Reja Maktabda "Tarbiya"


Tarbiya fanidan qaysi fan o‘qituvchilari dars o‘tishi mumkinligi ham belgilab


Download 101.5 Kb.
bet3/6
Sana13.11.2023
Hajmi101.5 Kb.
#1771354
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Milliy tarbiya konsepsiyasi

Tarbiya fanidan qaysi fan o‘qituvchilari dars o‘tishi mumkinligi ham belgilab olindi.
Tarbiya fanini boshlang‘ich ta’lim, milliy g‘oya va huquq, tarix hamda dinshunoslik mutaxassisligiga ega fan o‘qituvchilari o‘qitishi mumkin. AOKAda o‘tkazilgan onlayn brifingda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova o‘quv dasturiga kiritilayotgan yangi tarbiya fanidan qaysi fan o‘qituvchilari dars berishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi. Vazirlik rasmiysining qayd etishicha, tarbiya fanini boshlang‘ich ta’lim, milliy g‘oya va huquq, tarix, dinshunoslik mutaxassisligiga ega fan o‘qituvchilari o‘qitishi mumkinligi aytib o‘tilgan. «Bugungi kunda ushbu fan o‘qituvchilarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash bo‘yicha onlayn kurslar tashkil etilmoqda»
Shuningdek, axborot xizmati rahbari ayni paytda maktablarda yangi o‘quv
yiliga tayyorgarlik olib borilayotgani, 1-sinfga qabul ishlari amalga oshirilayotgani
haqida to‘xtalib o‘tilgan. «Shuning uchun bu vaziyatda mehnat ta’tili tugagan o‘qituvchilar ish beruvchi bilan kelishuvga erisha olsa, masofadan turib, agar maktabga borib ishlashlariga to‘g‘ri kelsa, unda karantin qoidalariga amal qilgan holda ish joyida faoliyatini davom ettirishi mumkin»ligi aytilgan.
Tarbiyaviy ishlarning maqsadi, vazifalari va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda sinf rahbarining o‘rni
Ma’nan yetuk, o‘z nuqtai-nazariga ega, milliy, umumbashariy qadriyatlarga sadoqatli, zamonaviy avlodni tarbiyalash.
Milliy tarbiya mazmunini eng yaxshi o‘zbek oilalarida amal qilingan va amal
qilinib kelinayotgan tarbiya mazmuni va mustaqillik sharoitida davlat, jamiyat maktab tarbiyasiga qo‘ygan talablardan mujassamlangan fazilatlar hosil qilish bilan ham belgilanadi. Muayyan fazilatlarning izchil, turli vaziyatlarda, turli vositalar yordamida singdirilib, tuzatilib, takomillashtirilib borilishi pirovard natijada davlat va jamiyat, oila, mahalla, maktab uchun namunaviy o‘quvchi, o‘g‘il-qiz axloqini hosil qilish muhim vazifalardan hisoblanadi. Ana shu nuqtai-nazardan kelib chiqqan holda milliy davlatchiligimiz, xalqimiz tarixi, hoziri, istiqloli va istiqboli talablarini umumlashtirgan holda hozir o‘quvchilarimizda shakllantirilishi dolzarb ahamiyat kasb etayotgan fazilatlar tasnifini tuzish muhim vazifalardan biridir. Barcha insoniy fazilatlar kabi mazkur fazilatlar ham ratsional, emotsional va faoliyatga asoslangan tarkibiy qismlar uyg‘unligiga tayanishi kerak. Shu tufayli oila, maktab, mahalla, maktabdan tashqari muassasalarning izchil, amaliy hamkorligi bu fazilatlarni maxsus shakllantirishning barqaror surat va sifatini ta’minlanishiga erishish muhim ahamiyatga egadir.

Download 101.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling