Reja: Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatishda rasm turlari
Tayyorlov guruhida rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari
Download 110.93 Kb.
|
Maktabga tayyorlov guruhlarida bolalarni rasm chizishga o‘rgatish
Tayyorlov guruhida rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari.
Bu guruhda tasvirlash qobiliyatiga va ko‘nikmalarga o‘rgatish yakunlanadi. Quyidagi asosiy vazifalar bor: Naturadan va tasavvur qilishdan predmetning xarakterli belgilari tuzilishini, hajmini tasvirlashga o‘rgatish. Shakl va bo‘yoqlarning boyligi tasvirlab berishga yorqin obrazlar yaratishga o‘rgatish. Kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish (predmetning hajmi va shaklsining xarakterini hisobga olib predmetni qog‘ozda joylashtirish). Rang qobiliyatlarini rivojlantirish (1 rangni turli xosila rangni bera olish qobiliyati). Т yexnik ko‘nikmalarni rivojlantirish (bo‘yoqlarni boshqacharoq bo‘yoq olish uchun aralashtirish, predmet shakli bo‘yicha qalamda shtrix o‘tkazish). Оlti yoshli bolalarda analitik fikrlash qobiliyati yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Ulardan turga mansub predmetlar belgisini ajrata olganliklari kabi, ularning bir predmetni boshqasidan ajratib turuvchi individual xususiyatlarini ham tasvirlay oladilar. Bu esa ijodiy tasavvurni rivojlantiradi. Maktabgacha ta’lim muassasasida mazmunli rasm chizishga o‘rgatishning vazifalariMazmunli rasm chizishning asosiy maqsadi bolaning atrof-muhitdan olgan taassurotlarini ifodalashga o‘rgatishdir. Mazmunli rasm-bu bir necha mazmunning ma’lum rangda tasvirlanishini tushuniladi. Bolalar qaysi mazmun bo‘yicha rasm chizadilar? Bolalar kichik hikoya, ertak asosida va bolalarni o‘rab turgan tevarak-atrofni, tabiatni chizishga harakat qiladilar. Bolalar tomonidan chizilgan «Biz ta’tilda» va «Kech kuz» rasmlari bunga misol bo‘la oladi. Bolalar bilan olib boriladigan bunday mashg‘ulotlar ularning har tomonlama kamol topishiga yordam beradi. Bunda bolalarning aqliy qobiliyati rivojlanadi. Bu bolada asta-sekinlik bilan rivojlanadi, shuning uchun mazmunli rasm chizish o‘rta guruhdan boshlab kiritilgan. Bunda ham yonma-yon turgan 2-3 ta predmetni tasviriy o‘rgatiladi. Mazmunni tasvirlashda predmetlarning bir-biridan ajratish uchun uning o‘lchamini, fazodagi o‘rinlariga qarab, predmetlarning katta yoki kichikligini o‘rgatish kerak. Maktabgacha yoshdagi bola uchun predmetlar orasidagi fazoviy munosabatlarni farqlay olish juda qiyin. Mazmunli rasm chizishni, o‘rgatishning umumiy vazifalari quyidagilar: Download 110.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling