Reja Kuchaytirgichlar haqida tushincha
* Keltirilgan kuchlari teng bo'lgan va tayanchlari ikki tarafga
Download 53.49 Kb.
|
Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- * Kolodkalarning ishqalanishi hisobiga qoshimcha tormoz kuchi hosil qiluvchi tormoz mexanizmi
* Keltirilgan kuchlari teng bo'lgan va tayanchlari ikki tarafga
joylashgan tormoz mexanizmi ( 7.2-rasm,b). Bu tormoz mexanizmida har bir kolodka o'zining ishchi silindri orqali harakatga keltiriladi. Silindrlaming o'lchami bir xil bo'lgani uchun keltirilgan kuchlar (R ! va R2) o'zaro teng bo'ladi. Avtomobil oldinga harakatlanganda ikkala kolodka ham aktiv hisoblanadi va shuning uchun bu tormoz mexanizmi oldingi tormoz mexanizmiga qaraganda samaraliroq hisoblanadi. Avtomobil orqaga harakatlanganda ikkala kolodka passiv hisoblanadi va torm oz samaradorligi pasayadi. Tormoz barabani ikkala tarafga aylanganda ham bu tormoz mexanizmi muvozanatlashgan. Tormoz mexanizmining barqarorligi esa yetarli emas. Bu turdagi tormoz mexanizmi asosan oldingi g'ildiraklarda ishlatiladi, chunki torm ozlanish vaqtida oldingi g'ildiraklarda yuklanish ortadi va avtomobilni tez to'xtatish uchun samarali tormoz mexanizmidan foydalanish zarur. * Kolodkalarning ishqalanishi hisobiga qo'shimcha tormoz kuchi hosil qiluvchi tormoz mexanizmi (7.2-rasm,d). Bu tormoz mexanizmlari servotormoz deb ham ataladi. Sharnir ( 6) bilan biriktirilgan oldingi kolodka (7) va orqa kolodka (5) prujinalar yordamida qo'zg'almas tayanch (3)ga tiralib turadi. Tormozlanish vaqtida gidrosilindr (4)ning porshenlari kolodkalarni baraban tarafga siljitadi va kolodkalarning yuqori uchlari bilan tayanch (3) orasida tirqish hosil bo'ladi. Kolodkalar aylanayotgan barabanga ishqalanganda baraban bilan birga biroz aylanadi va orqa kolodka (5)ning yuqori uchi tayanch (3)ga tiralib qoladi. Shundan keyin oldingi kolodka (7) aktiv kolodka bo'lib hisoblanadi va uning tayanchi bo'lib orqa kolodka (5)ning pastki uchi xizmat qiladi. O rqa kolodka (5) ham aktiv kolodka deb hisoblanadi. R kuchi hosil qilayotgan momentning yo'nalishi keltirilgan kuch R 2 hosil qilayotgan moment yo'nalishi bilan bir xil bo'lgani uchun kolodka (5)ning barabanga siqilishi sezilarli darajada oshadi. Bu turdagi tormoz mexanizmining samaradorligi aw al ko'rib o'tilgan torm oz m exanizm lariga nisbatan yuqori. A vtom obil orqaga harakatlanganda tormoz mexanizmining samaradorligi o'zgarmaydi, faqat kolodkalarning roli o'zgaradi. Bu tormoz mexanizmlarining kamchiligi ular muvozanatlashmagan va barqarorligi past. 335 Download 53.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling