Reja-konspekti


Download 103.46 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi103.46 Kb.
#1513225
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-mavzu lotin


“TASDIQLAYMAN”
1 OʻQUV JANGOVAR BATAL’ON KOMANDIRINING TARBIYAVIY VA MAFKURAVIY ISHLAR BOʻYICHA OʻRINBOSARI
__________
_______________
2022 yil “___” ____________


___ oʻquv jangovar vzvodi muddatli harbiy xizmatchi oddiy askarlar tarkibi bilan
ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotini o‘tkazish

REJA-KONSPEKTI


9-mavzu: Temuriylar davrida o‘zbek davlatchchiligi. Siyosiy, ijtimoiy – iqtisodiy hayot.


O‘quv savollari:
1. Mirzo Ulug‘bekning tarix sahnasiga kirib kelishi, Mirzo Ulug‘bek buyuk davlat arbobi;
2. Alisher Navoiy hayoti va ijodi. .Navoiy asarlarining ilmiy salohiyati.
3. Zahiriddin Muhammad Bobur . SHox va shoir.


O‘quv va tarbiyaviy maqsadi:
Tinglovchilarga mavzu yuzasidan Temuriylar davrida o‘zbek davlatchchiligi, siyosiy, ijtimoiy – iqtisodiy hayotga qoʻshgan hissasini batafsil yoritib berish, hamda tinglovchilarning vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish.


Mashg‘ulot turi: Ma’ruza – __ soat;
O‘tkazish vaqti: 2022 yil _________ kuni (___-___) gacha
Mashg‘ulot joyi: oʻquv sinfi;
O‘quv-moddiy ta’minoti: O‘zbekiston Respublikasi va dunyo siyosiy xaritalari, ko‘rgazmali plakatlar va stendlar.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston tarixi kitobi. M.Raximov, A.Zamonov.
2. “Temur tuzuklari” kitobi.
3.“Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asari. I.A.Karimov.(1998)


KIRISH QISMI - ___ daqiqa
- shaxsiy tarkibni jurnal bo‘yicha tekshiraman;
- tezkor axborot yetkazaman;
- mavzuni e’lon qilaman va mashgʻulotni boshlayman.


ASOSIY QISMI: ___ daqiqa
1-o‘quv savoli. Mirzo Ulug‘bekning tarix sahnasiga kirib kelishi, Mirzo Ulug‘bek buyuk davlat arbobi
Amir Temur vafotidan so‘ng taxt uchun kurash kuchayib ketadi. Temurdan keyingi yirik temuriy-lar avlodi bo‘lgan Ulug‘bek asli ismi Muhammad Tarag‘ay bo‘lib 1394-yilda Sultoniya shahrida tavallud topdi. Ulug‘bekning onasi Gavharshodbegim panohida tarbiyalanadi. Besh yoshidan boshlab SHayx Ozariy nomi bilan keyinchalik shuhrat topgan mashhur olim SHayx Orif murabbiyligida tarbiyalanadi. Otaliq etib tayinlangan Amir SHohmalikdan davlatni idora qilish san’ati bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Ulug‘bek Og‘abekga unashtirilishi munosabati bilan “ko‘ragon” unvoniga sazovar bo‘ladi.
Mirzo Ulug‘bek jahon ilm-fani rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan, millatimiz tarbiyalab etishtirgan daho, YAn Geveliy ta’biri bilan aytganda, dunyo astronomlarining sultonidir. Xalqaro konferensiya BMT tomonidan «2009 yil — Astronomiya yili» deb e’lon qilinishi va buyuk olim, ma’rifatparvar alloma Mirzo Ulug‘bek tavalludining 615 yilligi munosabati bilan, aynan Samarqandda, 1420 yili o‘z faoliyatini boshlagan uning dunyoga mashhur madrasasida chaqirildi.
Temuriylar sulolasining yorqin vakili, olim, hukmdor Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) Markaziy Osiyo tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk siymolardan biridir. Uning tarixdagi o‘ziga xos o‘rni, eng avvalo, olimligi bilan belgilanadi. U 20 yoshidayoq ahli ilm orasida yirik astronom va matematik sifatida tanilgan edi. Ulug‘bekning ilmiy ijodi cho‘qqisi bo‘lmish shoh asari «Ziji jadidi Ko‘ragoniy» — yangi astronomik jadvallar bo‘lib, u 14 asrlarda SHarqda boshlangan astronomik an’anani davom ettirish bilan birga, uni yangi ilmiy pog‘onaga ko‘tardi. Bu asar SHarq va G‘arbda nihoyatda mashhur bo‘lib, ko‘p martadunyoning bir necha tillariga tarjima qilingan.
Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan 1994 yili «3ij»ning rus tilida chop etilishi olim ilmiy merosi, umuman, sharq aniq fanlar tarixi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga yangi tadqiqotlar uchun imkoniyatlar yaratdi.
U o‘zining qariyb 40 yillik hukmdorligi davrida Movarounnahrning bir necha shaharlarida madrasalar, masjidlar, kutubxonalar, ariq va yo‘llar qurdirdi. Bugunga qadar saqlanib qolgan ayrim tarixiy obidalar va ilmiy meros namunalari Ulug‘bek davrida ilm, madaniyat ravnaqi yuqoriligidan guvohlik berib turibdi.1420 yili o‘z faoliyatini boshlagan Mirzo Ulug‘bek madrasasida, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy ta’biri bilan aytganda, «...olimlarning dunyo bo‘yicha o‘z ilmining ustolaridan 70dan ortig‘i...» talabalarga o‘nlab dunyoviy fanlardan dars berganlar va o‘z ilmining amaliyotlarini rasadxonada tekshirib ko‘rganlar. Bu Ulug‘bekning Samarqanddagi haqiqiy universiteti, akademiyasi bo‘lib, bugungi kundagi ko‘pgina oliy ta’lim muassasalarining, jumladan, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining tarixi bilan mushtarakdir.
Mirzo Ulug‘bek shaxsi va uning ilmiy merosi shu vaqtga qadar butun dunyoda o‘rganib kelinsa-da, lekin hali ochilmagan qirralari, ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar, o‘sha davrdagi siyosiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarning e’tibordan chetda qolgan jihatlari kabi masalalar talaygina.
Tarixdan ma’lumki, temuriylar sulolasining eng mashhur vakillaridan biri bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek (asl ismi Muhammad Tarag‘ay)ning taqdiri hozirgi kungacha kishilarni hayratga solib kelyapti. Darhaqiqat, tadbirkor davlat rahbari, adolatli shoh, ilm-fanda yuksak cho‘qqilarni egallagan inson, mislsiz ilmiy qobiliyat Mirzo Ulug‘bek shaxsida mujassamlanishi hayratlanarli hol. SHundan bo‘lsa kerak, hazrat Navoiy sultonlar orasida uni ulkan daho sifatida baholaydi. Umuman, temuriyzodalar orasida bunday aql sohiblari ko‘p uchraydi (Zahiriddin Muhammad Bobur, Husayn Boyqaro kabi).
U oliy hukmdor, buyuk olim sifatida ko‘p narsalarni o‘z boshidan kechirgan. Bularni besh pardali tarixiy fojiagasig‘diribbo‘lmasligini bilgan M. SHayxzoda ushbu asarga asosan ikki yo‘nalishdagi voqealarni, ya’ni saroy ixtiloflari va buyuk olim olib borgan ilmiy izlanishlari yoritishga jazm qilgan. Asar bilan tanishganingizda sizda ikki xil tuyg‘u paydo bo‘lgani aniq. Adib Mirzo Ulug‘bekni bir tomondan, qattiqqo‘l, butun Xurosonni o‘z qo‘lida saqlab qolish uchun har qanday chorani ko‘rishga tayyor hukmdor sifatida, ikkinchi tomondan, ilm-fanning jonkuyari, jahonshumul kashfiyotlar qilgan olim, fan ahlini jonidan ortiq ko‘radigan (masalan, Ziji Ko‘ragoniyning so‘zboshisida shogirdi Ali Qushchini «farzandi arjumand» - aziz farzandim deb ataydi), biroq saroydagi fisq-fasod, ig‘vo ishlar oldida ojiz bir inson qabilida tasvirlaydi. O‘quvchi hukmdor Ulug‘bekning zulm-u zo‘ravonligini inkor qilmagan holda, olim va fozil, marifatparvar Ulug‘bekka achinadi, unga ixlosi ortadi. Haqiqatan ham, Ulugbekni tarix oldidagi katta xizmati uning hukmdorlik faoliyatidan ko‘ra ilm-fanni, ma’rifat va madaniyatni rivojlantirishidadir. SHu ma’noda Ulug‘bekning fan, madaniyat ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari uning zulm-zo‘ravonlik faoliyatidan ustun ekanligiga kishida shubha qolmaydi.
Maqsud SHayxzoda Ulug‘bek shaxsidagi shu xususiyatlarni teran anglagan holda o‘quvchi diqqatini ko‘proq uning ma’rifatparvarlik faoliyatiga qaratadi. Buni Mirzo Ulug‘bek so‘zlaridan ham anglasa bo‘ladi: Ma’rifatning dargohiga qo‘ydim ixlosim. Og‘ir bo‘ldi qismat menga bergan vazifa. Men, sultonlar o‘rtasida bo‘ldim donishmand, Donishmandlar tepasida sulton sanaldim. Ma’rifatni hukmiga qilib rahnamo, Bu o‘lkaning erida ham yulduzlar yoqdim. Agar Ulug‘bekning «ma’rifatni hukumatga qilib rahnamo, Bu o‘lkaning erida ham yulduzlar yoqdim», degan so‘zlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, uning davlatchilik faoliyati ma’rifatchilik asosiga qurilganiga amin bo‘lamiz. Ulug‘bek qiyofasi uning ko‘proq asarlaridagi boshqa obrazlar orqali ochilgan, masalan, Ali Qushchi, Sakkokiy, SHayxulislom Burhoniddin, CHin, Hind, Farang, Misr, Rus elchilari bilan bo‘lgan mufoqotda ilm-fan homiysi, buyuk olim, ma’rifat fidoyisi kabi xislatlari namoyon bo‘lsa, Abdullatif Mirzo, Abbos, Qozi Miskin kabi saltanat dushmanlari, ig‘volarga nisbatan bo‘lgan munosabatida mutaassiblikka qarshi ashaddiy kurashgan inson sifatidagi xarakteri ochilgan.
Mirzo Ulug‘bek hukmdor, katta saltanat egasi bo‘lganiga qaramay, avvalo, insoniy fazilatlardan begona bo‘lmagan, o‘z farzandiga mehribon ota. SHundan bo‘lsa kerak, saltanat, ilm-fan ishlari bilan mashg‘ul bo‘lib, o‘z o‘g‘lini unga dushman sifatida qayrab, uni avval taxtidan, so‘ng hayotdan mahrum qilish uchun amalga oshirilgan fitnalardan bexabar bo‘lib g‘aflatda qoladi. O‘gli Abdullatif otasiga qarshi isyon ko‘taradi va uning buyrug‘i bilan Ulug‘bek qatl ettiriladi. SHu o‘rinda marhum shoirimiz Muhammad YUsufning Ulug‘bek tilidan aytgan quyidagi so‘zlari asl haqiqat sifatida jaranglaydi. YUlduzlarda ekan nigohim, bilmadim ne edi gunohim... Men dardimni kimga aytaman. Qancha g‘amga botmagan edim, qancha og‘u yutmagan edim... O‘z bolamdan kutmagan edim... men dardimni kimga aytaman. Ulug‘bekning haqiqiy insonparvar sifatidagi qiyofasi uning taxtdan iste’fo berishi sahnasida yorqin ifodalangan.



Download 103.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling