Reja: Korxonalarda innovatsion faoliyatda iqtisodiy usullar, innovatsion boshqarish (menejment) usullaridan foydalanish


Boshqaruv darajasiga ko‘ra quyidagi byudjetdan tashqari fondlar ajratiladi


Download 1.15 Mb.
bet5/10
Sana13.12.2022
Hajmi1.15 Mb.
#999160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-mavzu

Boshqaruv darajasiga ko‘ra quyidagi byudjetdan tashqari fondlar ajratiladi:
davlat;
soha;
mahalliy;
institutsional (birlashma, korporatsiya, ilmiy-texnik markazlar darajasida).
Byudjetdan tashqari fondlar turli xil jihatlarga ko‘ra tasniflanishi mumkin: boshqaruv darajasiga, maqsadiga, amal qilishi davriga, muammolar qamrovi va biron sohaga mansubligiga ko‘ra.
Maqsadiga ko‘ra byudjetdan tashqari fondler:
iqtisodiy;
ijtimoiy;
ekologik
Iqtisodiy byudjetdan tashqari fondlarga boshqalar bilan bir qatorda ITTKI (ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari) ning soha va sohalararo fondlari kiradi. Iqtisodiy byudjetdan tashqari fondlar foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha ajratilishi mumkin: ilmiy-texnik, innovatsion, tashqi iqtisodiy faoliyat va hokazolar bo‘yicha.
Amal qilishi davriga ko‘ra byudjetdan tashqari fondler:
uzoq muddatli;
muddatsiz;
muddatli;
qisqa muddatli.
Muammolar qamroviga ko‘ra byudjetdan tashqari fondler:
umumiy xarakterli (ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik sohalararo fondi);
muayyan xarakterdagi (birlashmalarning byudjetdan tashqari fondi) bo‘lishi mumkin
Soha va sohalararo byudjetdan tashqari fondlar ham amal qiladi. Sohalararo deb ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik fondlar hisoblanishi lozim.
Innovatsion - investitsion faoliyat - korxona qiymatini oshirishning asosiy omili hisoblanadi.
Chunki, u korxona daromadlarining o‘sishini, moliyaviy xavf-xatarlar darajasining hamda ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishini ta'minlaydi.
Bu, tabiiy-ki, korxona faoliyati samaradorligining oshishiga va mulkining ko‘payishiga olib keladi.
Innovatsion - investitsion loyiha samaradorligini baholash - ishlab chiqarishga kiritilayotgan kapitalning qaytib kelish muddatini va korxonaning rivojlanish sur'atini aniqlash hamda boshqa sosial-iqtisodiy muammolarni hal etish imkonini beradi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling