Reja: Mahsulotlarni ixtiyoriy va majburiy sertifikatlashtirish
Buyurtmani topshirish va ko’rib chiqish
Download 77.27 Kb.
|
17-Mavzu.Sertifikatlashtirish turlari va sxemalari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Buyurtmani topshirish va ko’rib chiqish:
O’z SMT doirasida mahsulotni sertifikatlashtirish-ni o’tkazish uchun yurtimiz yoki chet el so’rovchisi buyurtmani bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish uchun akkreditlangan tegishli SI ga yuboriladi. Buyurtma bilan birgalikda, unga ishlab chiqarilayotgan mahsulotga meyoriy hujjat nusxasi, mahsulotni markirovka qilish namunasi (mahsulot to’g’risida axborot), gigienik sertifikat ilova qilinadi. Buyurtma beruvchi tomonidan ayni bir vaqtda gigienik sertifikat va muvofiqlik sertifikati olishga buyurtma berilgan taqdirda gigienik sertifikat nusxasi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin taqdim etiladi. Chetdan olib kelinayotgan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun quyidagilar taqdim etiladi: ishlab chiqarilayotgan mahsulotga meyoriy hujjat nusxasi (u mavjud bo’lganda); mahsulotni markirovka qilish namunasi (mahsulot to’g’risida axborot); O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga etib kelganligi to’g’risida belgi qo’yilgan tovarning ilova hujjati (tovar-transport yuk xati, invoys, schyot-faktura) nusxasi. Mazkur mahsulotlarining SI bir nechta bo’lgan holda, so’rovchi buyurtmani ulardan xohlaganiga yuborishi mumkin. So’rovchida bunday idora haqida axboroti yo’q bo’lganida va u manfaatdor bo’lgan mahsulotni sertifikatlashtirish tartibi haqidagi axborotni SMI yoki uning hududiy idorasidan olishi mumkin. SI buyurtmani ko’rib chiqadi, taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi va tahlil qiladi hamda uni olgandan boshlab 2 kundan kechiktirmay so’rovchiga muayyan bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirishni belgilangan tartibiga asoslangan sertifikatlashtirishning barcha asosiy shartnomani o’z ichiga olgan, shu jumladan, o’tkaziladigan sertifikatlashtirishga muvofiq keladigan sertifikatlash-tirish sxemasi va kerak bo’ladigan MH ko’rsatilgan Qaror to’g’risida xabar beradi. Qarorda, shuningdek sinovlarni o’tkazadigan akkreditlangan sinov laboratoriyasi va sifat tizimi yoki ishlab chiqarishni sertifikatlashtirilishi kim tomonidan o’tkazilishi (agarda bu sertifikatlashtirish sxemasi bilan mo’ljallangan bo’lsa) ko’rsatiladi. Tez buziladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish buyurtmasi, kechiktirmay ko’rib chiqiladi va u bo’yicha qabul qilingan qaror, so’rovchiga, murojaat qilingan kunning o’zida xabar qilinadi. Import mahsulotlarni majburiy sertifikatlashti-rishni o’tkazish muddati, “Majburiy sertifikatlashtirish lozim bo’lgan tovarlarni (mahsulotlarni) O’zbekiston Respublikasi hududiga kiritish va uning hududidan olib chiqib ketish tartibi» to’g’risidagi qo’llanmada aniqlangan. Nazorat savollari Mahsulotlarni ixtiyoriy va majburiy sertifikatlashtirishni amalga oshirish tartibi. Sertifikatlashtirish sxemalari va ularning tafsiloti. “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonun sharhi. Qonunda qo’llanilgan asosiy tushunchalarni keltiring. Download 77.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling