Reja: Loyihalash vazifasini va korxonalarni loyihalashda ishchi chizmalarni tayyorlash tartibi


Texnologik sxema, ularni tanlash tartibi va talablari


Download 26.99 Kb.
bet7/8
Sana02.02.2023
Hajmi26.99 Kb.
#1146313
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mustaqil ish 6m21 magistr

5.Texnologik sxema, ularni tanlash tartibi va talablari
Jihozlarni tanlash va o'rnatish, texnologik jarayon parametrlari,
xomashyo, energetika resurslari va ishlab chiqarish sexlarida xizmat
qiluvchilarga bo‘lgan talabni aniqlash loyihaning texnologik qismida
hal qilinishi lozim bo'lgan va belgilangan hajmda hamda assortimentda
mahsulot ishlab chiqarishga bevosita aloqador masalalar hisoblanadi.
Loyihaning texnologik qismi hisoblash — izoh yozuvlari va
ehizmalardan iborat bo'ladi. Chizmalar hisoblash — izoh yozuvlaridagi
ma'lumotlarga asosan ishlanadi.
Hisoblash — izoh yozuvlari ketma-ket keladigan va har biri butun
bir kompleks ishlab chiqarish masalalarini qamrab olgan quyidagi
qismlardan iborat bo'lishi mumkin:
1) zavod ish tartibi;
2) zavod ish unumdordigi;
3) xomashyo materiallarga bo'lgan talab;
4) texnologik sxema;
5) asosiy texnologik va transport jihozlari;
6) bunkerlar, siloslar va omborlar sig'imi;
7) energetika resurslariga bo'lgan talab;
8) sexlarda ishlovchilar va ishlab chiqarish ishchilarining shtat
vedomosti;
9) asosiy ishlab chiqarish sexi jihozlarining ro'yxati;
10) ishlab chiqarish va tayyor mahsulot sifatini tekshirish;
11) inson faoliyati xavfsizligining holatlari;
12) ekologik masalalarni to'g'ri hal qilish.
Chizmalar tarkibi loyihani ishlash bosqichiga bog'liq. Loyiha
topshirig'idagi chizmalarda texnologik va transport jihozlarini sexlarda
prinsipial komponovkalash (joylash), shuningdek, texnologik jarayonning
barcha bosqichlarida xomashyo, yarim fabrikat va tayyor mahsulotlar
oqimini o'zaro uzviy bog'lash yo'Ilari ko'rsatiladi.
Texnik Ioyihada barcha jihozlar o'zaro bog'langan holda joylangan.
Jihozlar balandiga va planda qat’iy moslab joylashtiriladi. Ish
chizmalarini texnik loyiha jihozlarni joylashtirish detallari bilan
to'ldiradi. Ularda jihozlar poydevorlari va maydonchalari, mahkamlash
detallari, tarnovlar, bunkerlar elementlari, to'siqlar va boshqalar
ko'rsatiladi.

Download 26.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling