fizik xotirasi

4-Ma’ruza


Tezkor xotira, ko’p yadroli va grafik protsessorlarda xotiraning xotirasini tashkil etilishi
Reja:
Kompyuterning fizik xotirasi
Kompyuterning mantiqiy xotirasi
Kirish
Kompyuter tizimlarining asosiy vazifasi – dasturlarni bajarishdir.
Dasturlar, ular murojaat qilish huquqiga ega bo’lgan ma’lumotlar bilan birgalikda (kamida qisman) tezkor xotirada joylashishi kerak.
Operatsion tizim foydalanuvchi jarayonlari va OT komponentlari o’rtasida xotirani ajratish muammosini hal qilishi kerak. Ushbu faoliyat xotirani boshqarish deb ataladi. Shuning uchun, xotira (storage, memory) ehtiyotkor boshqaruvni talab qiladigan muhim resurs hisoblanadi.
Kompyuter xotirasini fizik tashkil etish
Kompyuterning saqlash qurilmalari kamida ikkita darajaga bo’linadi: asosiy (bosh, tezkor, fizik) va ikkilamchi (tashqi) xotira.
Asosiy xotira o’zida har biri o’zining unikal manzili (tartib nomeri) ga ega bo’lgan bir baytli yaycheykalarning (kataklarning) tartiblangan massivini ifodalaydi. Protsessor komandani asosiy xotiradan oladi, dekodlaydi va uni bajaradi. Komandani bajarish uchun asosiy xotiraning bir nechta yaycheykalariga murojaat qilishi mumkin. Odatda asosiy xotira yarimo’tkazgich texnologiyalaridan foydalanib ishlab chiqariladi va quvvat o’chirilganda ma’lumotlari yuqotiladi.
Ikkilamchi xotirani (asosan disklar) baytlar ketma-ketligidan tashkil topgan bir o’lchovli chiziqli adreslar maydoni deb qarash mumkin. Asosiy xotiradan farqli ravishda, u elektr energiyasiga bog’liq emas, hajmi ancha katta va asosiy xotiraning kengaytmasi sifatida ishlatiladi.
Xotira iyerarxiyasi
Yuqori darajadagi xotirada joylashgan ma’lumotlar, odatda, katta nomerli darajalarda saqlanadi. Agar protsessor kerakli ma’lumotlarni i-darajadan topmasa, u keyingi darajalardan qidirishni boshlaydi. Kerakli ma’lumotlar topilganda, ularni tezkorroq darajaga o’tkazadi.

Download 24.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling