Reja: Loyihalash vazifasini va korxonalarni loyihalashda ishchi chizmalarni tayyorlash tartibi


Download 26.99 Kb.
bet6/8
Sana02.02.2023
Hajmi26.99 Kb.
#1146313
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mustaqil ish 6m21 magistr

Qurilish uchun maydon tanlash
TIA tuzishda loyiha topshirig‘ini tasdiqlagancha sanoat korxonasini
yoki inshootini qurish uchun mos tarmoq sanoati rivojlanishi va joylashtirish
sxemasiga va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish sxemasi bo'yicha
belgilangan iqtisodiy joy, tumanlarda va viloyatlarda maydon tanlanadi.
Taklif qilingan joylashtirish variantlari qurilish joyini tanlash uchun
tadqiq qilinadi va texnik-iqtisodiy tahlil uchun zarur ma'lumotlami
to‘playdi va ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlaydi. Qurilishga
mo'ljallangan korxonani tavsiflovchi dastlabki ma’lumotlarni joylashtirish
varianti uchun tavsiya qilishga asos bo'lib xizmat qiladi. Dastlabki
ma'lumotlar korxonani rivojlanish sxemasi va tarmoqni joylashishini
yoki TIA tuzishga texnik va iqtisodiy hisoblar natijasini kiritish uchun
malumot bemvchi manba bo‘lib, yirik ko‘rsatkichlar asosida ishlanadi.
Qurilish maydoni tanlash jarayonida barcha omillar korxonani ko‘rish
va ekspluatatsiya sharoitlarini juda yaxshi qanoatlantirish nuqtayi nazaridan
maydonni tadqiq qilish bo'yicha texnik-iqtisodiy hisoblar solishtiriladi.
Bu holda quyidagilar hisobga olinadi: maydon o ‘lchami va shakli,
korxonani kengaytirish imkoni mavjudligi; yerlar kimga mansubligi va
ulami qishloq xo‘jaligiga yaroqligi; maydonning gidrogeologik sifati
(relyef, o'rtacha qiyalik, yerosti suvlari chegarasi, suv bosishi, yerga
yo‘l qo‘yiladigan bosim); qurilishni buzish; shaxarga maydonning
yaqinligi (odamlar yashash joyiga) va ular bilan aloqa sharoitlari; sanitargigiyenik va texnik talablami qondirish; tanlangan maydonda korxonani
joylashtirilishi shaharda sanoatni rivojlanishi bilan bog'liqligi; energiyani
olish sharoiti va trassalami (elektroenergiya, issiqlik, gaz, suv ta’minoti,
radiofikatsiya va aloqani) uzunligi; oqova suvlarni tashlab yuborish
sharoitlari va xo‘jalik-axlat va yog‘in-sochin suvlari trassasining uzunligi;
avtomobil yo‘llarining korxonaga kirish yo‘laklarining mavjudligi; ayrim
hollarda sanab o ‘tilgan texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar quyidagi
ma'lumotlar bilan to‘ldirilishi mumkin; temir yo‘l stansiyasiga tutashgan
va maTum masofada boTish sharoiti; qurilish qiyinlashtiradigan
omillaming (cho'kadigan yerlar, kars hodisalari, yer osti kon ishlanishi
natijasida hosil boTadigan bo'shliqlar va boshqalar); boshqa korxonalar
bilan uyushish imkoniyatlari; yer ishlari, yo‘1 qurish, elektr ta’minot
manbalariga tutashish, tashqi kommunikatsiyalar va uyushish yoli bilan obyektlarni ko'rish, boshqa korxonalarga o‘z ulushi bilan qatnashish.
Agar qurilish qo‘shimcha maydonni o‘zlashtirishi bilan bog‘liq bo‘lsa
vazirlik yoki buyurtmachi-mahkama (boshqarma) tomonidan hay’at
tuzilib korxona, bino, inshoot (qurilish uchun maydoncha) joylashtirish
uchun joy aniqlanadi. Hay'at ishi tanlangan maydoncha yuzasidan akt
tuzish bilan tugallaydi, bu esa barcha hay’at a'zolari ishtirokida
hokimiyatda rasmiylashtiriladi. Barcha hay'at a'zolari aktga qo‘l
qo‘yadilar va uni vazirlik yoki muassasa-buyurtmachi belgilangan tartib
bilan tasdiqlaydi. Tasdiqlangan akt belgilangan qarorni kelishilganligi
• va ta'minot manbalariga, muhandislik turlari va kommunikatsiyalariga
ulanishiga sharoit yaratilganligi haqidagi hujjat bo'lib hisoblanadi.

Download 26.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling