Reja kurakli konveyerlar qismlari Kurakli konveyerlar tasnifi Kurakli konveyerlarning afzalliklari va kamchiliklari, ularga qo’yiladigan talablar


Download 409.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana05.05.2023
Hajmi409.86 Kb.
#1427482
1   2   3
Bog'liq
Кон маш 1 Мустакил Келичев Б

Kurakli konveyerlar tasnifi 
Er osti kurakli konveyerlar quyidagi belgilari bo’yicha tasniflanadi: 
1) belgilangan maqsad (bajaradigan funktsiyalarining xarakteri) bo’yicha – 
eltuvchi, agregat, tormozlovchi. Eltuvchi va agregat konveyerlar to’g’risida 
yuqorida tushunchalar berib o’tilgan edi. Tormozlovchi konveyerlar ko’mirni katta 
qiyalikdagi lahimlar bo’ylab pastka tushirishda qo’llaniladi. Ular chang 
ko’tarilishini kamaytiradi, ko’mir navini oshiradi, qiyalik burchagi o’zgaruvchan 
bo’lgan qatlamlardagi lavalarda ko’mirning tashilishini ta’minlaydi; 
2) tortish zanjiri yukli va yuksiz shoxobchalarining o’zaro joylashishi 
bo’yicha uchta asosiy turlarga bo’linadi: yuksiz shoxobcha yukli shoxobchaning 
tagida joylashgan; ikkala shoxobcha bitta gorizontal tekislikda yonma – yon 
joylashgan; yuksiz shoxobchaning yonida unga nisbatan ma’lum burchak ostida 
joylashgan.
Birinchi , eng ko’p tarqalgan, turi enining o’lchamlari eng kichik bo’lganligi 
bilan ajralib tursa, ikkinchisi– balandlik o’lchamlari eng kichik bo’lganligi bilan 
ajralib turadi va shu tufayli u yupqa qatlamlarni qazib olishda qo’llaniladi. 
Uchinchi turi birinchi ikkita turining afzalliklarini o’zida qisman saqlab qoladi, 
ammo ishchi organi konveyerning yuksiz shoxobchasida ikki marotaba egilishi 
bilan bog’liq bo’lgan murakkabliklarni keltirib chiqaradi. . 
3) lavada yangi joyga siljitish (ko’chirish) usuli bo’yicha - bo’linuvchan va
suriluvchan. 
Birinchilari yangi ish joyiga bulaklarga bo’linib ko’chiriladi. Ikkinchilari – 
bo’linmasdan ko’chiriladi. Ular, o’z navbatida, butun uzunligi bo’yicha bir yo’la 
suriladigan qattiq (bikir) va qism - kism bilan suriladigan egiluvchan 
konveyerlarga bo’linadi.
4) konveyer stavini yig’ish usuli bo’yicha – ajraluvchan va ajralmaydigan 
sektsiyalarga bo’linadi. Birinchilari ko’chiriladigan konveyerlar uchun 
xarakterlidir, chunki ko’chirish va yig’ish ishlarini yengillashtiradi, ikkinchilari – 
konstruktiv jihatdan soddaroq va mustaxkamroq bo’lib, suriluvchi konveyerlar 
uchun xarakterlidir. 


Kelich
ev
B
.S.

5) zanjirlar soni bo’yicha – bitta, ikkita va uchta zanjirli; birinchilari – 
nisbatan yengil konstruktsiyali konveyerlar uchun. Ohirgilari – og’ir 
konstruktsiyali konveyerlar uchun. 
6) tortish zanjirlarining turlari bo’yicha - sharnirli bo’linuvchan, sharnirli 
plastina simon va halqasimon. 
SHarnirli bo’linuvchan zanjir larning afzalliklari: bo’laklarga tez ajratib 
qayta yig’ish uchun qulayliligi, narhining nisbatan arzonligi (zanjir shtampovka 
usulida tayyorlanishi tufayli), sharnirlar tekisligida bitta zveno boshqa zvenoga 
nisbatan birmuncha og’ishi mumkinligi, shunday bo’lgach, bu zanjirlar o’qi 
egiluvchan bo’lgan konveyerlarda qo’llanilishi mumkin. 
Yuqori navli po’latdan tayyorlanadigan to’g’ri va egilgan plastinali zanjir 
larning afzalliklari: kurakchalarni zanjirga mahkamlash qulayligi, yulduzcha bilan 
ilashishning ishonchliligi va nisbatan chidamliligi. 
Odatda ikki (ba’zi hollarda uch) zanjirli konveyerlarda qo’llaniladigan 
halqasimon zanjir)larning afzalliklari: nisbatan yengil va arzon, hamma 
yo’nalishlar bo’yicha egiluvchan. Yulduzchada ilashishni ta’minlash uchun bu 
turdagi zanjirlar kolibrlangan bo’ladi. Kalibrlangan zanjirlarning yeyilishi va 
cho’zilishini oldini olish maqsadida ularning metali va tayyorlash texnologiyasiga 


Kelich
ev
B
.S.

oshirilgan talablar qo’yiladi. Undan tashqari, zanjirning o’lchamlari tanlanishida 
chidamlilik zapasi nisbatan yuqori bo’lganlari olinadi.
7) yuritmalar (yuritma deganda, umumiy holda, yuritgich va uzatuvchi mexanizm 
tushiniladi) soni bo’yicha - bitta, ikkita, uchta va to’rtta yuritmali. Yulduzchali 
bitta yurituvchi o’qqa ishlaydigan ikkita yarim quvvatga ega bo’lgan yuritma 
yurituvchi yulduzchaning o’lchamlarini (ayniqsa balandlik bo’yicha) kamaytirish 
maqsadida qo’llaniladi. Yuritmalar konveyerning ikkala ohirida o’rnatilsa, ular 
tortish organining maksimal tarangligini kamaytiradi. 
Yuritmalarni o’rnatish sxemalari 
Uchta yuritmali konveyerning boshiga ikkita yuritma, ohiriga – bitta, to’rt 
yuritmalida esa - ikkala tomoniga ikkitadan yuritma o’rnatiladi Yuritmalarning 
o’rnatilishi konveyerga nisbatan bo’ylama yoki ko’ndalang bo’lishi mumkin. 
Birinchi holatda reduktorning tishli uzatgichiga bitta konusaviy uzatgich kiritiladi.


Kelich
ev
B
.S.


Download 409.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling