Reja: Mahsulotni tekshirish va tayyorlas
Download 359.96 Kb. Pdf ko'rish
|
Lecture 21
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulotni tekshirish va tayyorlash.
- 2. Mahsulotni sifatini boshqarish.
- Mahsulotlarning sifatini boshqarish va nazoratning statistik metodlari. Ob’ektiv omillar
- 1-rasm. Mahsulotni tayyorlashning umumiy sxemasi.
- 3. Mahsulotni ishlab chiqarish.
- Direktiv ishlab chiqarish
- Muomala va sotish
- 2 - rasm. Loyihalashtirish jarayonining sxemasi.
Mavzu: Mahsulot sifatini shakllantirish bosqichlari. Reja: 1. Mahsulotni tekshirish va tayyorlash. 2. Mahsulotni sifatini boshqarish. 3. Mahsulotni ishlab chiqarish.
Mahsulot sifatining zarur darajasini ta’minlash uchun mahsulotning "hayot" tsiklini davom ettirmoq zarurdir. Hayot tsikli – bu yaratish jarayonining o’zaro bog’liqligi va mahsulotlar holatining uning ishlatilishi yoki ehtiyoj davri tugaguncha dastlabki talablarni shakllanishidan mahsulotlar xolatining asta-sekinlik bilan o’zgarib borishidir. Hayot tsiklining birinchi darajasini quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin: tekshirish va tayyorlash (ishlash); tayyorlash (yasash) va realizatsiya qilish (pullash) va muomalaga chiqarish; ekspluatatsiya qilish. (1- rasm). Hisoblab chiqilgan bosqichlarni etaplarga, jarayonlarga bo’lish mumkin. Mahsulotlar sifatini bir xilda doimiy ta’minlash hayot tsiklida yuzaga keladigan ko’p omillarga bog’liqdir. Ularni quyidagicha tasavvur qilish mumkin.
mahsulot sifatiga perspektiv talablarning shakllanishi; konstruktorlik va boshqa turdagi texnik qarorlar hujjatlarini gavdalantirish, realizatsiyaning bu talablarini ko’proq iqtisodiy yo’llar bilan ta’minlash. Berilgan bosqichda sifat omillari mahsulot sifatining shakllanishida katta ro’l o’ynaydi. Amerikalik mutaxassislarning baho berishicha, agar sifatni ta’minlashning hamma o’lchamlarini 100% deb qabul qilinsa, unda 75%i konstruktiv qarorga, loyihalash, maket va tajribali namuna asosida qayta ishlanishi, izlanishiga to’g’ri keladi; 20% - ishlab chiqarish jarayoniga; 5%i esa - mahsulotni tamomila qabul qilishga to’g’ri keladi. Ma’lumotlariga ko’ra sifat bo’yicha ushbu Yevropa tashkilotining rad qilish (qaytarish) sabablarini baholashda, 70% rad qilish loyihalash kamchiliklari tufayli; 20% - sifatsiz ishlab chiqarish va 10% - ekspluatatsiyaning buzilishini hisobga olgan holda yuzaga keladi, ya’ni "70-20-10" qoidasi mavjud.
Texnik vazifa (TV) mahsulot tayyorlash uchun boshlang’ich asosiy hujjat bo’lib hisoblanadi. Unda mahsulotga texnik – iqtisodiy talablar, qaytarish tartibi va tayyorlash natijalarini qabul qilish ko’rib o’tiladi. Texnik vazifa talablariga standartga ziddiyatda bo’lgan qo’shimchalarga yo’l qo’yilmaydi. Texnik vazifa o’z-o’zidan bo’lajak mahsulotning texnik darajasini garovga qo’yadi. Mahsulotning muhim turlarini tayyorlashda Texnik vazifa sifat Mahsulotni tayyorlash GOST 15.001 «Tayyorlash sistemasi va mahsulotlarini ishlab chiqarishga qo’yish» bilan muvofiq holda quyidagilarni ko’zda tutadi: texnik vazifalarni tayyorlash; texnik va normativ hujjatlarni tayyorlash; mahsulot namunalarini sinash va tayyorlash; tayyorlash natijalarini qabul qilish.
ko’rsatkichini, muvofiq perspektiv darajani, ya’ni sifat darajasini, dunyo bozoridagi eng yaxshi analogik sifatni aniqlashi kerak. Berilgan ma’lumotlarga ko’ra "sifat zahirasi" mahsulotni ishlab chiqarishga chiqish vaqtigacha uni muvofiq eng yaxshi yo’l bilan bir necha yil o’rin egallab turishini ta’minlash bilan, mahsulotni o’rganishga imkon beradi.
Sub’ektiv omillar Konstruktsiya ishlab chiqarish darajasi Nazorat vositasi va b. Professionallik mahorati. SHaxsiy manfaatdorlik
1-rasm. Mahsulotni tayyorlashning umumiy sxemasi. Mahsulot sifatiga bevosita ta’sir qiluvchi omillar
Rag’batlantiruvchi omillar Xom-ashyo, materiallar, mahsulot konstruktsiyasi, texnologik jarayonlar sifati Ishlab chiqarishning va ijtimoiy va
iqtisodiy muvofiqliqligi va samaradorligi. Moddiy manfaatdorlik va b. Sifatning saqlanishini ta’minlovchi O’rash, joylash, saqlash shartlari, tashish, sotish,
ekspluatatsiya qilish
Sifatga ta’sir etuvchi omillar
Texnik Vazifa bozorning bo’lajak mollari marketing metodlarini oldindan o’rgangan bo’lishi zarurdir. G’arb firmalarida ko’p hollarda marketing sarf- xarajatlari yangi mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlashga sarflangan hamma xarajatlarning ko’proq yarmini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish haqida qabul qilingan qaror va bajarilgan ishni baholashni qabul qilish komissiyasi, ya’ni buyurtmachi vakili, tayyorlovchi va ishlab chiqaruvchilardan iborat bo’lgan komissiya o’tkazadi. Komissiya rahbari qilib buyurtmachi ta’yinlanadi, u yo’q bo’lgan holda asosiy haridor bo’lishi kerak. Taqdim qilingan materiallarni ko’rib chiqish natijasida komissiya quyidagi aktni tuzadi: - ishlab chiqarilgan mahsulotga qo’yilgan talab va mahsulotni ishlab chiqarish haqidagi tavsiyaga muvofiq ko’rsatma; - mahsulotning texnik darajasini baholash natijalari; - seriya (seriyali yoki ko’plab ishlab chiqarish)li ishlab chiqarish yoki uning hajmi haqidagi tavsiya; - mahsulotlarning kam – ko’stini ishlash haqida taklif va mulohazalar (agar zarur bo’lsa); - etalon namunasini tasdiqlash. Etalon - namuna asosida ishlab chiqarilgan mahsulotni ishlab chiqarishga qo’yish, ishlab chiqarish va saqlashda tasviriy-estetik ko’rsatkichlari bo’yicha ishlab chiqaruvchida mahsulot yoki tovarlar partiyasining sifatiga da’vo va reklamatsiyalarning oldini olish maqsadida taqqoslash uchun saqlanadi. Aktning tasdiqlanishi qabul qilish komissiyasining tasdiqlagan qarorini tayyorlash tamomlanganligini, Texnik Vazifa harakati to’htatilganligini va mahsulotni ishlab chiqarishga ruxsat berilganligini bildriradi. Oluvchi korxona mahsulotlar partiyasi tarkibida etalon – namuna nusxasini kirish nazoratini amalga oshirish uchun berilishini talab qilishi mumkin. Nusxa yorlig’i tasviriy – texnik kengash yoki boshqa shaxs tomonidan etalon nusxa muvofiqligi haqida yozma holatda tasdiqlangan bo’lishi kerak. 2- rasmda loyixalash sohasidagi mutaxassislarning ishini tushunish uchun kalit vazifasini bajaruvchi, mahsulotlarni loyixalash jarayoni sxemasi misol sifatida keltirilgan.
Mahsulotlarni ishlab chiqarish uch bosqichni o’z ichiga oladi: ishlab chiqarishga qo’yish; ishlab chiqarishga yo’l berish; ishlab chiqarishdan olib tashlash. Ishlab chiqarishga qo’yish ishlab chiqarishga tayyorlash va o’zlashtirishni o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarishga tayyorlash mahsulotlarning texnologik jarayonini ta’minlash va tayyorlash xarakatlarini ko’zda tutadi. Ishlab chiqarishni o’zlashtirishda qayta ishlash va tayyorlangan texnologik jarayonni tekshirish, shu kabi muhim ahamiyatga ega bo’lgan ko’rsatkichlarni o’rganish amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishni seriyali (ko’plab) ishlab chiqarishga tayyorligini tasdiqlash uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi direktiv seriya (birinchi sanoat partiyasi) namunasining kvalifikatsion sinovini o’tkazadi. Sinov mahsulotning asosiy parametridan chetga chiqish, ishlab chiqarishning texnologiya bilan bog’liqligi, ruhsat etilgan doiraga kirmaydigan mahsulotning kamchiligini esa qabul qilish komissiyasi ochiq ko’rsatib, bartaraf qilinishini tasdiqlashi kerak. Kvalifikatsion sinov ijobiy natija bersa ishlab chiqarishni o’zlashtirish yakunlangan hisoblanadi, ishlab chiqarilgan mahsulot esa
xaridorga (buyurtmachiga) berilishi mumkin. Direktiv ishlab chiqarish – mahsulotlarni to’liq ishlab chiqilgan konstruktorlik va texnologik hujjatlar asosida ishlab chiqarishdir. Mahsulotlarni ishlab chiqarishdan olib tashlash – mahsulotlarning sanoat ishlab chiqarilishini to’htatish tadbirlari majmuidir. Mahsulotlarni ishlab chiqarishni to’xtatish quyidagi xollarda amalga oshiriladi: zamonaviy talablarga mos kelmasa; yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lgan yangi mahsulotlarning yaratilishida; ekspluatatsiya yoki ehtiyoj xususiyatlari kamayganda, odamlar sog’lig’iga va atrof muhit xolatiga yomon ta’sir qiladi deb aytilganda.
yuklatilgandan to iste’molchi olguniga qadar bo’lgan hayot tsiklining bir qismidir. Muomala bosqichida tayyor mahsulotning reja topshiriqlarida, normativ hujjatlarda, ortish, tashish, saqlash va sotishga tayyorlashda o’rnatilgan sifati va hajmining maksimal darajada saqlanishi ta’minlanishi lozim.
tiklanishiga va saqlanib turishiga yordam beruvchi mahsulot hayot tsiklining bosqichidir. Umumiy holda mahsulotni ekspluatatsiya qilish uni ehtiyojga qarab ishlatishni, ortish, tashish saqlash, texnikaviy xizmat ko’rsatish va ta’mirlashni o’z ichiga oladi. Bu bosqichda sifatni boshqarish asosan iste’molchi tomonidan amalga oshiriladi. Ekspluatatsiya qilish qoidalari ekspluatatsiya qilish bo’yicha ko’rsatmalarda, instruktsiyalarda va mahsulotga qarash bo’yicha eslatmalarda keltirilgan bo’ladi. Ushbu hujjatlarning sifatiga mahsulotdan qanchalik oqilona foydalanish bog’liq bo’ladi.
Mol o’tkazish (sotish) ehtiyoji Ixtiro
qilish Bozorlarni tekshirish Direktorlarni baholash Texnik
ma’lumotlar Mahsulotni aniqlash
Texnik vazifa Funktsional talab (ehtiyoj) Ichki ta’sir Tashqi ta’sir Loyihalash sohasi YOrdam beruvchi omillar Mumkin bo’lgan qiyinchiliklar Tarkibiy (yaqin) xisob-kitoblar
Mahsulotning modeli va eskizi Sxemalar, chizmalar umumiy kurinishi Bazis tekshirishlarning boshlanishi Konstruktsiya modellari Detallar va uzellarga texnik vazifa Konstruktsiya hisobi matematik xisob statistik loyihalashtirish takribiy hisob-kitoblar tajriba o’tkazish oldingi tajriba bazis tekshirish natijalari EVM natijalarini optimallashtirish Konstruktiv kelishuvlar yakuniy natijaga qanday ta’sir ko’rsatadi? Detallashtirish
Narxning qanchalik to’g’riligi YUtuqlarni baholash uchun pauza
Ehtiyoj yo’qol madimi
Boshqa yo’l bilan ko’proq foyda qo’lga kiritish mumkinligi
Mahsulot eµtiyojga muvofiqmi Bosh namunani tayyorlash va sinash
qanchalik o’zgaradi Mahsulot
2 - rasm. Loyihalashtirish jarayonining sxemasi. SHuni aytib o’tish kerakki, tovarlarni instruktsiyaga amal qilgan holda ishlatish, ulardan foydalanish muddatini uzaytirishi mumkin. YAroqlilik muddatining uzayishi esa qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarilishiga teng kuchlidir. SHunday qilib, mahsulotni oqilona ekspluatatsiya qilish moddiy va mehnat resurslarini iqtisod qilish imkonini beradi. Download 359.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling