Mavzu : Magniyli va oltingugurtli o’g’itlar. Magniyli va oltingugurtning o’simlik hayotida tutgan o’rni
Reja: 1.Magniyli o’g’itlar haqida tushuncha. 2. Oltingugurtli o’g’itlar haqida tushuncha. 3.O’simlik hayotida magniy va oltingugurt o’rni. 4 . O’g’itlarni qo’llashdagi muammolar
1.Magniyli o’g’itlar haqida tushuncha. Magniyli oʻgʻitlar - tarkibida magniy boʻlgan oʻgʻitlar. Koʻpgina magniyli o’g’itlarda oʻsimliklar uchun zarur boʻlgan boshqa elementlar (kaliy, azot, fosfor) ham boʻladi. magniyli o’g’itlarning turlari: kaliy magniyli konsentrat — donador, qotmaydigan kukun, tarkibida (8-9% MgO va 17,7-19% K2O); dolomit uni (dolomitning maydalangan mahsuloti, 20% MgO va 28% SaO); asosan, magniy metasilikatidan tashkil topgan serpentinit (32—43% MgO); magniy sulfat yoki epsomit (kamida 13,7% MgO va’8% NaCl bor); ammoniy magniy sulfat (ammoshenit) — mayda kristall qoʻsh tuz, suvda kam eriydi. Tarkibida 10% MgO va 7% N bor; dolomit-ammiakli selitra (10% atrofida MgO, 17% N va 14% SaO); magniy oksid yoki kuydirilgan magneziya (kamida 89% MgO) kiradi. Magniyli o’gʻitlar yerga bahorgi haydash vaqtida gektariga 10–70 kg solinadi. Asosan, kartoshka, lavlagi, tamakl, dukkakli va don dukkakli ekinlar talabchan. . Ekinlarga magniy yetishmasligini ularning koʻrinishiga qarab aniqlash mumkin 2. Oltingugurtli o’g’itlar haqida tushuncha.
Oltingugurtli oʻgʻitlar - tarkibida oltingugurti boʻlgan va oʻgʻit sifatida ishlatiladigan birikmalar. Kaliy, magniy, ammoniy sulfatlari, fosfogips va boshqa, shuningdek, qis-man oltingugurti boʻlgan jinslar oltingugurtli o’g’itlarsifatida qoʻllaniladi. Oʻsimliklar uchun qoryomgʻir, goʻng va boshqa organik oʻgʻitlar oltingugurtning yaxshi manbai hisoblanadi Oltingugurtli oʻgʻitlar tarkibida oltingugurt kam boʻlgan shoʻrxok va boshqa yerlarda qoʻllaniladi; qumoq kulrang tuprokli yerlarda kuproq samara beradi. Tuproqqa yiliga yogin bilan birga gektariga 8 kg gacha oltingugurt angidridi (SO3) tu-shadi Oltingugurtli oʻgʻitlar koʻpchilik qishloq xoʻjaligi ekinlariga, ayniqsa, tanasida koʻp miqdorda oltingugurt tutadigan va uni aksariyat hollarda kamida fosforga teng miqdorda oʻzlashtiradigan butguldoshlar, dukkakdoshlar, kungaboqar va kartoshka uchun foydali Oltingugurtli oʻgʻitlar bilvosita ugʻit tarzida ham ijobiy taʼsir kursatishi mumkin: tuproqdagi ortiqcha ishqoriylikni kamaytiradi, neytrallaydi, qiyin eruvchi fosfatlarning uzlash-tirilishini oshiradi, Sa, K, Mg, Fe larning eruvchanligini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |