Reja: Kredit-modul tizimining imkoniyatlari va muammolari


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana20.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1215237
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu. Kredit modul tizimiga kirish. Ta’lim elementlarini o‘zlashtirish natijalarini baholash.

 
 
Kredit-modul tizimi mazmunan talabaning ehtiyojlariga qaratilgan tizimdir. 
Shu sababli, rivojlangan davlatlar OTM larida talabalar bilan alohida bo„lim 
(Registrator ofisi) shug„ullanadi. Bu borada oldimizda turgan muammolardan biri - 
bu talabalar kontingenti bilan shug„ullanuvchi dekanatlar, o„quv bo„limi, kadrlar 
bo„limi, ma‟naviy-ma‟rifiy ishlar bo„limi, sirtqi bo„lim, magistratura bo„limi, 
doktorantura bo„limi va qabul bo„limi kabi ko„plab bo„linmalar faoliyatini 
muvofiqlashtirishdir. Ochig„i, ushbu bo„limlarda bir-birini takrorlovchi faoliyatlar 
mavjud. Ular asosida talabalar kontingenti bilan shug„ullanadigan markazlashgan 
bo„linma tashkil qilinishi maqsadga muvofiq.
Registrator Ofisining vazifasi - akademik taqvim tuzish va uning o„z vaqtida 
bajarilishini nazorat qilish, qabul komissiyasining ishini tashkil qilish, fanlarga 
yozilishni tashkil qilish, guruhlarni shakllantirish, o„qishga kirishda bilimlarini 
aniqlashni tashkil qilish va uni nazorat qilish, oraliq va yakuniy nazoratlarni tashkil 
qilish va o„tkazish, yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish va o„tkazishni 
nazorat qilish, talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivgacha saqlash, “Registrator” 
ma‟lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilash, transkriptni yuritish va 
unga talabalarning baholarini kiritish, tantanali marosimlarni tashkil qilish va 
o„tkazish (bitiruvchilarning diplomlarini rasmiylashtirish va tantanali ravishda 
taqdim etish), talabalar kontingenti bo„yicha statistika yuritish kabi vazifalardan 
iborat bo„ladi.


Bu tuzilma kredit-modul tizimida talabaga qaratilgan bo„linma bo„lib, uni 
kredit-modul tizimiga to„liq o„tilgunga qadar vaqtincha dekanat va bo„limlardan 
xodimlarni jalb qilish orqali tashkil qilish mumkin. 
Kredit-modul tizimining amaldagi ta‟lim tizimidan farq qiluvchi jihatlaridan yana 
biri shundaki, bunda fanlar modulli asosda tashkil qilinadi va o„qitiladi. YA‟ni har 
bir modul (fan va uning bo„limi) kirish nazorati, nazariy materiallar, amaliy va 
laboratoriya ishlari materiallari, mustaqil ish topshiriqlari, keyslar, nazorat 
materiallari, testlar, tarqatma materiallar, glossariy, adabiyotlar, chiqish nazoratlari 
va h.k. qismlardan tashkil topgan bo„ladi. 
Shu o„rinda bitta muammo to„g„risida to„xtalib o„tish zarur. Amaliyotda 
kuzatilishicha "toq fanlar" (ya‟ni auditoriya soatlarining o„quv haftalariga nisbati 
toq bo„lgan fanlar) dagi toq soat odatda hafta oralatib (toq-juft) yoki semestrning 
birinchi yoki ikkinchi yarimlarida tashkil etiladi. Kredit-modul tizimida fan 
modulli tarzda tashkil qilinganligi uchun biror fan bo„limi (moduli) 
yakunlanganidan so„ng keyingi bo„lim (modul) o„tiladi. Shu sababli, kredit-modul 
tizimi uchun dars jadvallarini rejalashtirishda toq soatlarni hafta oralatib 
rejalashtirish maqsadga muvofiq. 
Kredit-modul tizimining afzalliklari haqida gapirganda, albatta, uning 
imtihonni qayta topshirishlarga chek qo„yishi va qayta topshirish o„rniga qayta 
o„qishga imkoniyat yaratib berishini ta‟kidlab o„tish o„rinlidir. Bu tizimda fanni 
birinchi urinishda topshira olmagan talabaga, keyingi semestrlar davomida va 
yozgi semestrda pullik to„lov asosida qayta o„qishiga sharoit yaratiladi. Bu jarayon 
talabalarning o„qishga bo„lgan mas‟uliyatini oshiradi. Ularning professor-
o„qituvchilarning ortiqcha vaqtlarini olishlariga chek qo„yiladi. Ilg„or talabalarga 
semestr boshida ekstern imtihon topshirish orqali kreditlarni oldindan olish 
imkonini ham taqdim etish mumkin. 
Kredit-modul tizimida pedagoglar lektor, tyutor (amaliy mashg„ulot 
o„qituvchisi), edvayzer, supervayzer, moderator kabi faoliyatlar bilan 
shug„ullanishi mumkin. Shuningdek, pedagoglar turli komissiyalar (baholash, 
o„quv rejani shakllantirish, ta‟lim dasturlarini shakllantirish, fan dasturlari ishlab 
chiqish va h.k.) tarkibida faoliyat yuritishlari ham mumkin.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling