Reja: Korxonaning moliya-xo'jalik faoliyatining holatini tahlil qilishning ahamyati,maqsadi va vazifalari
Download 26.64 Kb.
|
KORXONA MOLIYAVIY XOLATINI BAXOLASH VA UNI YAXSHILASH YOLLARI
KORXONA MOLIYAVIY XOLATINI BAXOLASH VA UNI YAXSHILASH YOLLARI Reja: 1.Korxonaning moliya-xo'jalik faoliyatining holatini tahlil qilishning ahamyati,maqsadi va vazifalari 2.Buxgalteriya balansi asosida xo'jalik mablag'lari, ularning manbalari tarkibi va tarkibiy tuzilishining tahlili 3.Korxona faoliyatining moliyaviy barqarorligi tahlili 4.xulo Moliyaviy natijalar va rentabellik ko'rsatkichlari. Va uni hisoblash usullari Korxonaning moliyaviy xo'jalik faoliyatini tahlil qilishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Respublikamizda iqtisodiyotning bozor munosabatlari asosida tashkil topishi korxonalar faoliyati tahlilining ahamiyatini yanada oshiradi,chunki u mazkur sharoitda faoliyatga joriy etilmagan ishlab chiqarishishlab chiqarish va moliyaviy resurslarni o'z vaqtida aniqlash hamda ulardan samarali foydalanish uchun mavjud imkoniyatlarni aniqlashda muhim ro'l o'ynaydi. Foydalanilmagan resurslarni aniqlab, ulardan samarali foydalanish korxonalar iqtisodiyotini, qolaversa, milliy iqtisodiyotni mustahkamlashda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Moliyaviy faoliyat tahlili deb nimaga aytiladi? Korxonaning moliyaviy holati va moliyaviy natijalarini moliyaviy hisobotlar, Buxgalteriya hisobi va bosgqa axborotlarning malumotlari asosida o'rganib, mavjud moliyaviy imkoniyatlarini aniqlash va moliyaviy holatni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish usuli moliyaviy tahlil deb ataladi. Moliyaviy tahlilning asosiy qismi bo'lib korxonalar moliyaviy holati tahlili hisoblanadi. Korxona moliyaviy holati uning moliyaviy barqarorligi, moliyaviy mustaqilligi, to'lovga qodirligi, o'z mablag'lari bilan ta'minlanganligi, debitorlik va kreditorlik qarzlarining holati kabi jihatlarini ifodalovchi ko'rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadi. Ushbu ko'rsatkichlar darajasini o'rganish va tahlil qilish hamda ularning natijalarini umumlashtirish orqali korxonaning moliyaviy holatiga baho beriladi. Shuning uchun ham mazkur ko'rsatkichlarni o'z vaqtida tahlil qilib turish – korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash hamda iqtisodiyotni mustahkamlash uchun shart sharoitlar yaratadi. Shu nuqtai nazardan tahlilning ahamiyati nihoyatda katta va beqiyosdir. Tahlil- korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilashning garovidir. Moliyaviy tahlilning asosiy vazifasi bo'lib, korxona aktivlari, kapitali va majburiyatlarini, moliyaviy barqarorlik darajasini, to'lovga qodirlik ahvolini, o'z va qarz mablag'lari bilan ta'minlanish darajasini, moliyaviy mustaqillik ahvolini, debetorlik va kreditorlik qarzlarining muayyan davrga bo'lgan holatini o'rganish asosida korxona moliyaviy holatiga baho berish va uni yaxshilash imkoniyatlarini ko'rsatish hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan moliyaviy holat tahlilining asosiy vazifalari bo'lib quydagilar hisoblanadi Korxonaning aktivlari, kapitali, majburiyatlari holatini aniqlash va o'zgarishiga baho berish; Moliyaviy ahvolning barqarorligini aniqlash va uning o'zgarishiga baho berish Balans likvidligi ko'rsatkichlarini aniqlash va ularning o'zgarishini tahlil qilish Korxonaning to'lov layoqati koefsiyentini aniqlash va uning o'zgarishiga baho berish Moliyaviy koefsiyentlarini aniqlash va ularning o'zgarishiga baho berish Aylanma mablag'lardan foydalanish samaradorligini o'rganish Debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o'rganish Foydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish bo'yicha tavsiyalar va takliflar berish Moliyaviy holatni tahlil qilishning sosiy manbalari bo'lib quydagi axborotlar hisoblanadi Buxgalteriya balansi Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot Asosiy vositalar to'grisidagi hisobot Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot Xususiy kapital to'g'risidagi hisobot Debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma'lumotnoma Moliyaviy natijalar deganda nima tushuniladi? Moliyaviy natijalar deganda foyda yoki zarar ko'rsatkichlari birgalikda tushuniladi. Ushbu ko'rsatkichlar daromad va xarajatlar orasidagi farq tariqasida aniqlanadi. Daromadlar hajmi xarajatlat hajmidan ko'p bo'lsa, oraliqdagi farq fordani aksincha bo'lsa zararni bildiradi. Foyda daromad va xarajatlar nisbatidagi yuqori o'zgaruvchanlikni, zarar esa ular nisbatidagi quyi o'zgaruvchanlikni bildiradi. Foyda oshgan sayin korxonaning moliyaviy barqarorligi mustahkamlanib, to'lovga qodirligi oshib boradi, o'zini o'zi mablag' bilan ta'minlash darajasi yaxshilanib boradi, oqibatda ishlab chiqarishni kengaytirish, rivojlantirish, moddiy nemat yaratuvchilarning moddiy manfaatdorligi darajasini oshirish kabi ijtimoiy iqtisodiy maslalarni hal qilish uchun sharoit yaratiladi. Shuning uchun ham har bir xo'jalik yurituvchi subyekt o'z faoliyatini foydali yuritishi uchun harakat qilishi kerak. Foydali faoliyat ko'rsatish uchun iqtisodiy tahlilni samarali tashkil qilish talab etiladi. Chunki foydani ko'paytirish va zararni yo'qotish uchun zarur bo'lgan imkoniyatlarini faqat tahlil orqali aniqlashi mumkin Tahlilning maqsadi nimadan iborat? Tahlilning maqsadi – Foyda va rentabillik ko'rsatkichlarini dinamikasini chuqur o'rganish hamda omilli tahlil qilish asosida ularni yanada o'paytirish va oshirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat Buxgalteriya balansi asosida xo'jalik mablag'lari, ularning manbalari tarkibi va tarkibiy tuzilishining tahlili Buxgalteriya balansi korxona mulki, kapitali va majburiyatlari hajmini ma'lum sanaga aks ettiruvchi maxsus jadvaldir. U 2 qismdan iborat bo'lib, uning aktiv qismida korxonaning asosiy va aylanma mablag'lari(mulki), passiv qismida kapitali va majburiyatlari aks ettiriladi B alansning aktiv va passiv tomonlari o'zaro teng bo'ladi Buxgalteriya balansi, o'z navbatida , balans brutto va balans –netto turlariga bo'linadi. Xo'jalik mablag'larining boshlang'ich qiymati bo'yicha o'zida aks ettiruvchi balans brutto deb ataladi. Xo'jalik mablag'larini haqiqiy qiymati bo'yicha aks ettiruvchi balans balans netto deyiladi.Xo'jalik mablag'larining boshlang'ich qiymatidan ularning eskirish summasini chegirib tashlash orqali haqiqiy qiymati aniqlanadi. Korxonaning moliyaviy holatini ifodalovchi barcha ko'rsatkichlar buxgalteriya balansi netto moddalari asosida aniqlanadi va tahlil qilinadi. Buxgalteriya balansi aktividagi moddalar << mablag'larni pul shakliga aylanish tezligi (likvidlik darajasi ) >> belgisi bo'yicha, passividagi moddalar esa < Buxgalteriya balansi asosida,birinchi navbatda, korxonaning umumiy moliyaviy holatiga baho beriladi. Buning uchun korxonaning mulki(aktivlari , kapitali va majburiyatlari(passivlari) ning tarkibi va tarkibiy tuzilishi hamda ularning o'zgarishi tahlil qilinadi. Tahlilda gorizontal va va vertikal usullardan foydalaniladi. Tahlilda korxona aktivlari va passivlari, ulardagi umumiy va tarkibiy o'zgarishlar balansning har qaysi tarafi bo'yicha alohida o'rganiladi. Gorizontal tahlil usuli yordamida aktivning har bir bo'limi va har bir moddasi bo'yicha yil oxiridagi summasini yil boshidagi summasiga, passivning ham har bir bo'limi va har bir moddasi bo'yicha yil oxiridagi summasini yil boshidagi summasiga solishtirib , mutlaq va nisbiy o'zgarishi (ko'payishi yoki kamayishi )aniqlanadi. Balans aktivi va Passivi bo'yicha moliyaviy holatning tarkibini tahlil qilish bilan birgalikda ularning tarkibiy tuzilishi ham o'rganiladi. Buning uchun avvalo Har bir bo'lim va moddalarining balans jamiga nisbat salmog'i aniqlanadi. So'ngra yil oxiridagi salmog'ini yil boshidagi salmog'iga qiyoslab, tarkibiy tuzilishining o'zgarishi aniqlanadi va tahlil qilinadi Korxonaning moliyaviy holatiga baho berishda balans malumotlaRI asosida nisbiy ko'rsatkichlarini aniqlash va tahlil qilish katta ahamiyatga ega bo'ladi, chunki ular asosida moliyaviy holatni yaxshilash imkoniyatlari aniqlanadi. Korxonaning moliyaviy holatiga baho berishda quydagi moliyaviy koeffitsientlar ko'proq ishlatiladi. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti Moliyaviy To'lovga qodirlik koeffitsiyenti O'z v qarz mablag'larining o'zaro nisbati koeffitsiyenti O'z aylanma mablag'lari bilan ta'minlanish koeffitsiyenti Moddiy aylanma mablag'lar hissasi koeffitsiyenti Jami aylanma mablag'larining jami mulk qiymatidagi hissasi Korxonaning moliyaviy barqarorligi tahlili Moliyaviy barqarorlik ahvolini o'rganish va tahlil etishning asosiy Manbai buxgalteriya balansi-netto hisoblanadi U+Z+P+D=O'+Q+B+K Bunda: U-uzoq muddatli aktivlar Z-Tovar moddiy zahiralar (moddiy aylanma mablag'lar) P-pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlar D-debitorlik qarzlari O'-o'z mablag'larining manbalari Q- uzoq muddali qarzlar va kre- ditlar B-banklarning va boshqa tashkilotlarning qisqa muddatli kreditlari va qarzlari K- kreditorlik qarzlari Ushbu modeldagi Z+P+D belgilari joriy aktivlarni, Q+B+K belgilari esa majburiyarlarni bildiradi Buxgalteriya balansi-netto modelidan ko'rinib turibdiki, aktivlar (xo'jalik mablag'lari ) ikki manba hisobiga, ya'ni o'z va qarz mablag'lari hisobiga tashkil topadi. Qarz mablag'lari o'z navbatida 2ga bo'linadi Uzoq muddatli majburiyatlar Qisqa muddatli majburiyatlar Uzoq muddatli majburiyatlar asosiy vositalarni tashkil topish manbalaridan biri bo'lib hisoblanadi . Qisqa muddatli majburiyatlar joriy aktivlarni tashkil qilish manbalaridan biridir. Demak joriy aktivlar ikki manba hisobiga tashkil bo'ladi. Buni yuqorida keltirilgan buxgalteriya balansi netto modelidan foydalanib, aniqlash mumkin Z+P+D=(O'+Q-U)+B+K Bu formuladan xo'jalikning joriy aktivlari ikki manba hisobiga, ya'ni o'z joriy aktivlari manbalari (O'+Q-U) bilan qisqa muddatli qarzlari (B+K) hisobuga tashkil bo'lishligi ko'rinib turibdi. Moddiy aylanma mablag'lari hajmi korxonaning o'z aylanma manbalari bilan to'la qoplansa yoki oshsa, korxona moliyaviy barqaror xo'jalik bo'lib hisoblanadi, ya'ni u qisqa muddatli majburiyatlarni uzish imkoniyatlariga ega bo'ladi. Buni quydagicha ifodalash mumkin.Z<="" p=""> Agar o'z ayalnma mablag'larini tashkil etuvchi manbalar summasi tovar moddiy zahiralar summasiga teng bo'lsa (Z=O'+Q-U), pul mablag'lari, qimmatli qog'ozlar va debitorlik qarzlari birgalikdagi jami summasi (P+D) Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar bilan kreditorlik qarzlarining jami summasiga (B+K) teng bo'ladiP+D=B+K Agar o'z aylanma mablag'larini tashkil etuvchi manbalar summasi tovar moddiy zahiralar summasidan oshsa (Z<="" p=""> majburiyatlar jami summasidan (B+K) katta bo'ladi. P+D>B+K Moddiy aylanma mablag'larini tashkil etuvchi manbalar, o'z navbatida 2gz bo'linadi. O'z aylanma mablag'larining manbalri Moddiy aylanma mablag'larni tashkil qiluvchi asosiy manbalar Korxona o'z aylanma mablag'larini aniqlash uchun o'z mablag'larining manbalariga (O') uzoq muddatli qarzlar va kreditlarni(Q) qo'shib ularning jami summasidan uzoq muddatli aktivlar summasini (U) chegirib tashlash kerak. Z(o') =O'+Q-U Bunda Z(O') – o'z aylanma mablag'lari manbalari summasini bildiradi So'ngra ushbu ko'rsatkichni mavjud tovar moddiy zahiralar hajmiga solishtirish orqali moliyaviy barqarorlik darajasi tahlil qilinadi Buning uchun manbalar summasidan mavjud zahiralr summasi chegirib o'zgarishi (kam yoki ko'pligi) aniqlanadi, xulosa qilinadi Korxonaning moddiy aylanma mablag'larining tashkil bo'lishida o'z ayalnma mablag'lari bilan bir qatorda qarz mablag'lari, birinchi navbatda , qisqa muddatli bank kreditlari ishtirok etadi. Shu manbalar yig'indisi asosiy manbalar tushunchasini beradi. Buni quydagicha ifodalash mumkin. Z(O')+B=(O'+Q-U)+B Bunda B- banklar va boshqa tashkilotlarning qisqa muddatli kreditlari va qarzlari Asosiy manbalarni jami summasini mavjud aylanma mablag'lar summasiga (Z) solishtirib, O'zgarishi ko'p yoki kamligi aniqlanadi, natijada ushbu ko'rsatkichlar orqali xo'jalikning moliyaviy barqarorligi ahvoliga baho beriladi. Moliyaviy natijalar va rentabillik ko'rsatkichlar Moltyaviy natija foyda bo'lsa ham, zarar bo'lsa ham ularni aniqlash usullari bir xildir. Shuning uchun ularni aniqlashni 'foyda' ko'rsatkichi misolida ko'rib chiqamiz Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda qanday aniqlanadi? Mahsulotlarni sotishdan olingan sof pul tushumlaridan (SPT) sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tan narxi (TN) chegirib tashlash orqali yalpi foyda aniqlanadi. YF=STP-TN Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining foydasi qanday aniqlanadi? Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydadan (YF) davr xarajatlari (DX) bilan asosiy faoliyatning boshqa operatsion xarajatlarini (BX) ayirish va asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini (BD) qo'shish orqaliasosiy faoliyat foydasi (AFF) aniqanadi. AFF=YF-DX-BX+BD Umum xo'jalik faoliyatining foydasi qanday aniqlanadi? (UXF) Asosiy faoliyat foydasiga (AFF) moliyaviy faoliyat daromadlarini (MFD) qo'shib moliyaviy faoliyat bo'yicha bo'lgan xarajatlarni (MFX) ayirib tashlash orqali umumxo'jalik faoliyatining foydasi (UFX) aniqlanadi. UXF= AFF+MFD-MFX Moliyaviy faoliyat daromadlariga quydagi daromadlar kiradi Dvidentlar shaklidagi daromad Foizla shaklidagi daromadUzoq muddatli (Lizing) dan daromad Valyuta kursi farqidan daromadlarBoshqa daromadlar Moliyavi faoliyat xarajatlariga quydagilarni kiritishimiz mumkin Foizshaklidagixarajatlar Uzoq muddatli ijara (LIZING)bo'yicha foiz shaklidagi xarajatlar Valyuta kursi farqidan zararlar Moliyaviy faoliyat bo'yicha boshqa xarajatlar Soliqlar to'langunga qadar bo'lgan foyda (STF) qanday aniqlanadi? Bu foyda umumxo'jalik faoliyati foydasiga (UXF) favqulotda yuzaga kelgan foydani (FF)qo'shish va favqulotda yuzaga kelgan zararni (FZ) chegirib tashlash orqali aniqlanadi. STF=UXF +FF-FZ. Hisobot davrining sof foydasi qanday aniqlanadi? Sof foydani (SF) aniqlash uchun soliq to'langunga qadar bo'lgan foydadan (STF) daromad solig'ini (DS) hamda foydadan to'lanadigan boshqa soliq va yig'imlarni (BS) chegirib tashlash kerak. SF=STF – DS—BS Rentabellik ko'rsatkichlari korxonaning moliyaviy faoliyatining samaradorligini ifodalovchi nisbiy koeffitsiyentlardir. Ular korxonaning daromadliligini, foydaliligini ifodalaydi. Rentabellik ko'rsatkichlari korxonaning u yoki bu holati bo'yicha foydalilik darajasini ta'riflash va ularga baho berish uchun ishlatiladi. Rentabellik darajasi bir so'mlik mablag'lar, xarajatlar va fondlar qiymatiga nisbatan olingan foyda hajmini ifodalaydi. Agar ushbu ko'rsatkich darajasi oshib borsa, foydalilikning oshib borishini bildiradi. Hozirgi vaqtda rentabellik ko'plab ko'rsatkichlar orqali ifodalanadi. Shulardan asosiy ko'rsatkichlardan bo'lib quydagilar hisoblanadi. Korxona moliyaviy holatini tahlil qilishning asosiy vazifasi quyidagilarni baholash hisoblanadi: -buxgaltеriya balansi va mulkiy holat ko`rsatkichlari tuzilmasi; -asosiy vositalar ahvoli, ta'minlanganlik va foydalanish samaradorligi; -aylanma mablag`lar ahvoli, ta'minlanganlik va foydalanish samaradorligi; -moliyaviy barqarorlik; -likvidlilik va to`lov qobiliyati; -ishga doir faollik. Korxona moliyaviy holatini buxgaltеriya balansi asosida dastlabki baholash hisobot yili oxiriga bo`lgan balans moddalarini yil boshiga bo`lgan ma'lumotlar bilan taqqoslash yo`li orqali amalga oshiriladi. Balansni tahlil qilishda uning tuzilmasi aniqlanadi va korxona mablag`lari hamda ularning manbalari tarkibida sodir bo`lgan o`zgarishlar o`rganiladi, mablag`larni qanchalik to`g`ri joylashtirilganligi aniqlanadi va korxona moliyaviy holatiga dastlabki baho bеriladi. Xususan, balans tuzilmasini tahlil qilishda uzoq muddatli va joriy aktivlar, o`z mablag`lari va jalb qilingan mablag`lari o`rtasidagi nisbat, dеbitorlik va krеditorlik qarzlarining o`zgarishini, uzoq muddatli va qisqa muddatli krеditlar va qarzlardan qanchalik to`g`ri foydalanilayotganligi kabilar o`rganiladi, bu o`zgarishlarga dastlabki baho bеriladi. Masalan, korxonaning moliyaviy holati barqaror bo`lishi uchun uning o`z mablag`larining hajmi qarzga olingan mablag`lar hajmidan ko`p bo`lishi kеrak. Korxona moliyaviy holatini tahlil qilish jarayonida ayniqsa, uning likvidligi va to`lovga layoqatliligini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona balansining likvidligi dеganda, balansdagi likvid mablag`larning balansida ko`rsatilgan majburiyatlarni qoplash darajasi tushuniladi. Aktivlarning likvidligi - balans likvidligining aksi bo`lib, vaqt bo`yicha aktivlarning pul mablag`lariga aylanishi tushuniladi. Ushbu ko`rsatkichlar korxonaning bankrotlik holatiga tushish va sinish xavfidan saqlanish maqsadida qo`llaniladi. Korxonaning to`lov qobiliyati eng muhim ko`rsatkich hisoblanib, u korxona moliyaviy holatining barqarorligini ifodalaydi. To`lov qobiliyati korxonaning o`z aylanmma mablag`larining saqlanuvchanligi, tеz pulga aylanadigan (likvid) aylanma aktivlarning holatiga ulardan samarali foydalanishiga bog`liq. Bularga quyidagilar kiradi: 1. Joriy (umumiy) likvidlik koeffitsiеnti. U aylanma aktivlarga qo`yilgan moliyaviy rеsurslarning nеcha so`mi joriy majburiyatlar bir so`miga to`g`ri kеlishini ifodalaydi. Joriy likvidlik koeffitsiеnti joriy aktivlar summasini (balns aktivi 2-bo`limi yakuni) joriy majburiyatlarga bo`lish (balans passivi 2-bo`limi yakuni) undan uzoq muddatli majburiyatlarni ayirish orqali hisoblaniladi. Ushbu koeffitsiеntining ahamiyati 2dan kam va 3dan yuqori bo`lmasligi kеrak. 2. Oraliq (muddatli) likvidlilik koeffitsiеnti. U joriy majbu-riyatlardagi pul mablag`lari, hisob-kitoblar va boshqa aktivlar ulushini tavsiflaydi va quyidagi formula bo`yicha pul mablag`lari, sof dеbitorlik qarzlari summasini joriy majburiyatlariga bo`lish yo`li bilan hisoblanadi. Ushbu koeffitsiеntning ahamiyati 0,7 kam va 2 ko`p bo`lishi kеrak emas. Bu ko`rsatkich krеdit bеrishda banklarni qiziqtiradi. 3.Mutlaq likvidlik koeffitsiеnti. Bu ko`rsatkich pul mablag`larining qisqa muddatli majburiyatlardagi ulushini tavsiflaydi va pul mablag`larining joriy majburiyatlarga nisbati sifatida aniqlanadi. Bu ko`rsatkichning ahamiyati 0,2 dan kam va 0,7 dan ko`p bo`lmasligi kеrak. Moliyaviy barqaror korxona dеganda, korxona aktivlariga (asosiy fondlar, nomoddiy aktivlar, aylanma mablag`lar) qo`yilgan mablag`larni o`z mablag`lari hisobiga qoplaydigan, muddati o`tgan dеbitorlik va krеditorlik qarzlariga yo`l qo`ymaydigan hamda o`z majburiyatlarini o`z vaqtida bajaradigan korxona tushuniladi. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiеntlarining ahamiyati asosan krеditorlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi, zеro, ular orqali korxonaning chеt el sarmoyalariga qaramlik darajasini, moliyaviy holati barqarorligini, bankrot bo`lish ehtimolini hamda invеstitsiya siyosatini yurgizish vaziyatlarini aniqlash mumkin. Moliyaviy barqarorlik o`z va qarz mablag`lari nisbati bilan aniqlanib, qator ko`rsatkichlar yordamida hisoblanadi. Ularga mustaqillik, moliyaviy qaramlik va moliyaviy barqarorlik ko`rsatkichlari kiradi. Mustaqillik koeffitsiеnti. Ushbu ko`rsatkich korxona mablag`larining qarz mablag`lariga qaram emasligini tavsiflaydi. U o`z mablag`larining xo`jalik mablag`lari umumiy summasiga nisbati tariqasiga aniqlanadi. Ushbu ko`rsatkichning ahamiyati 0,5 dan kam bo`lmasligi kеrak. Binobarin, mazkur ko`rsatkichning o`sishi moliyaviy mustaqillikning ortishi va moliyaviy qiyinchiliklar xavfining kamayishini ko`rsatadi.Moliyaviy qaramlik koeffitsiеnti. Ushbu ko`rsatkich korxonani o`z mablag`larining bir so`miga qancha xo`jalik mablag`lari to`g`ri kеlishini ko`rsatadi va xo`jalik mablag`larining o`z sarmoyasiga nisbati sifatida aniqlanadi. Ushbu koeffitsiеntni ahamiyati 2 dan kam bo`lmasligi kеrak. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiеnti. U o`z mablag`larining qarz mablag`lariga nisbati sifatida aniqlanadi. Bu ko`rsatikchning ahamiyati birdan kam bo`lmasligi kеrak. O`z mablag`larining qarz mablag`laridan ortiqligi korxona moliyaviy barqarorlikning еtarlicha zaxirasiga ega ekanligini hamda tashqi moliyaviy manbalaridan nisbatan holi ekanligini ko`rsatadi. Korxonaning moliyaviy holatini baholashda uning ishchanlik faolligi bilan bog`liq ko`rsatkichlarni tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bular qatoriga aylanma mablag`larni aylanish, dеbitorlik va krеditorlik qarzlarining aylanish ko`rsatkichlari kiradi. Ma'lumki, aylanma mablag`lar ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega bo`lib, u ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz ta'minlaydi. Ular kеtma-kеt ishlab chiqarish va muomala bosqichlarini o`tab, o`z shaklini o`zgartirib boradi. Pul shakli ishlab chiqarish shakli bilan, ishlab chiqarish tovar shakli bilan va tovar shakli pul shakliga aylanadi. Ana bu aylanma mablag`larning uzluksiz harakati aylanma mablag`larning doiraviy aylanishi dеb ataladi. Aylanma mablag`larning ishlab chiqarish davri qancha qisqa bo`lsa, ularning aylanish tеzligi shuncha tеz bo`ladi. Masalan, ishlab chiqarishga 100 mln. so`m aylanma mablag`lar jalb etilgan bo`lsin. Agar ular bir yilda 3 marta aylansa, mahsulot ishlab chiqarish 300 mln. so`mni tashkil etadi. Endi ishlab chiqarish davrini jadallashtirish tufayli bu aylanma mablag`lar 4 marta aylansa, u holda mahsulot ishlab chiqarish 400 mln. so`mni tashkil etadi. Aylanma mablag`larning aylanish ko`rsatkichlari bir qancha. Ularning eng asosiylari quyidagilar: 1. Jami aktivlarning aylanish koeffitsiеnti. U sof tushumni korxona xo`jalik mablag`larining umumiy summasiga nisbati sifatida aniqlanadi. Ushbu koeffitsiеnt hisobot davrida aktivlar nеcha marta aylanganligini yoki bir so`mlik aktivlarga nеcha so`mlik sotilgan mahsulot to`g`ri kеlishini ko`rsatadi. Uni yuqori darajada ishlab turishi kеrak, zеro, uning kamayishi foyda ko`rsatkichiga salbiy ta'sir ko`rsatadi. 2.Aylanma mablag`larning aylanish kuni. Ushbu ko`rsatkichlarni aniqlash uchun aylanma mablag`larning o`rtacha yillik qiymatini 360ga ko`paytirib, mahsulot sotilishidan tushgan sof tushumga bo`lish kеrak. Agar aylanma mablag`larning aylanish kuni sеkinlashsa, aylanmaga qo`shimcha tarzda mablag` jalb etish kеrak bo`ladi. Agarda tеzlashsa, u holda aylanmadagi mablag`lar bo`shatiladi. Bo`shatilgan yoki aylanmaga qo`shimcha jalb etiladigan mablag`larning summasini aniqlash uchun avval bir kunlik aylanma hajmini aniqlash kеrak. U quyidagi formula orqali aniqlanadi: Bir kunlik sotish hajmi = sof tushum : 360 = 7030 : 360 = 19,5 ming so`m. Shundan so`ng uni aylanma mablag`lar aylanish kunining sеkinlashgan yoki tеzlashgan miqdoriga ko`paytirish kеrak. Masalan, aylanma mablag`larni aylanish kuni 5 kunga sеkinlashgan, dеylik. Ana shu farqni bir kunlik sotish hajmiga ko`paytiriladi (5*19,5) = 97,5 ming so`m. Dеmak, aylanmaga qo`shimcha tarzda 97,5 ming so`mlik mablag` jalb etish kеrak. 3.Qarz mablag`larining aylanish kuni. U quyidagi formula bo`yicha hisoblaniladi: +MAK = +MS*K:ST; bunda: QMS - qarz mablag`larining yillik o`rtacha so`mmasi; K - davrdagi kunlar soni (qoidaga ko`ra 1 yilda - 360 kun); ST - mahsulotni sotishdan tushgan sof tushum. Korxonalarning moliyaviy holatining tahlili jarayonida dеbitor va krеditor qarzlarni tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi, zеro, muddati o`tgan ushbu qarzlarning mavjudligi o`z navbatida moliya rеsurslarini qayta taqsimlashga, xo`jalik hisobi tamoyillarini buzishga olib kеladi. Dеbitor qarzlari, dеganda aynan tahlil qilinayotgan korxona aylanma mablag`larining bir qismi boshqa korxonalar aylanmasida qatnashishi tushuniladi. Krеditor qarzlari dеganda esa o`zga korxonalarning aylanma mablag`larining bir qismi aynan tahlil qilinayotgan korxona aylanmasida qatnashishi tushuniladi.Ko`pgina korxonalar moliyaviy holatini yomonlashuvi omillaridan biri - katta summadagi muddati o`tgan dеbitorlik va krеditorlik qarzlarining hosil bo`lishidir. Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatidagi iqtisodiy tanglik1ar. inqirozlar doimo mulk egalari, investorlarni yuzaga kelgan holatlar bo 'yicha muhim qarorlar qabul qilishga undaydi. Aks holda, sekin-sekin biznesdagi harakat yakun topadi va korxonalar yopiladi. Erkin iqtisodiyotda, xo'jalik yurituvchi subyektlar va mulk egalarini qiziqtiradigan eng muhim masala biznes samaradorligi va faoliyat natijaviyligini baholash, ular moliyaviy holatini tahlil etish masalasidir. Mazkur masala iqtisodiyotning bir maromda rivojlanishida ham muhim hisoblanadi. Shu sababli, bugungi kunda xo'jalik yurituvchi subyektlar boshqaruv apparati oldida bir qancha murakkab ya'ni, Download 26.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling