Kompyuterga drayver o‘rnatish - Kompyuterga drayver o‘rnatish
- Bu birinchi qarashdagina murakkab tuyuladi. Aslida barcha drayverlar uchun bir xil bo‘lgan ketma-ketlikdagi bir necha amallar bajarilsa, kifoya.
- Barcha drayverlarning o‘rnatish fayllari mavjud bo‘ladi. Ular odatda Install.exe yoki setup.exe ko‘rinishida bo‘ladi. Ushbu fayllarni bosganingizda ketma-ket darchalar ochiladi. Ulardagi «Dalee» (Keyingi) tugmasini bosib borasiz. O‘rnatishga oid boshqa barcha jarayonlar avtomatik tarzda kompyuter tomonidan bajariladi.
- Drayver o‘rnatayotganingizda bitta muammo chiqishi mumkin. Bu ham bo‘lsa, tegishli qurilma topilmaganligi haqida xabar paydo bo‘lishi. Bu muammoni hal etish uchun avvalo o‘rnatilayotgan drayver haqiqatan yangi qurilmaga tegishli ekanligini tekshiring (barcha qurilmalar uchun universal drayver hozircha o‘ylab topilmagan!). Agar drayver aynan shu qurilmaniki bo‘lsa, unda u qurilmaga qaraganda ancha keyin chiqqan bo‘ladi, shuning uchun eski talqindagi drayverni topib, o‘rnating.
- Drayver o‘rnatishning kompleks uslubi
- Drayver o‘rnatishning ikkinchi uslubi biroz murakkabroq bo‘lsa-da, bir marta unnab, tushunib olsangiz, keyin har qanday drayverni muammosiz o‘rnata oladigan bo‘lasiz.
- 1. «Пуск» menyusiga kirasiz, «Мой компьютер» (Mening kompyuterim) tugmachasiga strelkani olib borib, sichqonchaning o‘ng tomonini bosasiz. Paydo bo‘lgan ro‘yxatdan «Свойство» (Xususiyatlar) ni tanlang.
- 2. «Оборудование» (Qurilmalar) sahifachasini tanlang va «Диспетчер устройств» (Qurilmalar dispetcheri) tugmachasini bosing.
- 3. Paydo bo‘lgan darchada drayver o‘rnatish lozim bo‘lgan qurilmani tanlang va sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing. Ro‘yxat ochiladi, undan «Свойства» (Xususiyatlar) ni tanlaysiz.
E'tibor bering: drayver o‘rnatilmagan qurilma, odatda, so‘roq belgisi bilan ajratib ko‘rsatilgan bo‘ladi. Agar o‘rnatilgan drayver talab darajasida ishlamayotgan bo‘lsa, bunday qurilma undov belgisi bilan belgilangan bo‘ladi. - E'tibor bering: drayver o‘rnatilmagan qurilma, odatda, so‘roq belgisi bilan ajratib ko‘rsatilgan bo‘ladi. Agar o‘rnatilgan drayver talab darajasida ishlamayotgan bo‘lsa, bunday qurilma undov belgisi bilan belgilangan bo‘ladi.
- 4. «Драйвер» sahifachasini tanlang va «Обновить» (Yangilash) tugmasini bosing.
- 5. «Нет, не в этот раз» (Yo‘q, bu gal emas)ni tanlaysiz va «Далее» tugmasini bosing.
- 6. Ikkita variant mavjud. Oldin «Автоматическая установка (рекоммендуется)» (Avtomatik o‘rnatish (tavsiya etiladi))ni bosing, bunda kompyuter drayverni o‘zi qidirib topish va o‘rnatishga harakat qiladi. Agar topa olmasa, bu haqda xabar ekranda chiqadi. Agar u topa olmasa, ortga qayting («Назад» (Orqaga) tugmasi yordamida) va «Установка из указанного места» (Ko‘rsatilgan joydan o‘rnatish)ni tanlab, «Далее» tugmasini bosing.
Do'stlaringiz bilan baham: |