Reja: Ko’p kovshli ekskavatorlar haqida umumiy ma’lumot


Download 27.01 Kb.
Sana28.09.2023
Hajmi27.01 Kb.
#1689397
Bog'liq
Reja Ko’p kovshli ekskavatorlar haqida umumiy ma’lumot


Ko’p kovshli ekskavatorlarning elektr jihozlari va elektr ta’minoti
Reja:
1. Ko’p kovshli ekskavatorlar haqida umumiy ma’lumot
2. Ko’p kovshli ekskavatorlarningasosiy va yordamchi mexanizmlari
3. Ko’p kovshli ekskavatorlarningasosiy va yordamchi mexanizmlariga
qo’yiladigan talablar
4. Ko’p kovshli ekskavatorlarтningelektr ta’minoti sxemasi
5. Ko’p kovshli ekskavatorlarning elektr ta’minotining o’ziga xosligi

Ko’p kovshli ekskovatorlar elektr uskunalari. Ochiq kon ishlarida bir kovshli


ekskovatorlardan tashqari qulay kon-geologik sharoitlarida ish unumdorligi yuqori
bo’lgan ko’p kovshli zanjirli va rotorli ekskovatorlar ishlatiladi. Ko’mir qazib olishda
ish unumdorligi 630, 1250, 2500 va 5250 m3⁄s bo’lgan rotorli ekskovatorlar keng
qo’llaniladi. Qazish rotorli ekskovatorlar ekspluatatsiyasi amaliyoti ular yil davomida
noqulay ob-havo sharoitlarida ham ishonchli ishlashini ko’rsatdi.
Kichik ish unumdorligiga ega ekskovatorlar odatda ichki yonuv dvigatelli yoki
uch fazali asinxron dvigatelli bir dvigatelli uzatmaga ega. O’rtacha va yuqori ish
unumdorligiga ega zamonaviy ko’p kovshli ekskovatorlarda faqatgina ko’p dvigatelli uzatma qo’llaniladi.
Ko’p dvigatelli uzatmaga ega ko’p kovshli ekskovatorlarda asosan quyidagi
elektrodvigatellar qo’llaniladi: 1) kovsh zanjiri yoki kovshli rotorni harakatga
keltiruvchi asosiy dvigatel; 2) ekskovator kovsh yoki rotor o’qini ko’tarish uchun
chig’iriq dvigateli; 3) harakat mexanizmlari dvigatellari; 4) burilish mexanizmlari
dvigatellari; 5)konveyerlar dvigatellari; 6)yordamchi mexanizmlar (kompressorlar,to’yintirgichlar, kranlar, moynasoslar, kabel barabani va boshqalar) dvigatellari. Ko’p kovshi ekskovatorlarda asosiy uzatma kovsh zanjiri yoki rotor uzatmasidir.
Ekskovator barcha dvigatellarini boshqarish boshqaruv postidan amalga
oshiriladi. Odatda ko’p kovshli ekskovatorlarda ikkita uskunalar komplektiga ega
ikkita boshqaruv posti - ekskovator har bir yo’nalishi uchun ikkiatadan o’rnatiladi.
Har ikkila postdan bir vaqtning o’zida ekskovatorni boshqarishni oldini olish uchun pultlar orasiga elektr bloklash ko’rib chiqilgan. Ko’p kovshli ekskovatorni boshqarishdagi asosiy operatsiyalarni uch guruhga ajratish
mumkin:
1) qazish jarayonini boshqarish, ya’ni mexanizmlar berilgan ish rejimini ta’minlovchi boshqaruv;
2) qazish jarayoni bilan bevosita bog’lanmagan va berilgan texnologiyalar bilan zaboy geometrik parametrlarini ta’minlovchi o’rnatish operatsiyalarini (ekskovatorni ko’chirish, o’q tushishi va ko’tarilishi, kovsh yoki rotorli o’q burilishi burchagini cheklash) boshqarish;
3) ekskovator ishining kompelks unumdor ishlashini, ta’minlovchi kompelks tarkibiga kiruvchi boshqa mashinalar va qurilmalari (konveyer qurilmalari, ag’darmahosil qiluvchilar, transport-ag’darma ko’priklari) ishiga mos tushish operatsiyalarini boshqarish.
O’rtacha va yuqori ish unumdorligidagi ko’p kovshli ekskovatorlar faqatgina
ko’p dvigatelli uzatmaga ega bo’lganligi sababli, o’zaro ulangan uzatmalar elektro
dvigatellari mexanizmlar ishga tushirilish va o’chishi ma’lum ketma-ketligi
ta’minlanadigan qilib ulanishi kerak. Masalan, zanjirli gusenitsali ekskovator uchun mexanizmlarni ishga tushirish va ishlatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: yuklovchi konveyer, to’yintirgich, kovshli zanjir dvigateli, harakat va burilish mexanizmi, gusenitsalarni boshqarish uzatmasi. Bu mexanizmlarni to’xtatish teskari tartibda amalga oshiriladi.
Rotorli ekskovatorlar mexanizmlarini yoqish quyidagi tartibda: yuklovchi
konveyer, oraliq konveyerlar, rotorli konveyer, rotor uzatmasi, ekskovator burilish
mexanizmlari va rotorli o’qni uzatish va ko’tarish uzatmalari. Mexanizmlarni
to’xtatish teskari tartibda amalga oshiriladi.
Ko’p kovshli ekskovatorlar karyer taqsimlash tarmoqlaridan 6 yoki 10 kVda,
ekskovatorlar kichik modellari – 380-660 V kuchlanish tarmoqlaridan to’yinadi.
Ko’p kovshli ekskovatorlarga energiya uzatish usuli harakat uskunalari turiga
bog’liq. Temiryo’l harakatidagi ekskovatorlarga maxsus kabel barabanga
joylashtiriladigan ingichka kabel liniyalari orqali, gusenitsa harakatidagi
ekskovatorlarga uzunligi 500 – 600 m va undan ko’p bo’lgan ingichka kabel
liniyalari orqali yetkaziladi. Elektr uzatish liniyasiga kabel YKNO-6 ulash
punkti yoki boshqa istalgan turdagi punkt orqali ulanadi.
Ekskovatorda to’yintiruvchi yuqori voltli kabel mashina harakat qismida
o’rnatilgan kabel barabani uskunasiga tok qabul qiluvchisiga o’rnatiladi. Kabel
baraban tok qabul qiluvchisidan mashina burilish platformasi va harakat aravachasi
ramasi orasidagi tekislikka mustahkamlangan QT yuqori voltli halqasimon qabul
qiluvchi orqali kuchlanish yuqori voltli kabellar bo’ylab yuqori voltli uskuna
kabinasiga o’rnatilgan 2KVE-6 yuqori voltli taqsimlash uskunasi RV-6/400
u
uzgichiga yetkaziladi.Uzgichdan yuqori voltli kuchlanish ikkia yo’nalish bo’ylab taqsimlanadi: PKE-6 yuqori voltli predoxranitellar orqali quvvati 20 kV∙A va kuchlanishi 6000/230 V bo’lgan TME-20/6 yoritish transformatoriga va VME-6 moyli o’chirgich orqali quvvati 560 kV∙A va kuchlanishi 6000/400 V bo’lgan TME-560/35 kuch transformatoriga. TM kuch transformatori maxsus ekskovator tuzilishiga ega (7°30′ krengacha yo’l qo’yiladi). Ushbu transformatordan nominal kuchlanish 380V barcha asosiy va yordamchi mexanizmlar transformatorlari to’yinadi.
So’nggi yillarda ekskovator yacheykalarida moyli o’chirgichlar o’rniga vakuumli o’chirgichlar qo’llanila boshlandi (KRUE-10V-400/20, KRUE-10V-630/20, 3KVE-10-630... 1600/20, 2KVE-6M-630/10 taqsimlash shkaflari). Masalan, VVTE-10/630-20 vakuumli o’chirgichli KRUE-10V-400/20 taqsimlash shkaflari nominal kuchlanish 6 – 10kV, nominal tok 400 A gacha, o’chirish toki 20 kA gacha bo’lgan ekskovatorlar va burg’ilash uskunalari elektr ta’minoti sistemlarida ishlash uchun mo’ljallangan.
Shkaflar vakuumli o’chirgichlar, yerga ulovchi pichoqli yuqori kuchlanish uch
fazali uzgichlari, kuch predoxranitellari, tok va kuchlanish tranformatorlariga ega
qilib chiqarilmoqda. Shkaflarda kichik gabaritli yangi uzgichlar qo’llanilishi 6 kV
KRU o’lchamlaridagi 10 kV KRU ni yaratish va KRU ni 6 va 10 kV kuchlanishga
moslash imkonini berdi. Bundan tashqari, quyilgan izolyatsiyali tok va kuchlanish
transformatorlariqo’llanilgan.Elektr energiya egiluvchan kabel orqali ekskvatorga
KTQ dan uzatiladi. Ekskavatorning tarqatish punkti uning pastki ramasida, kabel
barabani bilan yonma-yon joylashtirilgan bo’lib, yuqori aylanuvchan qismiga elektrenergiya kontakt xalkalar yordamida uzatilgan.
1-rasmda ERG-400-17/15 rotorli ekskavatorning bir chiziqli elektr sxemasi
keltirilgan. Bu ekskavatorning yuritgichlari (buruvchi yuritgichlardan tashqari)
asinxron mashinalardan bo’lib, uch fazali Z80 V kuchlanishli elektr energiya bilan
xarakatga keltiriladi. Burish yuritgichlari M23, M23G`1 va M23G`2 esa, G-10
sistemasiga mansub bo’lib 500 kVt li sinxron mashina yordamida o’zgarmas tok
bilan taominlanadi.
Rasmda keltirilgan sxemadan ko’rinib turibdiki, rotorli ekskavatorlarning elektr
uskunalari turli va ko’p sonlidir. Masalan ERG-1600-40 ekskavatorlarida 124 elektr mashina bo’lib, umumiy kuvvati 7100 kVt ni tashkil qiladi.
Rotorli ekskavatorlar bir-biridan asosan, rotor g’ildiragining burish va yurish
mexanizmlarining yuritmalarini quvvati bilan fark qiladilar. Masalan, ERSHR-2600-50/5 ekskavatorning rotor g’ildiragiga ikki yuritgichli umumiy quvvati 2300 kVt,burish mexanizmiga ikki yuritgichli 140 kVt li yurish mexanizmiga esa, to’rt
yuritgichli umumiy kuvvati 1024 kVt li yuritmalar o’rnatilgan. Ekskavatorlarniig GYutizimi, kuchlp magnit kuchaytirgichlar bilan boshqariladi. YER-1250 rotorli
ekskavatorlarda esa, ikki yuritgichli boshqariluvchan tiristorli o’zgartirgich -
yuritgich (BTU-Yu) tizimi qo’llanilgan
Download 27.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling