Reja: Lipidlarga umumiy xarakteristikasi
Download 24.37 Kb.
|
LIPIDLAR TUZILISHI, XOSSALARI
LIPIDLAR TUZILISHI, XOSSALARI VA BIOLOGIK FUNKSIYALARI. REJA:
2. Lipidiar odam, hayvon va o‘simliklarga ta’siri. 3. To‘yingan yog4 kislotalarida karbon atomlarining soni. Lipidlarga umumiy xarakteristika Lipidiar - odatda, suvda erimaydagan moysimon yoki yog‘ga o‘xshash, kimyoviy tabiati bo‘yicha turli-tuman moddalar bo‘lib, ulami hujayralardan nopolyar erituvchilar - efirlar, xloroform, benzol, atseton va boshqalar bilan ekstraksiya qilib olish mumkin. Hozirgi vaqtda tabiiy lipidlarning tarkibida ko‘p sonli va xilma-xil struktura komponentlari topilgan: yuqori moy kislotalari, spirtlar, uglevodlar, aldegidlar, ketonlar, azot asoslari, aminokislotalar, fosfor kislotasi va h.k. Biologik nuqtayi nazardan lipidiar juda muhim, ko‘p ftinksiyali birikmalardir. Ular barcha tipdagi biologik membranalaming tuzilishi va ulaming regulyatorlik funksiyalarini bajarishda muhim rol o‘ynaydi; organizmning yog‘ depolarida ajratib (saqlab) qo‘yilish¡ mumkin bo‘lgan energiya manbalari hisoblanadi va uzoq davom etadigan muskul ishi vaqtida eng samarali “yoqilg‘i” sifatida ishlatiladi. 1 g y o g ‘ y o n g a n d a 38,9 k J energiya ajralib chiqadi. Lipidiar odam, hayvon va o‘simlik to‘qimalarining tarkibiga kiradi. Lipidiar ko‘p miqdorda bosh va orqa miyada, jigar, buyrak va boshqa a’zolarda ko‘p miqdorda bo‘ladi. Ulaming konsentratsiyasi nerv to‘qimalarida - 25%, hujayra va hujayra organoidlar membranalarida - 40% tashkil qiladi. 3.2. Lipidlarning klassifukatsiyasi Yuqorid'. ko‘rsatilganidek, tabiiy lipidlarning tarkibida struktura komponentlari sifatida juda ko‘p turli-tuman kimyoviy birikmalar uchraydi. Shuning uchun ham lipidlarni kimyoviy nuqtayi nazaridan 54qat’iy ma’lum bir xossalari bo‘yicha klassifikatsiya qilib boMmaydi. I ckin shartli ravishda ularni quyidagi guruhlarga boMish mumkin: 1. Triglitse- ridlar 2. Boshqa neytral mono- va diglitse- ridlar 1 . Fosfoli- 1. Serebro- 1. Sterin- pidlar zidlar lar (fosfogli- 2. Sulfa- 2. Sterid- tseridlar) tidlar lar 2. Sgingo- 3. Ganglio-lipidiar zidlar (sfingomi-elinlar) Bundan tashqari, lipidlami organizmda bajaradigan fiinksiyalari va rnolekulalaming polyar yoki nopolyarligiga qarab ikkita guruhga - rezerv (nopolyar) va struktura (protoplazmatik yoki polyar) lipidlarga bo‘lish mumkin. Rezerv (nopolyar) lipidiar - yog‘ to‘qimalarida: teriosti kletchatkasi, salnik, buyrak pardasi hamda boshqa icliki a’zolarning atrofida to‘planadi. Yog‘ to‘qimasi depo funksiyasini bajaradi: u lipidlarni qondan shimib olish va organizmning energetik chtiyojini ta’minlash uchun ularni ajratib chiqarish qobiliyatiga ega. Rezerv lipidlarning miqdori ovqatlanish tartibi, faoliyat xarakteri, qalqonsimon bezning funksiyasi va boshqa omillarga bog‘liq boMadi va tananing umumiy massasini 10-15% dan (normada) to 30% gacha (semizlikda) keng miqyosda o‘zgarib turadi. Ba’zi-bir ko‘chmanchi qushlarda ko‘chish mavsumiga kelganda depodagi yog'mng miqdori 55uning tana og‘irligining 50% ini tashkil qiladi (4000 km davomida ovqatlanishga imkoniyati yo‘q okean ustida Aleut orollaridan Gavay orollariga uchib o'tadigan Oltin tusli rjanka qushi). Struktura (polyar) lipidlari - barcha tipdagi biologik membranalarning asosiy tarkibiy qismi (ikki qavatli lipid membrana) bo‘lib, ovqatlanish tartibi, a’zolar faoliyati xarakteri yoki qalqonsimon bezning funksiyasiga bogMiq bo‘lmagan holda organizmning to‘qimalarida doimo bir xil miqdorda bo‘ladi. Bu guruhning har xil lipidlarining miqdori va o'zaro nisbati har bir tipdagi membranalar uchun doimiy. Sovun hosil qilib gidrolizlanadigan (yog‘ kislotalarining tuzlari) sovunlanadigan lipidiar deyiladi. Ularga neytral yog‘lar, fosfolipidlar, sfingolipidlar, glikolipidlar va mumlar kiradi. Yog‘ kislotalarini ajratish bilan gidrolizlanish qobiliyati yo‘q (jumladan, stereoidlar) sovanlanmaydigan lipidiar deyiladi. 3.3. Yog‘ kislotalari Yog‘ kislotalari lipidlarning ko‘pchilik asosiy sinflarining muhim struktura komponentlari hisoblanib, ulaming tarkibida murakkab efirlar yoki amidlar ko‘rinishida bo‘ladi. Hujayrada erkin holda juda kam miqdorda uchraydi. Tabiiy lipidlarning tarkibida o‘zaro uglevodorod zanjirini uzunligi bilan farq qiladigan 200 dan ortiq har xil yog‘ kislotalari aniqlangan. Odatda, barcha yog‘ kislotalari juft sonli karbon atomlaridan tuzilgan shoxlanmagan uglevodorod zanjiridan tashkil topgan. Yog‘ kislotalari - 4 dan to 24 gacha karbon atomini tutgan uzun zanjirli organik kislotalardir; ular bitta karboksil (-COOH) guruhini va uzun nopolyar uglevodorod “dumini” tutadi. Shu sababli ko‘pchilik lipidiar suvda erimaydi va moy yoki yog‘ xususiyatlarini namoyon qiladi. Yog' kislotalarining molekulalari yana bir-birlaridan qo‘sh bogMarning boMishi, ularning soni va joylashish holati, har xil funksional ¿uruhlar (oksi-, keto- va h.k.)ni boMishi bilan ham farq qiladi. Lipidlarning tarkibiga ham to'yingan, ham to'yinmagan (tarkibida q o ‘sh b o g ‘ tu tg a n )y o g ‘ k islo ta la ri kiradi (2-jadval). 562-jadval Ba’zi bir tabiiy yog‘ kislotalar (A.Lenindjer bo‘yicha, 1985) Kar-bon atomi soni Strukturasi Travial nomi Erish tempe-ratu-rasi, TC To'yingan yog‘ kislotalar 4 CH, (CH,)2 COOH Moy kislotasi -12 CH3 (CH2),0 COOH Laurin kislotasi 44,2 14 CH, (CH2),2 COOH Miristin kislotasi 53,9 16 CH3 (C H ,)I4 COOH Palmitin kislotasi 63,1 18 CH3 (CH2) 16 COOH Stearin kislotasi 69,6 20 CH, (CH2) |8 COOH Araxin kislotasi 76,5 24 CH3 (CH2)22 COOH Lignotsrin kislotasi 86,0 To'yinmagan yog‘ kislotalar 16 CH3 (CH2)5 CH=CH (CH2)7 COOH Palmito-olein kislotasi - 0 , 5 18 CH, (CH,), CH=CH(CH2)7COOH Olein kislotasi 13,4 18 CH3(CH,)4CH=CHCH2CH= =CH(CH2)7COOH Linol kislotasi - 5 18 CH3CH2CH=CHCH2CH=CHCH2CH= =CH(CH2)7COOH Linolen kislotasi - 11 20 CH3(CH2)CH=CHCH,CH=CHCH2CH= =CHCH2CH=CH(CH2)3COOH Araxidon kislotasi -49,5 2-jadvalda ko‘rsatiIganidek, deyarli barcha tabiiy holda uchraydigan yog‘ kislotalari juft sonli karbon atomlarini tutadi va shu bilan birga ularning ko‘pchiligini molekulalari 16 yoki 18 karbon atomidan tashkil topgan. Lipidlarni tuzilishidaqatnashadigan 57ko‘pchilik yog‘ kislotalaridagi qo‘sh bog‘ 9-va 10-karbon atomlari oraligidajoylashgan(yog‘ kisloralarida 1-karbonatomi (C-l) bo‘lib, karboksil (-COOH) gurihining karboni hisoblanadi). Qo‘shimcha qo‘sh bogiar odatda C-9-qo‘sh bog4 bilan zanjirning (dumning) metil oxiri oraligida joylashadi. Yog‘ kislotalarida ikkita qo‘sh bog‘ o‘zaro bog‘langan (-CH=CH-CH=CH- bo‘lmaydi, ularning orasida albatta hech bo‘lmasa bitta metilen guruhi - C H = C H -C H -C H 2- C H - bo‘lishi kerak. Tabiiy t o ‘yinm agan y o g 4 kislotalar asosan sis - konfiguratsiyaga ega va juda kamdan-kam trans - konfiguratsiya uchraydi. Aytishlaricha, bir necha bog4 tutgan to‘yinmagan yog4 kislotalarida sis - konfiguratsiya uglevodorod zanjiriga kuchli bukilgan vakaltaygan ko‘rinish beradi. Buko4pchilik lipidlarni membranalarni tarkibiga kirishini hisobga olganda muhim biologik ma’noga ega. Uzun uglevodorod zanjirli yog4 kislotalari, odatda, suvdaerimaydi. Ularning natriyli va kaliyli tuzlari (sovunlar) suvda mitsellalami hosil qiladi. Mitsellalarda yog4 kislotaiarining manfiy zaryadlangan karboksil guruhi suv fazasiga qaragan, nopolyar uglevodorod zanjiri esa mitsellyar struktura ichida yashirin joylashadi. Bunday mitsellalar umumiy manfiy zaryadga ega bo‘ladi va eritmalarda o‘zaro itarish kuchlari sababli suspenziya hosil qiladi. To‘yingan yog4 kislotalarida karbon atomlarining sonini ortishi bilan ularning erish harorati ko4tarilib boradi, to‘yinmagam yog4 kislotalarda esa, aksincha, pasayib boradi (2-jadval). 3.4. Neytral yog‘lar (triglitserídlar) Yuqori molekulali yog4 kislotaiarining uch atomli spirt glitserin bilan bergan m urakkab efirlarini n eytra l y o g l a r yoki triglitserídlar deb ataladi. Glitserinning molekulasidagi gidroksil guruhlarning etirifikatsiyalangan soniga qarab mono-, di- va triglitserídlar deb ataladi. Tabiiy y o g ‘lar - bu o ‘z larining y o g 4 kislotalari tarkibi bo‘yicha oddiy va aralashgan triglitseridlarning bir xil bo‘ímagan 58aralashmasidir. Oddiy triglitseridlar molekulalarida faqat bir xil yog‘ kislotalarining qoldiqlarini tutadi (triolein, trilinolen, tristearin va b.k.). Murakkab triglitseridlar deb tarkibida har xil yog‘ kislotalarini lutgan triglitseridlarga aytiladi (1-palmitil - 2-oleo - 3-stearin, 1,2-palmitil - 3-olein). O O CH2-0 -C -(C H 2) 14C 0 0 H CH2-0 - C - (C H 2) 16CH, o CHOH 1 CH-0-C-(CH2)14CH3 l 1 CH2OH 1 CH2OH M onoglitserid D iglitserid 0 0 II II CH2-0 -C -(C H 2) 16CH3 CH3-0 -C -(C H 2) 14CH3 0 0 II II C H -0 -C -(C H 2) 16C H 3 C H -0 -C -(C H 2)7CH=CH(CH 0 0 II II CH2-0 -C -(C H 2) 16C H 3 CH2-0 - C - (C H 2) 16C H 3 Oddiy triglitserid M urak k ab triglitserid (Tristearin) (1 -palm itil-2-oleo-3-stearin) 1'abiiy neytral yog‘larning asosini hayvon yog‘lari va o‘simlik moylari tashkil qiladi. Hayvon yog4lari tarkibida, asosan, to‘yingan yog4 kislotalari - palmitin, stearin va monoto‘yimmagan - olein kislotalari ko‘p bo‘ladi (ularning erish harorati yuqori boMganligi sababli (2-jadval) oddiy sharoitda qattiq konsistensiyaga ega boMadi va y o g 'l a r deyiladi). 0 ‘sim lik m oylari o ‘zin in g y o g 4 kislotalari 59tarkibi bilan hayvon yog‘laridan, eng avvalo, to‘yinmagan yog‘ kislotalari - linol, olein va linolen kislotalarini ko‘p miqdorda tutishi bilan farq qiladi (ularning erish haroratlari juda past bo‘lganligi uchun oddiy sharoitda ular suyuq konsistensiyaga ega va moylar deb ataladi). Odam organizmi uchun polito‘yinmagan - linol, linolen va araxidon kislotalari alohida o‘ziga xos muhim ahamiyatga ega. Organizmda ular sintezlanmaydi va oziqalar tarkibida ularni bo‘lmasligi xolesterin almashinuvining buzilishi, teri kasalligi va boshqa patologik hodisalarga olib keladi. Organizmda araxidon kislotasining yetishmasligi mahalliy gormonlar - prostoglandinlar biosintezining buzilishiga olib keladi. Araxidon kislotasining biosintezi uchun linol va linolen kislotalari birlamchi xomashyo bo‘lib xizmat qiladi. Odamning polito‘yinmagan (tarkibida 2 va undan ortiq qo‘shbog‘ tutgan) yog‘ kislotalariga bo‘lgan bir sutkalik ehtiyoji taxminan 15 grammni tashkil qiladi. YogMarning to‘yinmaganlik darajasini iod sorti bilan belgilanadi. Yod soni - 100 g yog‘ yoki moy necha gramm yodni biriktirib olish mumkinligini koTsatadi. Masalan, mol yog‘ining yod soni - 38-40, kanop moyniki esa - 150 grammga teng. Tabiiy yog‘larning tarkibida juda kam miqdorda bo‘lsada, erkin yog‘ kislotalari bo‘ladi va ularning miqdori kislota soni bilan belgilanadi. K islota soni - 100 g y o g ‘ yoki moyni n eytrallash uchun sarflangan ishqor miqdori bilan aniqlanadi. Triglitseridlar fermentativ parchalanganda organizmda glitserin va erkin yog‘ kislotalari hosil bo‘ladi. Bujarayonni lipaza fermentlari katâlizlaydi. Ishqor bilan qizdirilganda esa glitserin ba sovun hosil bo‘ladi: Yog‘larni saqlash vaqtida yorug‘lik nurlari, havo kislorodi, namlik, issiqlik va mikroorganizmlar ta’sirida ular oksidlanish va boshqa kimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi. Shu vaqtda hosil bo‘lgan mahsulotlar (perekislar, aldegidlar, ketonlar) yoqimsiz, achchiq maza beradi va organizm uchun zaharli bo‘lishi mumkin. 60o c h 2-o -c - r c h ,-o h O Lipaza | || + H , 0 ------ ► CH-OH + 3 R-COOH c h 2-o -c - r ‘ | O CH,-OH II c h 2-o -c - r Yog‘lar odam organizmida energiyaning asosiy zaxira manbayi bo‘lib, uzoq muddatli va katta va mo‘tadil quvvatli mashqlarni bajarganda asosiy energiya manbayi boiib xizmat qiladi. 3.5. Mumlar Mumlar - yuqori yog‘ kislotalari bilan molekulalarida 16 tadan 22 tagacha karbon atomlarini tutgan bir yoki ikki atomli yuqori spirtlarning murakkab efirlaridir. Ularning umumiy struktura lormulalarini quyidagicha ifodalash mumkin: O O II II R-O-C-R; R-CH-O-C-R'; R-CH-CH,-O-C-R' II I I O O-C-R" O-C-R" II II o o K. R' va R " - m um kin b o ‘lgan radikallar. Mumlar tcri, jun, patlarni qoplaydigan yogdarning tarkibiga I ii.nil (Vsimliklarda barg va mevalarning yuzasidagi yupqa rangsiz illiq pardani hosil qiladigan lipidlarning 80% ini mumlar tashkil qlliuli, 61Tabiiy mumlar (masalan, asalari mumlari, spermatsent, lanolin) ko‘pincha yuqorida ko‘rsatilgan murakkab efirlardan tashqari, yana bir oz miqdorda erkin yuqori yog' kislotalari, spirtlar hamda 21-35 karbon atomli uglevodorodlarni tarkibida tutishlari mumkin. Ba’zi ma’himotlarga ko'ra mumlar ba’zi bir mikroorganizmlaming normal metabolitlari hisoblanadi. 3.6. Fosfatidlar Fosfatidlarning ikkita guruhi mavjud: fosfolipidlar (fosfoglitseridlar) va sfingolipidlar (sfingomielinlar). Fosfolipidlar - glitserin, yuqori murakkab yog‘ kislotalari va fosfor kislotasining murakkab efirlari bo‘ladi. Ulami yana fosfor kislotasining diefi ham deb atash mumkin. O c h 2- o - c - r , 0 II CH - O - C - Rj O O II II C H2- 0 - P - 0 - X yoki R3- 0 - P - 0 - X 1 I OH OH bunda - R, va Rj - yuqori yog‘ kislotalarining radikallari, - glitserin. X - azot tutgan birikma. Fosfolipidlarning “X” - komponentlari sifatida ko'proq xoiin [HO - CH2 - CH2 - N+ (CH3)3], etanolamin (HO - CH2 - CH - NH2), aminikislota serin (HO - CH2 - CH - COOH) va tarkibida 6 ta karbon | n h 2 atomini tutgan siklik spirt - inozitollar uchraydi. Boshqa tomondan fosfolipidlarni fost'atid kislotasining 62Iiosilalari deb qarash mirnkin. Chunki fosfatid kislotasi ularning, birinchidan asosiy struktura komponenti hisoblanadi va, ikkinchidan loslolipidlarning nomi “fosfatidil” so‘ziga “X” - komponentining nomini qo‘shish bilan olinadi. Jumladan, fosfatidilxolin (FX), fosfatidiletanolamin (FEA), fosfatidilserin (FS), fosfatidilinozitol (FI) va h.k. Shu bilan birga bu’/i bir fosfolpidlar - fosfatidilxolin - letsitin, fosfatidiletanolamin kefalin travial nomlari bilan ham yuritiladi. О CH II 2 - О - C - R, О CH - о - cII - r_2 0 ch II 2 - o - p- oh 1 OH Fosfatid kislota О CH II 2 - О - C - Rj О CH - o - cII - r2 о CH II 2 - О - P - о - CH2 - N+(CH3)3 I OH Fosfatidilxolin (letsitin) О О CHj-O-C-R, О CH-O-C-R. О ch2 - o - c - r, о C H -O -c - ^ о сн2-о- p-o-ch2- ch2-nh2 сн2- о- р- о- сн2-сн- соон он •osfatidiletanolamin (kefalin) ОН NH2 Fosfatidilserin 63OH Fosfatidilinozitol Fosfatidilxolinlar (letsitinlar) - triglitseridlardan farq qilib, molekulasida glitserinning uchta gidroksil guruhidan bittasi fosfor kislotasi bilan murakkab efir bog‘i bilan bogdangan, fosfor kislotasi esa o ‘z navbatida yana azot asosi - xolin [H O -C H 2- C H 2~N H + (CH3)3] bilan ham murakkab efir bog‘i bilan bogdangan. Shunday qilib, fosfatidilxolinning molekulasi - glitserin, yuqori yog‘ kislotalari, fosfor kislotasi va xolindan tashkil topgan. Fosfatidiletanolaminiar (kefalinlar) - fosfatidilxolinlardan “X” - komponenti sifatida azot asosi - etanolamin (HO-CH2-CH2-Ndd.) ni tutishi bilan farq qiladi. Hayvon va o‘simlik organizmlarida fosfatidilxolin va fosfatidiletanolaminiar uchraydi. Fosfatidilxolinlar ayniqsa tuxumning sarigdda juda ko‘p bodadi. Bu ikkala fosfalipidlar metabolik jihatdan bir-biri bilan bogdangan bodib, hujayra membranalari lipid komponentlarining asosini tashkil qiladi. Fosfatidilserinlar - molekulalarida azotli birikmalar sifatida serin aminokislotasi (HO-CH2-CH-COOH)ning qoldigdni tutadi. Fosfatidilserinlar organizmlarda fosfatidilxolin va fosfstidileta- nolaminlarga nisbatan ancha kam tarqalgan. Ulaming ahamiyati 64asosan, fosfatidiletanolaminlarning biosintezida qatnashishi bilan aniqlanadi. Fosfatidilinozitollar-ham fosfatid kislotasi hosilalari guruhiga kiradi. Ularning molekulalarida “X” - komponenti vazifasini olti karbon atomli siklik spirt - inozitol bajaradi. Fosfatidilinozitollar tabiatda yetarli darajada keng tarqalgan. I layvon, o‘siinlik va mikroorganizmlarda topilgan. Hayvon organizmida ular miya, jigar va o‘pkada boMadi. Yuqorida keltirilgan fosfolipidlar tuzilishlari bo‘yicha umumiy sxemaga ega boisada, ular bir-birlaridan faqat “X” - komponentlarining kimyoviy tabiati bo‘yichagina emas, balki yog‘ kislotalarining tarkibi bilan ham farq qilishadi. Ularning hammasi biologik membranalarning barcha xillarini ajratib bo‘lmas qismi hisoblanadi. Boshqacha aytganda, fosfolipidlar biologik membranalarning barcha xillarini negizini, ya’ni ikki qavatli fosfolipid membranasini tashkil qiladi. Sfingolipidlar - barcha sfingolipidlar o‘zlarining tarkibida uch atomli spirt - glitserinni o‘rniga uzun zanjirli to‘yinmagan aminospirt - sfingozinni tutadi. Sfingolipidlarning asosiy vakili bo‘lib sfingomielinlar xizmat qiladi: (CH, - (CH2)|2 - CH = CH - CM - CH - CH?OH I I OH n h 2 Sfingozin Sfingomielinlar - eng keng tarqalgan sfingolipidlar. Ular asosan hayvon va o‘simlik hujayralarining membranalarida boMadi. Ayniqsa, ularga nerv hujayralari boy. Sfingomielinlar - o‘zlarining molekulalarida to"yinmagan aminospirt - sfingozin, yuqori molekulali yog‘ kislotasi, fosfor kislotasi va azot asosi (ko‘pincha xolin yoki etanolamin)ni tutadi. 65Ularning umumiy struktura formulasini quyidagicha kckrsatish mumkin: O II CH3-(CH2)12-CH=CH-CH-CH-0-P - O - CH2- CH2- N+(CH3)3 II O H N H - C - R Sfingomielin Struktura tuzilishi bo‘yicha sfingomielinlar fosfolipidlarning tuzilishini eslatadi. Sfingomielin molekulasi qanday bo‘lmasada o‘zida ham musbat (xolin qoldigM), ham manfiy (fosfor kislota qoldig‘i) zaryadni tutgan polyar “boshchani” va ikkita nopolyar “dumni” (sfingozinning uzun alifatik zanjiri va yog‘ kislotasining atsil radikali) tutadi. Shu sababli ba’zi bir mualliflar sfingomielinlarni fosfolipidlar sinfiga kiritishadi (V.V.,Menshikov N.I.,Volkov 1986). 3.7. Glikolipidlar Glikolipidlarning3 tasinfchalari mavjud'.serebrozidlar, sulfatidlar va gangliozidlar. Bulaming barchasi molekulalarida uch atomli spirt -glitserinni o ‘rn ig ato ‘yinmagan a m in o sp irt-^ « g o z/« w y o k i uning hosilasi (digidrosfingozin)ni tutadi. Serebrozidlar - molekulalarida fosfor kislotasi qoldig‘ini ham, xolinni ham tutmaydi. Ularning tarkibiga sfingozinning gidroksil guruhi bilan efir bog‘i orqali bogdangan geksoza (odatda bu D-galaktoza, ayrim hollarda D-glyukoza) hamda 24 ta karbon atomini tutgan yuqori yog‘ kislotasi kiradi. Serebro-zidlarning struktura tuzilishini quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin: Sfingozin - CH2 - O - geksoza (galaktoza yoki glyukoza) 0=C - R (yog‘ kislota qoldog‘i 66Ba’zi-bir serebroidlar tarkiblarida ikkita, uchta yoki to‘rtta monosaxarid (D-glyukoza, D-galaktoza, N-atsetil-D-galaktozamin) qoldiqlarini tutadi. Serebriodlar, asosan, nerv hujayralarining membranalarida (muelin qobig‘ida) ko‘p bo‘ladi. Suiratidlar - molekulalarida geksozaning uchunchi karbon atomi bilan murakkab efir hosil qilib birikkan sulfat kislota qoldig‘i hoMishi bilan serebrozidlardan farq qiladi. Sulfatidlar sut emizuvchilar miyasining oq moddasida bo‘ladi. I ckin ularning miyadagi miqdori serebrozidlarnikiga nisbatan ancha kam. (iangliozidlar- molekulalarining struktura tuzilishlari bo‘yicha scrcbrozidlarga juda o‘xshash, lekin ular galaktozaning bitta qoldi- g 'in io T n ig a polyar "boshchasida” - D - g l y u k o z a , D -galaktoza hamda ularning hosilalari N-atsetilglyukozamin va N-atsetilneyroamin kislotalarining qoldiqlaridan tashkil topgan murakkab oligosxaridni tutadi. Gangliozidlar miyaning kulrang moddasida membran lipidlaming 6% ini tashkil qiladi va nerv va glial hujayralar sitoplazmatik membranasida mujassamlashgan. 3.8. Steroidlar Steroidlar sovunlanmaydigan lipidiar guruhiga kiradi. Ular o'zlarining kimyoviy tabiati bo‘yicha - murakkab siklik halqali siklopentanpergidrofenantrenning hosilalari hisoblanadi. Stcroidlarga, jumladan, kiradi: buyrak usti bezi qobiq qismining gormonlari - mineral- va glyukortikoidlar, ayollar va erkaklaming I insiy gormonlari - esterogenlar va androgenlar, o‘t kislotalari, yurak glikozidlari va h.k. Steroidlarni 2 ta sinfga bo‘lish mumkin: sterinlar va steridlar. Steroidlardan ko‘proq tarqalgani sterinlar (sterollar), ya’ni steroid spirtlar hisoblanadi. Odam organizmida sterinlar muhim o‘rin egallaydi. Ularning asosiy vakili bo‘lib xolesterin (xolesterol) xizmat qiladi. 67r CH, ^ C H Xolesterln - qon zardobi lipoproteinlari (xilomikronlar, kichik zichlikdagi lipoproteinlar, juda kuchik zichlikda lipoproteinlar) ning muhim komponenti, jigar va boshqa to‘qimalarda esa - o‘t kislotalari, steroid gormonlar va boshqa steroid tabiatli moddalar biosintezini dastlabki materiali bo‘lib xizmat qiladi. Odam organizmida xolesterin almashinuvining buzilishi, jumladan, uning miqdorini oshib ketishi qon tomirlarining patologik o‘zgarishlariga - a te ro s k le r o z ka salligining riv o jla n is h ig a olib keladi. 0 ‘t kislotalar oshqozon-ichak yo‘lida lipidlarni (neytral yog‘larning) hazm bo‘lishida (fermentativ parshalanishida) katta ahamiyatga ega. Steroid gormonlar - organizmda moddalar almashinuvining ko‘pchilik jarayonlarini boshqarib (regulyatsiya qilib) turadi. Asosiy tushunchalar va mavzuning atamalari Lipidlar - odatda, suvda erimaydigan moysimon yoki yog‘ga o‘xshash, kimyoviy tabiati turli-tuman moddalar boiib, ularni hujayralardan nopolyar erituvchilar - atseton, benzol, xloroform, efirlar va boshqalar bilan ekstraksiya qilib olish mumkin. Yog‘ kislotalar 4 dan to 24 gacha karbon atomlarini tutgan uzun zanjirli so'Janmagan organik kislotalar. Ularning molekulalari bitta karboksil (-COOH) guruhi va uzun nopolyar uglevodorod “dumidan” tashkil topgan. 68To\vimnagan yog‘ kislotalar - tarkibida bitta yoki bir necha qu'sh bog‘ tutgan yog‘ kislotalar. To‘yingan yog‘ kislotalar - uglevodorod zanjirida barcha kar- bon atomlari bo‘sh valentliklari vodorod atomlari bilan to‘yingan. INcytral yogMar (yoki triglitseridlar) - uch atomli spirt - glitserin va yuqori yog‘ kislotalarining murakkab efirlari. IVliimlar - yuqori moy kislotalari va 16 dan 22 gacha karbon atomlarini tutgan yuqori bir atomli yoki ikki atomli spirtlaming murakkab efirlari. kosl'atidlar- fosfor kislotasining murakkab diefirlari. h'osfolipidlar - fosfatidil kislotasining hosilasi bo‘lib. tarkibida glitserin, yuqori moy kislotalari, fosfor kislotasi va o‘zida azot tutgan birikmani tutadi. Sfingolipidlar (yoki sfingomielinlar) - molekulalari to‘yinmagan ikki atomli aminospirt - sfingozin, yuqori moy kislotasi, fosfor kislotasi va azot asosi (ko‘pincha xolin yoki etanolamin)dan tashkil topgan fosfatidlardir. Clikolipidlar - molekulalarida uch atomli spirt glitserinning o'miga to‘yinmagan aminospirt - sfingozinni tutadi, lekin fosfor kislota qoldig‘i va azot asosini tutmaydi. Serebroidlar- molekulalari to‘yinmagan aminospirt - sfingozin, gcksoza (odatda D-galaktoza, ayrim hollarda D-glyukoza) hamda 24 ta karbon atomini tutgan yuqori yog‘ kislotasidan tashkil topgan glikolipidlar. Sulfatidlar - tuzilishlari bo‘yicha xuddi serebrozidlarga o'xshagan bo‘lib, faqat geksozaning uchinchi karbon atomiga sulfat kislota qoldig'i murakkab efir bog‘i bilan bog‘langanglikolipidlardir. Gangliozidlar - molekulasining struktura tuzilishlari bo‘yicha serebrozidlarga juda o'xshash, lekin galaktozaning bitta qoldigfi- ning o‘rniga polyar “boshchasida” - D-gluikoza, D-galaktoza hamda ularning hosilalari - N-atsetilglyukozamin va N-atsetilneyroamin kislotalari qoldiqlaridan tuzilgan murakkab oligosaxaridni tutgan glikolipidlardir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Pleshkov B.P. Bioximiya selskoxozyaystvennx rasteniy. M. “Kolos” 1969 g. 2. Lebedov S.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1988 g. 3. Yakushkina N.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1980 g. 4.Mustaqimov G.D. O`simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. T. 1995 y. 4. Xo`jaev J. X O`simliklar fiziologiyasi Toshkent “Mexnat” 2004 5. Rubin B.A. Kurs fiziologii rasteniy. M. 1976 g. 6. www.ziyonet.uz Download 24.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling