Reja: Kreativ pedagogikaning maqsadi, vazifalari, obʼekti va predmeti. Kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi
Download 1.14 Mb.
|
Kreativ pedagogika faning nazariy asoslari
Ijod – ijtimoiy subʼektning yangiligi, ahamiyati va foydaliligi jamiyat yoki muayyan guruh tomonidan tan olingan faoliyati yoki faoliyati natijasi Ijodkor shaxsni tarbiyalash – kasbiy-ijodiy faoliyat tajribalarini qaror toptirish va boyitish asosida ijodiy gʼoya, ularni amalga oshirish koʼnikma va malakalariga ega shaxsni shakllantirish va rivojlantirish Kasbiy-ijodiy faoliyat – mutaxassisning kasbiy masalalarni ijodiy hal qilish muvaffaqiyatini tavsiflovchi faoliyati, innovatsion xatti-harakati Ijodiy topshiriqlar – muammoli vaziyatlarni tizimli tahlil asosida hal qilishga yoʼnaltirilgan masalalar tizimi Kasbiy-ijodiy imkoniyat – 1) kasbiy kompetentsiya, malakaga egalik; 2) kasbiy ijod metodologiyasi asoslarini oʼzlashtirganlik; 3) ijodiy tafakkurning shakllanganlik darajasi; 4) kasbiy-ijodiy layoqat va shaxsiy sifatlarning rivojlanganligi
Kasbiy ijodkorlik metodologiyasi – ijodkorlikning jarayon va natija sifatida obʼektlar hamda muayyan kasbiy faoliyat turlariga munosabat koʼrinishidagi tuzilishi, mantiqiy tashkil etilishi, metod va vositalari haqidagi taʼlimot Ijodiy tafakkur – tafakkurning ijod jarayonini tashkil etish va ijod natijalari (mahsullari)ni bashoratlashni ifodalovchi turi Kreativ qobiliyat – shaxsning ijodiy faoliyatni tashkil etish va uning natijalanganligiga erishishni taʼminlash imkoniyatini belgilovchi individual xususiyati Ijodiy qobiliyat – ijodiy faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish va uning natijalanganligini baholashda namoyon boʼladigan individual xususiyati Oʼzini oʼzi ijodiy faollashtirish – shaxsning ijodiy faoliyatda oʼz imkoniyatlarini toʼlaqonli namoyon qilishi va rivojlantirishi Pedagoglarning kasbiy-ijodiy imkoniyati kasbiy masalalarni ijobiy hal qilish va ularning yechimini tegishli darajada baholashda koʼrinadi
Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling