Mavzu: Zoologiya fanining rivojlanish tarixi


Download 20.93 Kb.
bet2/8
Sana13.05.2023
Hajmi20.93 Kb.
#1455386
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Zoologiya fanining rivojlanish tarixi-fayllar.org

20-asrning 2-yarmidan boshlab sistematika sohasidagi tadqiqotlarda anʼ-anaviy usullar bilan bir qatorda tobo-ra koʻproq biokimyoviy, serologik, ka-riologik, molekulyar va genetik usullar keng tadbiq qilina boshladi. Bu borada DNK molekulasi strukturasining aniklanishi (A. N. Belozerskiy), tuproq hosil boʻlishida hayvonlar ahamiyatining koʻrsatib berilishi (Gilyarov), zararkunanda hasharotlarga qar-shi kurashning genetik usuliga asos solinishi (A. S Serebrovskiy) katta ahamiyatga ega boʻldi. Oʻzbekistonda Z.ning rivojlanishi Sharqning buyuk allomalari nomi bilan bogʻliq. Abu Rayhon Beruniy 101 hay-von va ulardan olinadigan doridar-monlar toʻgʻrisida yozib qoldirgan. Uning "Hindiston" asarida (1030) bu oʻlka hayvonlari toʻgʻrisida qiziqarli maʼlumotlar keltiriladi. Abu Ali ibn Siyaoning "Kitob ash-shifo" asarida odamda parazitlik qiluvchi gelmintlar toʻgʻrisida maʼlumot beriladi. Bu asardagi ayrim gelmintlar nomi (qovoqsimon qurt, mitti qurt) xrzir-gacha saqlanib qolgan. Oʻrta Osiyo, jumladan Oʻzbekiston hayvonot dunyosini oʻrganish boʻyicha maxsus ilmiy tadqiqotlar 19-asrning 2-yarmidan boshlandi. Rus olimi N.A. Seversov Orol dengizi, Ustyurt, Qi-zilqum, Sirdaryo, Pomir, Tyanshan hayvonlarini; A. P. Fedchenko Olay va Zarafshon vodiysi hayvonlarini oʻrganadi. V. F. Oshanin "Turkiston yarim qattiq qanotlilari faunasi" asarida hasharotlarning 700 dan ortiq turi toʻgʻrisida maʼlumot bergan. Uning ta-shabbusi bilan 1876 y.da Toshkentda tabiat muzeyi ochiladi. 20-asrning boshlarida olib borilgan zoologik tadqi-qotlar, asosan, mahalliy aholi oʻrta-sida keng tarqalgan parazit va kasallik tarqatuvchi hayvonlarni oʻrganish, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bilan bogʻliq. Oʻrta Osiyoning turli xududlariga bir qancha ekspeditsiyalar uyushtirilib, bezgak chivini va rishtaning biol.si batafsil oʻrganil-di (L. M. Isayev, N. I. Xodukin). Bir qancha hududlarda bezgakni tadqiq qiladigan stansiyalar va Tropik kasalliklar instituti (hoz. Tibbiyot parazitologiya instituti) tashkil etildi. Bu tadbirlar tufayli 20-asrning oʻrtalariga kelib bezgak va rishta batamom tugatildi.


Download 20.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling