Reja: Konchilik sohasida ishlatiladigan barcha mashinalar va mexanizmlar


Download 29.69 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi29.69 Kb.
#1509914
  1   2   3
Bog'liq
KONCHILIK MASHINALARINING TASNIFI.



KONCHILIK MASHINALARINING TASNIFI.

Reja:
1. Konchilik sohasida ishlatiladigan barcha mashinalar va mexanizmlar
2. Ekskavator kon mashinasining tasnifi
3.Burg’ulash kon mashinasining tasnifi

Konchilik sohasida ishlatiladigan barcha mashinalar va mexanizmlarni uchta asosiy guruxga ajratib oʼrganiladi.


1. Kon mashinalari. Bu turkumga asosan foydali qazilmalarni va nokerak togʼ jinslarini yer osti va ochiq usullarda qazib oluvchi, yer osti boʼshliqlarini (lahim) oʼtuvchi, togʼ jinslarini burgʼulovchi mashinalar guruxidir. Bu gurux mashinalari ochiq konlarda ishlatiluvchi: bir choʼmichli va koʼp choʼmichli ekskavatorlar (qazib-yuklovchi mashinalar), kon pogʼonalaridan skvajinalar hosil qiluvchi burgʼulash stanoklari; Yer osti konlarida ishlatiluvchi foydali qazilmalarni qazib oluvchi kombaynlar, lahim oʼtuvchi kombaynlar, Yer osti burgʼulash mashinalari va boshqa yordamchi kon mashinalaridir.
2. Transport mashinalari. Bu turkumga foydali qazilmalarni yer osti va usti sharoitlarida tashuvchi, xar xil yordamchi materialllar va yuklarni tashuvchi mashinalar oʼrganiladi. Bunday mashinalar turkumiga: uzluksiz va uzlukli (davriy) transport vositalari kiradi.
Uzluksiz transport (yukni uzluksiz tashuvchi) vositalariga: konveyer transporti (lentali, kurakli va boshqa maxsus konstruktsiyali), oʼz ogʼirligi bilan, pnevmo va gidroenergiyasi bilan yuk tashuvchi vositalar.
Uzlukli transport (yukni boʼlak-boʼlak yoki davriy ravishda tashuvchi) vositalariga: barcha gʼildirakli yuk tashish vositalari, temir yoʼl transporti, alohida boʼlaklar bilan uzlukli yuk tashuvchi sidirgichlar va boshqalar.
3. Turgʼun mashinalar. Bu turkumga foydali qazilmalarni qazib olish va tashishda ishlatiladigan mashina-mexanizmlarga yordam beruvchi, odamlarga va mashinalarga mexnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiluchi hamda maʼlum asosiy texnologik jarayonlarni bajaruvchi mashinalar kiradi. Bular kompressor qurilmalar (mashinalarni siqilgan xavo bilan taʼminlovchi), suv chiqarish qurilmalari (nasoslar), ventilyator qurilmalari (shaxtani toza havo bilan taʼminlaydi) va yuk koʼtarish qurilmalari (shaxta tik stvolida yukni davriy ravishda yer yuzasiga koʼtarib beruvchi) dir.


Download 29.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling