Reja: Konservalash togrisida umumiy malumot. Konservalashning umumiy texnologik jarayonlari
Download 119.5 Kb.
|
Hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- KONSERVALASH TOGRISIDA UMUMIY MALUMOTLAR.
Mavzu: Konservalangan mahsulotlar texnologiyasi. Tomat mahsulotlari tayorlanish texnologiyasi.REJA:1.Konservalash togrisida umumiy malumot.2.Konservalashning umumiy texnologik jarayonlari.3.Meva va sabzovotlar konservalarining assortimenti.KONSERVALASH TOGRISIDA UMUMIY MALUMOTLAR.SHAHRISABZ KONSERVA" AKSIYADORLIK JAMIYATI — oziq ovqat sanoati korxonasi. Shahrisabz shahrida joylashgan. "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat xolding" kompaniyasi tarkibiga kiradi. Asosan., qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan: tomat pastasi, meva va uzum sharbatlari, sabzavot konservalari ishlab chiqaradi. Korxona qurilishi 1943-yilda boshlangan, 1947-yilda dastlabki konserva mahsulotlari ishlab chiqargan. 1994-yildan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. 1996-yilda korxonada "Mevalar kamalagi" Oʻzbekiston—Britaniya qoʻshma korxonasi tashkil etildi. Korxonaning ishlab chiqarish tizimida pomidor sexi (sutkalik quvvati 1131,2 t pomidorni qayta ishlash; tomat pastasi), meva sexi (olma, behi, nok, shaftoli kompotlari), sharbat sexi (olma, uzum, rovoch sharbati), sabzavot sexi (bodring va pomidor konservalari) va boshqalar yordamchi sexlar mavjud. Shahrisabz konserva aksiyadorlik jamiyati sexlari 90-yillardan boshlab Italiya, Vengriya, Germaniyada ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Shuningdek, korxonada yiliga 750 ming dona tunuka banka tayyorlaydigan sex bor. Tayyorlangan mahsulotlar, asosan, ichki bozorda sotiladi, chet ellarga Rossiya, Ukraina, Belarus davlatlariga (tomat pastaning 30%) eksport qilinadi.Bir yilda 42834,1 ming shartli banka konserva, shu jumladan, 2197,4 ming banka sabzavot, 33548 ming banka tomat, 7088 ming banka meva konservalari ishlab chiqarildi.Inson qishloq xojalik mahsulotlarini istemol qila boshlagandan buyon uni saqlash va qayta ishlash bilan shugullanib kelmoqda. Yetishtirilgan mahsulotni nes-nobud qilmasdan va sifatini pasaytirmasdan saqlash, undan unumli foydalanish qadimdan inson ehtiyojlaridan biri bolgan. Kochmanchi xalqlar yigilgan meva va urug'larni saqlash uchun maxsus yertolalar qurishgan. Qabilalar otroq bolib yashay boshlagan paytda ortiqcha mahsulotlarni saqlab, zararkunandalardan himoya qila boshlashgan. Orta Osiyo, jumladan, Ozbekiston sharoitida ham qadimdan qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga etibor berib kelingan. Mintaqamizda ob-havo yil va bir kecha-kunduz davomida ozgaruvchan bolganligi sababli gosht, yog, sut, baliq, tuxum kabi mahsulotlar issiqda tez ayniydi, juda qattiq sovuqda esa sabzavot va mevalar muzlab qoladi. Ozbekistonda qishloq xojaIik mahsulotlari saqlashning eng qadimgi usullaridan ko'mib yoki osib saqlash, qoqi qilish, quritish kabilar keng qollaniladi. Mahsulotlarni saqlash, qayta achitish, sabzavot, don, meva, gosht, qazi va tuxumni komib saqlash, poliz mahsulotlarini, osib saqlash, turli meva, qovun, pomidordan qoqi tayyorlash, uzum, ukrop, kashnich, rayhon, jambil va qizil qalampirni quritish amalda keng qollanib kelingan. Asosan, quruq mahsulotlar tez buzilmaydigan mahsulotlar hisoblanib, ular quruq joyda, shisha, chinni yoki sopol idishlarda, yopiladigan qogoz qutilarda saqlangan. Malumki, qishloq xo'jalik mahsulotlari yilning muayyan mavsumida yetishtiriladi, shu sababli ularni uzoq vaqt saqlash va qayta ishlashni tashkil qilmay turib, aholini yil boyi turli mahsulotlar bilan taminlash masalasini hal qilib bolmaydi. Qishloq xojalik mahsulotlarini ishiab chiqarish ko'paygan sari ularni saqlash va qayta ishlash ham takomillashtirilmoqda, yangi zamonaviy omborxonalar qurilmoqda. Konservalash bu oziq-ovqat mahsulotlarini buzilishdan saqlash va yaroqlilik muddatini uzaytirish maqsadida ishlov berish usulidir. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini yig'ish, tashish, saqlash va konservalash ilmiy tashkil qilinsa, bu borada fan-texnika yutuqlari hamda ilgor tajribaga tayanib ish korilsa, mahsulotning isrof bolishi ancha kamayadi, Shu hisobdan aholi 20% va undan ham ko'proq qoshimcha qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan taminlanishi mumkin.Download 119.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling