Reja Loyihani texnik-iqtisodiy asoslash


Download 200.1 Kb.
bet1/2
Sana18.12.2022
Hajmi200.1 Kb.
#1032025
  1   2
Bog'liq
gozal mustaqil ish 2




Mustaqil ish
Mavzu: Loyihani narxini baholash

Bajardi:Rahimboyeva Go`zal


Qabul qilidi:


Reja

  1. Loyihani texnik-iqtisodiy asoslash

2. Loyihaning mazmuni va uni bajarish tartibi

1.Loyihani texnik-iqtisodiy asoslash
Loyihalash uchun topshiriq. Loyiha topshirig‘i Loyiha-mo‘ljalnoma (smeta) hujjatlarining umumiy loyihalashtirish tizimi asosida, awalo loyiha oldingi bosqichi - «Loyihalash uchun topshiriq»ni ishlab chiqish lozim.Loyihalash uchun topshiriq» - bu buyurtmachi tomonidan loyihalash korxonalariga (maxsus institut yoki byuro) beriladigan dastlabki ma'lumotlar to‘plami asosida bajariladigan hujjat. «Loyihalash uchun topshiriq»n\ bajarish davrida quyidagilar aniqlanadi: loyihalash uchun asos; qurilish tumani va joyi; korxonaning ishlab chiqarish quwati, turi, tuzilishi va ishlash tartibi; ishlab chiqariladigan mahsulotlaming turlari, assortimenti bo‘yicha aniqlangan uskunalar soni.
Ishlab chiqarish texnologiyasi va tashkil qilinish uslublari, chiqindilardan foydalanish mumkinligi; ilmiy-texnik yutuqlami ishlab chiqarish va qurilishda foydalanish, boylik manbalaridan foydalanish mumkinligi; texnologik jarayonni boshqarishda, avtomatizatsiyalashga, mexanizatsiyalashga qo‘yiladigan talablar, ilm asosida mehnatni tashkil qilish va atrof-muhitni qo‘riqlash; mo‘ljalnoma (smeta) narxi va qurilish muddati; loyihalashtiriladigan obyektning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari (solishtirma kapital sarflash, mahsulotning tannarxi, mehnat ish unumdorligi); qurilish maydonini tanlash asoslari; qurilishning kerakli materiallar bilan ta’minlanishi; qurilish usuli; quriladigan korxonani kerakli hamma boylik manbalari bilan ta’minlash tizimi.
Agar quriladigan korxona shahar yoki ko‘p aholi yashaydigan qishloqlarda joylashtiriladigan bo‘lsa, m e’yoriy hujjat Qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ) 1.03.01-96 «Korxona, bino va inshootlar qurilishi uchun loyiha-mo‘ljalnoma hujjatlarining tartibi, ishlab chiqilishi, m a’qullanishi va tasdiqlanishi tartiblariga doir yoYiqnoma» asosida «buyurtmachi» yuqorida ko‘rsatilgan dastlabki materiallarga qo‘shimcha loyihalash institutiga quyidagi hujjatlarni ham taqdim etishi:
♦ qurilish maydonini tanlash uchun tuzilgan rasmiy hujjat (akt);
♦ arxitektura-rejalashtirilishi topshirig‘i;
♦ qurilish maydonida loyihalashtirishdan oldin joylashgan obyektlar to‘g‘risida ma’lumotlar;
♦ obyekt (korxona)ni ta’minlash manbalariga, muhandis tarmoqlari va kommunikatsiyalarga ko'chish uchun kerakli texnikaviy shartsharoitlar;
♦ qurilishni tashkil qilish uchun dastlabki ma’lumotlar va tuzilgan mo'ljalnoma hujjatlari va hokazo.
Loyihani ishlab chiqish uchun oldin qurilish maydoniga tegishli ma’lumotlami yaxshilab o'rganish kerak. Qurilish maydoniga qo'yilgan talablar qoniqarli darajada bo'lishi zarur. Qo‘yilgan talablarning to‘liq bajarilishi korxonani qurish davri va ishlatish paytida korxona faoliytiga ta’siri katta. Korxonani quradigan maydonni tanlash uchun «Loyiha uchun topshiriq»da ko‘rsatilgan ma’lumotlardan boshqa quyidagi qo'shimcha ma’lumotlar ham kerak:
♦ ishlab chiqarishga sarf bo‘ladigan kerakli suv miqdori va uning sifati;
♦ iste’mol elektr quwati va ishchi kuchlanishi, kerakli issiqlik;
♦ qurilishga ajratilgan maydonning o‘lchami;
♦ asosiy bosh ishlab chiqarish binosi qurilishi maydonning yuzasi va hajmi;
♦ bir sutkadagi (kecha-kunduz) yuk tashish aylanmasi, qurilish materiallar iste’moli.
Qurilish maydonchasida quriladigan obyektlaming jips joylashishini ta’minlaydigan minimal oraliq masofasini hisobga olish, bu loyihalashda asosiy talablar jumlasiga kiradi. Shu sababli quriladigan binolaming umumiy ko'rinishini turi, kvadrat yoki to‘rtburchakli bo‘lgani ma’qul. Korxona qurilishi maydonining eng asosiy afzalligi, shu qurilish maydoni joylashgan tumanda yetarli darajada mahalliy qurilish materiallarining borligi va avtotrassa, temir yo'lining yaqinligidan iborat. Qurilish maydoni tanlangandan so'ng unda muhandis-izlanish ishlari bajariladi, maqsad korxonani loyihalashtirishda, qurish va kelajakda ishlatish davrida tug'iladigan asosiy muammolaming to‘g‘ri yechimini aniqlash.
Muhandis-izlanish ishlari quyidagilami hal qiladi:
♦ topograf-geodeziya izlanish ishlari;
♦ muhandis-geologik izlanish ishlari;
♦ gidrologik va meteorologik izlanish ishlari.
Topograf-izlanish - shu joyning umumiy ko‘rinishi va relyefi to‘g‘risida ma’lumotlami bilish uchun bajariladi. Bu ma’lumotlar bosh planni ishlab chiqishda, sirtqi kommunikatsiya, qurilmalar va binolami loyihalashtirishda katta ahamiyatga ega. Geologik-izlanish - shu joyning geologik tarkibi, yer qatlami, yer osti suvlari to‘g‘risida ma’lumotlami aniqlashdan iborat. Geologik izlanish ma’lumotlari asosida poydevorlarini, kommunikatsiyalami, suv bilan ta’minlash obyektlami loyihalash ishlari bajariladi.
Yer ostiga joylashtiriladigan inshootlar qurishda ham geologik-izlanish ma’lumotlaridan foydalaniladi. Gidrologik-izlanish ishlari ma’lumotlari korxonani texnik va ichimlik suvlari bilan ta’minlashda, qurilish maydonida mavjud bo'lgan suv hovuzlaridan, ariqlardan, kanallaridan to‘g‘ri foydalanishga yordam beradi. Qurilish maydoni joylashgan tumanning meteorologik ma’lumotlari, bosh planni loyihalashda, binolarga qurilish materiallarini tanlashda yong‘in xavfsizligini ta’minlashda, ekologik masalalami yechishda kerak. Bu izlanish ishlarini loyihalash korxonalari yoki maxsus guruh mutaxassislari bajaradilar.
Zarur bo‘lganda foydalanish uchun, muhandis-izlanish ishlari materiallari loyihalash korxonalari arxivida saqlanadi. Topshiriq tasdiqlangan «Texnik - iqtisodiy asos» (TIA) va «Loyihamo‘ljalnoma hujjatlarini baholash nizomi» (LMX) talablari asosida «Bosh loyihalovchi» bilan birgalikda «Loyiha buyurtmachisi» tomonidan loyihalash uchun «Loyiha topshirig‘i» tuzilishi kerak. Loyiha topshirig‘i deb, loyihalashning birinchi bosqichida ishlab chiqiladigan loyiha-mo‘ljalnoma hujjatlari to‘plamiga aytadi. Bu hujjatlarni tayyorlashdan asosiy maqsad loyiha qarorini qabul qilish va kelajak korxona ishlab chiqarish ishining texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini aniqlash asosida qurilishning narxini hisoblash.
Ishchi chizmalarini bajarishda, qurilishni moliyalashda texnologik, energetik, santexnik va boshqa kerakli uskunalaiga «buyurtma» berishda «Loyiha topshirig‘i» asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi. «Loyiha topshirig‘i»ni ishlab chiqish davrida kelajak, korxonaning ishlashiga tegishli hamma prinsipial savollar yechiladigan bo‘lishi kerak. Loyihalovchi jamoa tomonidan loyiha topshirig‘ini ishlab chiqish uchun ko‘proq ishlash vaqtini sarf qilishni talab etiladi. Sarilangan bu vaqtlar optimal loyiha qarorini qidirib topishga, ishlab chiqarish oraliq aloqani aniqlashga va korxonaning asosiy binolarini loyihalash uchun foydalanadilar.
Buyurtmachi bilan quruvchi korxona tomonidan «Loyiha topshirig‘i» va uning mo‘ljalnoma-moliya hisobi ekspertiza qilinadi. 0 ‘tkazilgan ekspertiza asosida loyiha topshirig'i ayrim qismlari bo'yicha ekspert xulosasi tayyorlanadi. Unda loyihalashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatiladi va ulami to‘g‘rilash uchun tavsiya qilinadi.



Download 200.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling