Mavzu: Zoologiya fanining rivojlanish tarixi


Download 20.93 Kb.
bet1/8
Sana13.05.2023
Hajmi20.93 Kb.
#1455386
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Zoologiya fanining rivojlanish tarixi-fayllar.org


Mavzu: Zoologiya fanining rivojlanish tarixi

  • Mavzu:Zoologiya fanining rivojlanish tarixi

Zoologiya (zoo... va ...logiya) — hayvonlar toʻgʻrisidagi fan, biologiyannt bir sohasi. hayvonot olamining xilma-xilligi va tarixiy taraqqiyotini, hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi, rivojlanishi, shuningdek, ularning yashash muhiti bilan munosabatlarini oʻrganadi. keng tarmoqli kompleks fan boʻlib, bir qancha mustaqil fanlarni oʻz ichiga oladi. Sistematika turlarning xilma-xilligi, ularning oʻzaro oʻxshashligi yoki bir-biridan farq qiluvchi belgilari asosida hayvonlarni sistemaga solish bilan shugʻullanadi. Hayvonlarning tashqi tuzilishini


morfologiya, ichki tuzilishini anatomiya oʻrganadi. Solishtirma va evolyusion morfologiya turli sistematik guruxlarga mansub boʻlgan hayvonlarning tuzilishi va tarixiy rivojlanishini, embriologiya embrional rivojlanishini, etologiya xulq-atvorini tekshiradi. Fi-logenetika hayvonot dunyosining tarixiy taraqqiyotini, paleozoologiya qad. geologik davrda yashab qirilib ketgan hayvonlarni, ekologiya hayvonlarning tashqi muhit bilan va oʻzaro munosabatlarini, fiziologiya hayvonlar organizmi funksiyasini, biokimyo hayvonlar organiz-mining kimyoviy tarkibini oʻrganadi. Zoologik tadqiqotlarda toʻplangan ilmiy maʼlumotlar organik olamning rivojlanishi toʻgʻrisidagi evolyusion taʼlimotni yaratish uchun asos boʻlib xizmat qilgan.

Hayvonlar haqidagi ilk yozma maʼlumotlar mil. av. 5—4 a.ga oid Misr, Xitoy va Yunon adabiyotlarida uchraydi. Z.ni rivojlantirishda Aristotel asarlari muhim rol oʻynaydi. U 452 tur hayvonning tuzilishi, hayot kechirishi va tarqalishi haqida maʼlumot bergan. Qad. Rim tabiatshunoslaridan Gay Pliniy (mil. 23—79 y.lar) oʻzining 37 kitobdan iborat "Tabiat tarixi" asarida oʻsha davrda maʼlum boʻlgan barcha hayvonlarni taʼriflab bergan. Boshqa tabiiyot fanlari qatori Z.ning bundan keyingi rivojlanishi Uygʻonish davridan boshlanadi. Bu davrda Xristofor Kolumb, Marko Polo, Magellan kabi sayyoxlarning dengizlar osha sarguzashtlari natijasida ilgari no-maʼlum boʻlgan yangi hayvon turlari kashf etildi. Ayni shu davrda shveysariyalik vrach va naturalist K. Gesnerning (1516—1565) 17 jildli "Hayvonlar tarixi" ensiklopedik asari pay-do boʻladi. taraqqiyotida 17-asrda mikroskopning kashf etilishi katta ahami-yatga ega boʻldi. Golland olimi A. Le-venguk "Mikroskop yordamida ochilgan tabiat sirlari" asari orqali mikros-kopik hayvonot dunyosini ochib berdi. Italiyalik olim M. Malpigi umurt-qali xayvonlar qon aylanish, ayirish sistemasi va terisining tuzilishini tushuntirib berdi. 17-asr oxiri va 18-asrning 1-yarmida J. Rey va ayniqsa K. Linneyning ishlari tufayli hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasiga za-min yaratildi. Aynan oʻsha davrdan 3. ayrim mustaqil tarmoklarga ajrala boshladi. K. Linney tur, urugʻ (avlod), turkum, sinf deb nomlangan sistematik kategoriyalarni umumlab berdi


Download 20.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling