Reja: Maktab dunyo imoratlarining eng muqaddas va qadrlisidir


Download 51.44 Kb.
bet1/2
Sana21.06.2023
Hajmi51.44 Kb.
#1640644
  1   2
Bog'liq
DARSLIKLAR VA O\'QUV QO\'LLANMALAR BO’YICHA FAN BOBLARI VAMAVZULARINI ORGANISH


DARSLIKLAR VA O'QUV QO'LLANMALAR BO’YICHA FAN BOBLARI VAMAVZULARINI ORGANISH

Reja:
1. Maktab dunyo imoratlarining eng muqaddas va qadrlisidir.
2. Boshlang'ich ta'lim davlat standarti 'oquv predmetlari bo'yicha emas, balki ta'lim sohalari bo'yicha belgilanadi.
3. Ma'lumni no'malumdan, muhimni nomuhimdan ajratish, masalada berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi boglanishni ochish - bu eng muhim masalalardan biri
4. Xulosa.



KIRISH
"Biz o'z iste'dodli, fidoiy bolalarimiz, farzandlarimizga bilim va kasb cho'qqilarinizabt etishiuchun qanotberishimizkerak" "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov"
Bu fikrlarni amalga oshirish uchun esa biz, boshlang'ich sinf o'qituvchilari zimmasiga nihoyatda og'ir va murakkab vazifalar yuklangan desam mubolag'a bo'lmaydi. Endigina o'sib kelayotgan yosh avlodni qay darajada tarbiyalash bizning qo'Iimizda. Yosh avlodni qay darajada tarbiyalasak ular bizning kelajagimizni yaratib beruvchi yoshlar hisoblanadi. Bu o'rinda Ya.Raynisning quyidagi fikr mulohazalari yordamga keladi.
"Awaliga biz bolalarimizga o'rgatamiz, so'ngra o'zimiz ulardan o'rganamiz.
Kimki buni xohlamas ekan, o'z davridan orqaga qoladi"
Bundan ko'rinib turibdiki, o'quvchilarga har tomonlama bilim berishni o'z oldimizga maqsad qilmog'imiz darkor. Ayniqsa hozirgi kunda boshlang'ich sinf o'qituvchilari bolalarga matematika o'qitish metodikasi fanini, yaxshi bilmasdan dars jarayonini tashkil qilib bo'lmaydi.
Biz bilamizki dunyo bo'ylab hozirgi kunda jahon mohyaviy inqirozi bo'lib o'tmoqda. Bunday vaziyatlarda o'quvchilarga pul va puldan qanday foydalanish, qolaversa kundalik hayotimizda juda ko'p ishlatiladigan miqdor o'lchovlari haqida kengroq tushunchalar berilishi lozim. Chunki yoshlarga berilayotgan ilm haqida quyidagi maqolda ham yosh o'z aksini topgan. Yoshlikda olinga ilm, toshga o'yilgan naqsh misolidir. Chindan ham yosh avlodga ezgulik haqidagi fikrlarni aytsangiz unda ezgulikka intilish kuchayadi.
Buning teskarisi bo'lsa, undan yomon axloqsiz insonlar sonini ko'paytirgan bo'ladi. Shu o'rinda ular o'sib tarbiyalanayotgan maktabning o'rni ham benihoyatda katta. Bu haqida quyidagilarga suyanamiz. "Maktab voyaga yetayotgan avlod tafakkurini shakllantirish ustaxonasidir, agar kelajakni qo'ldan chiqarishni istamasang, maktabni qo'lda mustahkam tumiog'ing lozim. (A.Barbyus)
Maktab dunyo imoratlarining eng muqaddas va qadrlisidir. Maktabning chin va haqiqiy ma'nosini bilgan millatlar jonlari, mollari ila himmat va g’ayratlarim sarf etib, millatning taraqqiyoti rivojiga hissa qo'shurlar. (Maxmudxo’ja Behbudiy).
Bundan ko'rinadiki ikki muhitda yashagan ikki insonlar ham bir yo'nalish maktabning inson qolaversa millat xalq oldidagi vazifasi qanchalik ekanligini o'z fikr mulohazalarida bayon etgan.
Shu o'rinda O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan ta'lim sohasiga katta e'tibor berila boshladi. Bunga "Ta'lim to’g'risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash millliy dasturi"ni ko'rsatishimiz mumkin. Bu islohotlarning boshida yurtboshimiz I.Karimovning o'zlari tashabbus ko'rsatib shunday dedilar, Ta'lim va uni isloh etishga sarflangan mablag' zil ketmaydi, aksincha, jamiyatimizni muvaffaqiyatli va izchil isloh etish uchun qudratli ta'sirchan omil bo'ladi, pirovardida "portlash effekti"ni beradi deganlarida torn ma'noda ma'no bor edi. Bunga misol qilib matematika yonalishi bo'yicha qo'lga kiritayotgan yoshlarimizning yutuqlarini ko'rsatishimiz mumkin. Jahon shaxmat qiroli hisoblanmish Rustam Qosimjonov 2008-yil 14-iyuldagi g'alabasining zaminida ham matematika fani yotadi. Bundan tashqari matematika olimpiyadalaridan olib kelingan metodlar ham bunda yorqin misol boTadi. Shunday ekan ushbu asosda boshlang'ich sinflarda o'quvchilaraing umummadaniy va axloqiy ko'nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantirilishi lozim.
Boshlang'ich ta'lim jarayoni bolalarning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o'z-o'zini anglash salohiyatini shakllantirishga jismonan soglom bo’lishga, moddiy borliq go'zalliklarini his eta olishga, go'zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o'ziga singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o'rgatadi.
Boshlang'ich ta'lim bosqichi oldiga qo'yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qiiish orqali amalga oshiriladi. Ta'lim standarti asosida boshlang'ich sinf o'quvchilardan standartda belgilab qo'yilgan ko'rsatkichlarga erishishni taiab qiladi va navbatida, bu ko'rsatkichlarga erishish uchun zarar bo'lgan ta'limiy xizmatlar va vositalar bilan ta'minlaydi.
Boshlang'ich ta'lim davlat standarti 'oquv predmetlari bo'yicha emas, balki ta'lim sohalari bo'yicha belgilanadi. Ta'lim sohalari bo'yicha standart ko'rsatkichlari 7 (6)11 yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasi. Ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy talab taqozo qilgan, ta'lim mazmunining miqdoriga asoslanib aniqlanadi. Boshlang'ich ta'lim davlat ta'lim standartining qo'llanishi shu bosqichida ta'lim mazmunini kolamini chegaralash, ta'lim sohalarini integratsiyalash imkonini beradi Davlat ta'lim standartini qo'llash boshlang'ich ta'lim mazmunini konsipmal asosga tayangan holda modernizatsiyalashni ko'zda tutadi.




 
Har darsda o‘quvchilarini kitob o‘qishga undab, ularni mutolaaga jalb etayotgan o‘qituvchi uchun Ruhshonaning tanlovda qatnashishi chindan hayajonli voqeadir. Shu sabab Nozima Ismoilova adabiyot darsini boshlar ekan, o‘quvchisiga ich-ichidan omad tiladi... 
– O‘quvchilarning ma’naviy komillikka erishishida adabiyot fani alohida o‘rin egallaydi, – deydi u. – Chunki adabiyotga qiziqqan bolaning qalbi ezgulikka to‘lib ulg‘ayadi. Yigirma yildan ortiq pedagoglik faoliyatim va maktabda metod birlashmaning raisi sifatida aytishim mumkinki, har bir o‘qituvchi avval o‘quvchilarning psixologiyasini yaxshi bilishi, kezi kelsa, ular bilan birma-bir suhbatlashishi zarur. Bunday suhbat ustoz uchun mashg‘ulotlarni qiziqarli tashkil etishda foyda beradi. Bunga qo‘shimcha ularni fan to‘garaklariga jalb etilsa, nur ustiga nur. 

Shunday talab va ehtiyojdan kelib chiqib, mazkur o‘quv dargohida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va malakali pedagoglar bilan ta’minlashga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Maktab binosida yaratilgan shart-sharoitlar, yuzga yaqin sinf, ikkita sport zal, 400 o‘rinli oshxona va ikkita tibbiy yordam xonasining mavjudligi navqiron avlodning mustahkam bilim olishida katta imkoniyatdir. 
Bundan tashqari, maktabda joylashgan Mirobod tumani axborot-resurs markazi 16 mingdan oshiq kitob, 200 dan ortiq elektron adabiyot fondiga ega. Shu bois, ushbu ziyo maskani hamisha o‘quvchilar bilan gavjum. Unda tashkil etilayotgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar o‘quvchilarning har tomonlama yetuk, bilimdon va zukko bo‘lishida hamda ular qalbida ona zaminga mehr-muhabbat o‘yg‘otish, vatanparvarlik g‘oyalarini singdirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. 
– Maktabda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi va 2017-yil 6-apreldagi "Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarorlari ijrosiga alohida ahamiyat qaratilmoqda, – deydi umumta’lim maktabi direktori Umida Rashidova. – Bunday tizimli tadbirlar asosida maktabimiz ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga aylantirildi. Ixtisoslashtirilgan sinflarda o‘quvchilar matematika, fizika, informatika va chet tillari chuqur o‘qitilmoqda. 
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yurtimizda ma'naviyatni yuksaltirishga juda katta e'tibor bеrilishi bеjiz emas, iqtisodiyotni rivojlantirish, mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatni jarayon siyosati saqnasiga olib chiqish kabi vazifalarni ma'naviyatni yuksaltirmay turib amalga oshirib bo’lmaydi. Ma'naviyatni yuksaltirish sohada muayyan muvafaqqiyatlarga eishilgach, jumladan, milliy tariximizni, xalqimizning g’ururi bo’lgan o’nlab va yuzlab allomalar xotirasini qayta tiklash, milliy an'ana va marosimlarni el-yurtimizga qaytarish kabi xayrli ishlar amalga oshirilgach, milliy mafkura va milliy istiqlol g’oyasi va mafkura masalalarini kun tartibiga qo’yish uchun ma'naviy asos yaratildi. Ana shu ma'naviy asos mamlakat taraqqiyotini ta'minlovchi yosh avlodni ma'naviy kamol toptirish, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalash jarayonida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Bugungi kunda yangi jamiyat bunyodkori bo’lmish komil insonni tarbiyalash jarayonida umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslanamiz.
Prеzidеntimiz Islom Karimovning ta'lim-tarbiya tizimidagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish va bu sohani tubdan isloh etish bo’yicha muhim dusturiy hujjatlar qabul qilish lozimligini kun tartibiga qo’ydi.
Mavjud ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko’tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kеlajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida ushbu farmon bilan “Ta'lim-to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi etib bеlgilandi.
“Ta'lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan so’ng rеspublikamiz butun ta'lim tizimi, jumladan, oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash yo’nalishini ham tubdan isloh qilishning aniq stratеgik dasturiga ega bo’ldi.
“Ta'lim to’g’risida”gi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining mohiyati barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan bo’lib, unda quyidagi vazifalar bеlgilab qo’yilgan. Xususan, yoshlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiya asosida yеtuk qilib tarbiyalash, talabalarning ma'naviyatini milliy istiqlol g’oyasi asosida tarbiyalash va shakllantirishda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan kеng va samarali foydalanish, yoshlarda Vatanga va xalqqa muhabbat, yurt farovonligi uchun kurashish, insonparvarlik, o’zlikni anglash, milliy qurur, milliy iftixor, o’zga millat kishilari va ularning sadriyatlarini xurmat qilish kabi fazilatlarni tarbiyalash, yoshlarda vijdon erkinligi, ta'lim-tarbiya masalalari ustuvor vazifa sifatida amalga oshirilmoqda.
Yurtboshimiz “Yuqori malakali, zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan, hozirgi kun talablari asosida fikrlay oladigan еtuk kadrlarni tayyorlash ham ijtimoiy-siyosiy, ham iqtisodiy muammolarimizni hal etishning kaliti hisoblanadi”dеgan edi.
Jamiyatda layoqatli, ishbilarmon, yеtuk kadrlarga hamisha zarurat tug’iladi. Insoniyat rivojining tarixi uning talablarini qondirish va mavjud muammolarni hal etishga qodir munosib kadrlarga ehtiyoj sеzib kеlganidan guvohlik bеradi. Bu jamiyatning hozirgi taraqqiyot bosqichida ham dolzarb masalalardan biri bo’lib kеlmoqda. Buning uchun esa kadrlar siyosati nеgizida ma'naviyat va ma'rifat, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borish talab etiladi. Komil inson dеganda biz, avvalo ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan, bilimli, ma'rifatli kishilarni tushunamiz.
Inson yaralibdiki, hamisha erkin, ozod hayot kechirishni, yaratish, ijod qilishni risoladagidek hayot tarzi sifatida qadrlab kelgan. Unga daxl qilinganda, hamisha qarshi kurashib, erkka erishmoqni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo’ygan. Zero har bir inson qachonki, erki o’z qo’lida bo’lsagina, o’z qadrini o’zi belgilashga avlodlari uchun munosib kelajak barpo etishga imkoniyat topa oladi. Aks holda, ushbu maqsadlar bo’lmasa kyechilgan hayot oxir- oqibatda sarob singari izsiz yo’qolib ketaveradi. 1991- yil 31- avgustda jonajon O’zbekistonda Mustaqillik e’lon qilinib, u qonun bilan mustahkamlanib qo’yilgan onlarda har bir vatandoshimiz ongidan joy olgan ozodlik, istiqlol, hurlik kabi tushunchalar yildan-yilga teranlashib, o’z maqsaddaligini to’la ma’noda namoyon etib bormoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda “Mustaqil O’zbekiston kuniyoq oyoqqa turishga, o’zi yurishga majbur edi”. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda eng muhim hisoblangan tizim xalq ta’limi sohasiga e’tibor qaratishi unda faoliyat ko’rsataoyotgan o’qituvchilarga g’amxo’rlik qilish birinchi galdagi yumush sifatida amalda bajarila boshladi. Zero, yangilanayotgan jamiyatga hur fikrli, erkin fikrli zamonaviy qarashlarga ega bo’lgan vatanparvar yoshlar suv va havodek zarur edi. Chunki ularning hali zaharlanib ulgirmagan onglarini o’zlari tug’ilib o’sayotgan yurtga uning o’tmishi-yu, kelajagiga hurmatli hamda xayrixoh qilib shakllantirish bir tomondan oson bo’lsa, ikkinchi tomondan hiyla eski tushunchalar hamda yot maqsadlarga yo’naltirilgan davr mazmuni bilan bunga erishish amri mahol edi. Ushbu omillar ta’lim tizimida to’laqonli islohotlar olib borishni taqozo etdi. Istiqlolning birinchi o’quv yili 1991-1992-yillar aynan ushbu jihatlar bilan, qolaversa, boshlangan ulkan ishlarning barchasi sifatida o’ziga xos ahamiyatga ega bo’lib qoldi.
Yoshlarni ajdodlarimiz ma’naviy merosi, xalqimizning tarbiyashunoslikdagi an’ana va urf –odatlar asosida, yurt uchun fidoyi farzandlar qilib tarbiyalash, zamonaviy kadrlar yaratish zarur .
O’zbekiston chuqur isloxotlar davrida yashar ekan, o’z istiqbolini erishib kelayotgan yosh avlod timsolida ko’radi. Dunyo hamjamiyatida munosib o’rin egallash uchun mamlakatda nafaqat iqtisodiy rivojlanish, balki ma’naviy –ma’rifiy yuksalish ham extiyojga aylandi . Xususan, yoshlar taqdiri butun xalqning o’y-hayollarini band etdi. 1997-yil 29-avgustda Oliy Majlis tamonidan qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ”ning hayotga tadbiq etila boshlaganidan buyon o’tgan yillar davomida yoshlarning ongidan joy ola boshlagan bilim olishga , hayotda o’z o’rnini topishga bo’lgan ishtiyoq, intilishning ortganligi, o’qituvchilarda ta’lim berishga fidoiylarcha munosabatini yo’lga qo’ya boshlashi, umuman olganda jamoatchilikda ta’lim –tarbiya sohasiga belgilovchi omil sifatida qarashning vujudga kelganligi eng katta yutuqlarimiz hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi o’ziga xos ta’lim tizimi, milliy mafkurasi, umumbashariy tamoyillari, xalqimizning urf-odatlari, ma’naviy qadriyatlari hamda mustaqillik davrida vujudga kelgan va shakllangan ijtimoiy –iqtisodiy o’zgarishlar bu boradagi xalqaro tajribalar inobatga olinib yaratilgan umumiy o’rta ta’lim DTS va o’quv dasturlari kelajak avlodlarni kamol topishiga xizmat qiladi.
Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti zamonaviy iqtisod, fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimiga amal qilish bo’lib hisoblanadi .
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ni amalga oshirishda uzluksiz ta’lim tizimining tuzilmasi va mazmunining tub islohotlari ko’zda tutiladi .
Mavjud ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va kadrlar tayyorlash milliy dasturini zamonaviy ilmiy tafakkur yutuqlariga, ijtimoiy tajribaga tayangan holda, uzluksiz ta’lim tizimini barcha shakldagi ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini ta’minlovchi ilg`or ilmiy –metodik texnologiya sifatida amalga oshirishdir.
Mamlakatimizda boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish umuman maktab matematika kursini o’zlashtirishning dastlabki bosqichi sifatida qaraladi .
Shu sababli boshlang’ich sinflarda ishlashda o’rta maktabda matematika o’qitishda ko’zda tutiladigan umumiy masalalarni hisobga olish va bu masalalarni hal etishda boshlang’ich ta’limning ahamiyatini to’g’ri baholash kerak.
Maktabning boshlang’ich sinflarida bolalar matematika sohasida dasturda nazarda tutilgan bilimlar, o’quvlar va ko’niqmalarining ma’lum xajmini ongli ravishda va mustaham egallab olishlari haqida gap borganda yuqorida aytib o’tilgan mulohazalarini hisobga olish kerak.
O’quvchilarga egallangan bilim, o’quv va malakalarini turli xil sharoitlarda qo’llanishga o’rgatish o’qitishning maxsus masalasi sifatida qarash kerak. Shu bilan birga bilimlarning qo’llanishi ham bolalarning o’quv ishlari samaradorligini oshirishning muhim vositalaridan biridir.  Bilim, o’quv va malakalarining to’la qiymatli o’zlashtirilishiga ularning o’zgaruvchi sharoitlarda mustaqil qo’llanishi natijasida erishish mumkinligini psixologlar isbotlashdi. Bolalarning maktabda boshlang’ich sinflardan keyingi sinfga o’tishida albatta vujudga keladigan ko’p darajada aynan shu asosida bartaraf etilishi mumkin. Bu sohada o’qituvchidan ko’p narsa talab qilinadi. Bunda bolalarda uzviy ravishda mustaqillikni o’stirish o’qitish jarayonida ularning mustaqil ishlariga bo’lgan talabni asta-sekin ortira borish zarur.
Kichik yoshdagi maktab o’quvchilari uchun masalalar yechish matematika o'qitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan matematikani o'zlashtirishni tasavvur ham qilib bo'lmaydi.
Matematikani masalar yechilishi nazariyani amaliyotga tadbiq qilishning mutlaqo tabiiy yo'lidir.
Masalalar yechishning boshlang`ich sinflarda o'rganiladigan u yoki bu nazariy materiallarni o'zlashtirish jarayonidagi muhim rolini ta'kidlab, dasturda shunday deyiladi. Natural sonlar arifmetikasi va nolni o'rganish maqsadga muvofiq masalar va amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi. Bu degan so'z har bir yangi tushunchani tarkib toptirish har doim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan, uning qo'llanilishi talab qilinadigan masalani yechish bilan boglanadi.
.

XULOSA
Mavjud ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko’tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kеlajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida ushbu farmon bilan “Ta'lim-to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbi? etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi etib bеlgilandi.
“Ta'lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan so’ng rеspublikamiz butun ta'lim tizimi, jumladan, oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash yo’nalishini ham tubdan isloh qilishning aniq stratеgik dasturiga ega bo’ldi.
“Ta'lim to’g’risida”gi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining mohiyati barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan bo’lib, unda quyidagi vazifalar bеlgilab qo’yilgan. Xususan, yoshlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiya asosida yеtuk qilib tarbiyalash, talabalarning ma'naviyatini milliy istiqlol g’oyasi asosida tarbiyalash va shakllantirishda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan kеng va samarali foydalanish, yoshlarda Vatanga va xalqqa muhabbat, yurt farovonligi uchun kurashish, insonparvarlik, o’zlikni anglash, milliy qurur, milliy iftihor, o’zga millat kishilari va ularning sadriyatlarini xurmat qilish kabi fazilatlarni tarbiyalash, yoshlarda vijdon erkinligi, ta'lim-tarbiya masalalari ustuvor vazifa sifatida amalga oshirilmoqda.
Yurtboshimiz “Yuqori malakali, zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan, hozirgi kun talablari asosida fikrlay oladigan еtuk kadrlarni tayyorlash ham ijtimoiy-siyosiy, ham iqtisodiy muammolarimizni hal etishning kaliti hisoblanadi” dеgan edi.
Bugungi kunda boshlang’ich sinf o’qutuvchilaridan o’quvchilariga ta’lim berish jarayonida juda katta mahorat, mas’uliyat, izlanish talab qilinmoqda. Bunday izlanishlarni amaliyotga tadbiq qilish jarayonida o’qituvchilar nafaqat o’zlari faoliyat yuritmoqdalar, balki o’quvchilarning ham bunga jalb qilmoqdalar. Boshlang’ich sinf matematika darslarida «Muammoli vaziyatlar» yaratish, muammoli masalalar yechish o’quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlanishini, ongini o’sishini ta’minlaydi.

Download 51.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling