Reja Maktabda "Tarbiya"


Qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan quyidagi ishlarni amalga oshirish belgilandi


Download 101.5 Kb.
bet2/6
Sana13.11.2023
Hajmi101.5 Kb.
#1771354
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Milliy tarbiya konsepsiyasi

Qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan quyidagi ishlarni amalga oshirish belgilandi:

  • «Tarbiya» fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

  • 2020 yil 10 iyulga qadar 2020/2021 o‘quv yiliga umumiy o‘rta ta’lim

muassasalarining 1 — 9-sinflari uchun hamda 1 dekabrga qadar 2021/2022 o‘quv yiliga 10 — 11-sinflar uchun mo‘ljallangan «Tarbiya» fani bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik majmualarga buyurtmalarni shakllantirish;

  • 2020 yil 15 iyulga qadar 1 — 9-sinflar hamda 2021 yil 1 mayga qadar 10 — 11-sinflar uchun mo‘ljallangan «Tarbiya» fani bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik

majmualarni chop etish bo‘yicha istisno tariqasida deklaratsiya qilingan narxlar asosida davlat va xususiy nashriyot-matbaa tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish;

  • «Tarbiya» fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yangi

o‘quv yili boshlangunga qadar chop etishni tashkil etish va ularning joylarga yetkazilishini ta’minlash;

  • 2020 yil iyulь oyidan boshlab yangi o‘quv yili boshlangunga qadar

«Tarbiya» fani bo‘yicha tayyorlangan o‘quv dasturlari va darsliklar asosida umumta’lim maktablaridagi «Boshlang‘ich ta’lim», «Milliy g‘oya va huquq»,
«Tarix» va «Dinshunoslik» mutaxassisligiga ega fan o‘qituvchilari uchun xalq
ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida «Tarbiya» fanidan onlayn shaklda maqsadli malaka oshirish kurslarini tashkil etish;

  • Malaka oshirish kurslari davomida «Tarbiya» fanidan tayyorlangan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni tajriba-sinovdan o‘tkazish;

  • «Tarbiya» fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashrga tayyorlash va chop etish (darsliklarni nashrga tayyorlash, chop etish va yetkazib berish, tuzuvchilarga haq to‘lash) bilan bog‘liq xarajatlar darslik va o‘quv-metodik majmualarning umumiy narxiga kiritilishi belgilandi.

Shuningdek, «Tarbiya» fanidan darsliklar va o‘quv majmualarini xarid qilish va yetkazib berish xarajatlari quyidagicha amalga oshirilishi belgilandi:

  • umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinf, Mehribonlik uylari, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan

maktablar va maktab-internatlari o‘quvchilarini, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar farzandlarini hamda o‘qituvchilar uchun «Tarbiya» fanidan darsliklar, mulьtimedia
ilovalari va o‘quv-metodik majmualar nashr etilishi, shuningdek, ijara asosida
darsliklar bilan birlamchi ta’minlash — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan;

  • o‘quvchilarni ijara asosida darsliklar bilan ta’minlash — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadigan bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilandi:

  • 2020 — 2023 yillarda respublika oliy ta’lim muassasalarining «Boshlang‘ich ta’lim», «Tarix» (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha), «Tarix o‘qitish metodikasi»,

«Filologiya va tillarni o‘qitish: O‘zbek tili», «O‘zbek tili va adabiyoti», «Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi», «Pedagogika va psixologiya»,
«Dinshunoslik» va Islomshunoslik (Islom tarixi va manbashunosligi)»,
«Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi)» ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilariga
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «Tarbiya» fanini o‘qitish huquqi berilishi yuzasidan zarur choralarni ko‘rsin va mazkur ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab tegishli o‘zgartirishlar kiritish;

  • iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «Tarbiya» fanini o‘qitish uchun kadrlar tayyorlanadigan yangi ta’lim yo‘nalishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflarni kirish topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirishi belgilandi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fani 1-9-sinflarda haftasiga 1 soatdan, o‘quv yili davomida esa 34 soat o‘qitiladi. Shuningdek, o‘qituvchilar uchun “Tarbiya” fani bo‘yicha darslarni tashkil qilish yuzasidan zamonaviy yondashuvlar o‘rin olgan uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi. “Tarbiya” fanini o‘qitish texnologiyasi” nomli qo‘llanma nashrga tayyorlandi. “Tarbiya” fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy ta’minotning axborot platformasini yaratish maqsadida internet tarmog‘ining www.tarbiyam.uz domenida fanga doir ma’lumotlar va vazifalari bayon etilgan o‘qituvchiga uslubiy yordam ko‘rsatuvchi ma’lumotlar bazasi yaratildi. Bu platformada o‘qituvchilar uchun “Tarbiya” fanining maqsad- vazifalarini ochib beruvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar – fan konsepsiyasi, Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturi, uslubiy tavsiyalar, taqvim-rejalar, fanni o‘qitishga
doir texnologiyalar, dars ishlanmalari, qo‘shimcha manbalar joylashtirilmoqda. Shuningdek, platformada o‘quvchilar va ota-onalar uchun maxsus ruknlar ham mavjud.“Tarbiya” fanining 1-9-sinflarga mo‘ljallangan darsliklari yaratilib, undagi mavzularga oid 21 ta videoroliklar darsliklarga QR-kod bilan kiritildi.
Mazkur darsliklarda yoshlarni fikrlashga o‘rgatadigan, ularni milliy
qadriyatlarimizga sodiq, vatanparvar etib tarbiyalashga xizmat qiladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishga qay darajada e’tibor qaratilgan?
“Tarbiya” fanining o‘quv dasturi va darsliklarida vatanparvarlik,
tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida urg‘u berilgan. Xususan, bunda milliy an’analar, ulug‘ allomalarning xayot va yo‘llari, asarlari, zamondosh qahramonlarning faoliyati ibrat sifatida keng foydalanilgan. Mavzularni o‘qitishda bugun jahon miqyosida ommalashgan “Loyiha asosida o‘qitish”, “Qiziqishlar asosida ta’lim berish”, “Art-fest”, “Namuna ko‘rsatish”, “Misollar orqali o‘qitish”, “Vaziyatlarni tahlil qilish” kabi ta’lim berishning ilg‘or texnologiya va uslublari qo‘llanilgan.
Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, badantarbiya mashg‘ulotlari va shaxsiy gigiena qoidalariga rioya
qilinishini kundalik turmush tarziga singdirish, sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishni targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham ushbu darslikda qamrab
olinmoqda.
Xalq ta’limi tizimidagi 10 008 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida 6 mln.
236 ming nafar o‘quvchi tahsil oladi. Bugungi kun o‘quvchi-yoshlarni har tomonlama yetuk va barkamol bo‘lib ulg‘ayishlarini nazarda tutib, vazirlikda Sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish va tibbiy xizmat ko‘rsatishni muvofiqlashtirish sho‘basi tashkil etilgan. Sho‘ba tomonidan umumiy o‘rta ta’lim
normativlari talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, maktab oshxonasini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va taomlar sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim maktablarining 7 672 tasida sport zal, 26 584 ta (basketbol, voleybol, futbol, gandbol, mini-futbol) sport maydonchalari va tennis kortlari mavjud. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida respublikadagi umumta’lim maktablarida tashkil etilgan tasviriy san’at, musiqa, sport, axborot texnologiyalari, qizlarga kasb o‘rgatish yo‘nalishidagi to‘garaklari va kitobxonlik klublari tashkil etilib, ularga jami 3,9 mln. nafar o‘quvchilar jalb etilgan.

Download 101.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling