Reja: Maktabgacha ta'lim pedagogikasi fani rivoji


Download 10.84 Kb.
Sana23.01.2023
Hajmi10.84 Kb.
#1113797
Bog'liq
Mustaqil ish 2 Mamitaliyeva Xusnira MT


Mustaqil ish 2
Maktabgacha talim pedagogikasi fanining tadqiqot metodlari
Reja:
1.Maktabgacha ta'lim pedagogikasi fani rivoji
2. Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlarini amalga oshirish shartlari
3.Maktabgacha ta'lim pedagogikasi yoʻnalishida qoʻllaniladigan metodlar
Maktabgacha talim pedagogikasi fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining goyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga taminlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonining keskin rivojlanishi shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs manaviyatiga ziyon yetkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada organish, mavjud korsatkichlar vositasida ularning sodir bolish sabablarini organish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir qator obektiv va subektiv omillarga bogliq. Mazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul, ayni vaqtda samarali bolgan metodlarni tanlay olish ham muhimdir.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yonalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, obektiv va subektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.
Ayni vaqtda, Ozbekiston Respublikasida pedagogik yonalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar tizimli-metodologik yondashuvga asoslanadi. Pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarilarni aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayonlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan takomillashtirib borishini taminlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini taminlashdagi orni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini etirof etadi.
Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bolgan jarayon bolib, uning samarali bolishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir:
1.muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq
belgilanganligi;
2.ilmiy farazlarning togri shakllantirilganligi;
3.vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida togri belgilanganligi;
4.tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obektiv yondashuv;
5.tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining togri hisobga olinganligi;
6.tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini aytib otish;
7.tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.
Zamonaviy sharoitda Maktabgacha talim pedagogikasi yonalishida, tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlar qollaniladi:
1.Pedagogik kuzatish metodi.
2.Suhbat metodi.
3.Anketa metodi.
4.Intervyu metodi.
5.Talim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.
6.Test metodi.
7.Pedagogik tahlil metodi.
8.Bolalar ijodini organish metodi.
9.Pedagogik tajriba metodi.
10.Matematik-statistik metod.
Pedagogik kuzatish metodi. Uni qollash jarayonida, talim muassasalarining oquv-tarbiya ishlari jarayonini organish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qolga kiritilgan korsatkichlar ortasidagi farq togrisidagi malumotga ega bolinadi. Pedagogik kuzatish murakkab va oziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qolga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish talim-tarbiya sifatini oshirish, bola shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yol qoymaslik muhimdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:
1.kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;
2.kuzatishni tizimli ravishda yolga qoyish;
3.kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;
4.har bir holatning mohiyatini sinchiklab organish;
5.xulosa chiqarishga shoshilmaslik.
Suhbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bolingan malumotlarni boyitish, mavjud holatga togri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari subektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat maqsadga muvofiq holda individual, guruhli hamda ommaviy shaklda otkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari tola-tokis namoyon bolishga erishish muhimdir. Uning samarali bolishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq:
1.maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmuni aniqlash hamda savollar ortasidagi mantiqiylik va izchillikni taminlash;
2.suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;
3.suhbat ishtirokchilarining soni xususida malum toxtamga kelish;
4.suhbatdosh togrisida avvaldan muayyan malumotlarga ega bolish;
5.suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bolish;
6.suhbatdoshning oz fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish;
7.savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;
8.olingan malumotlarni oz vaqtida tahlil qilish.
Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini taminlaydi. Intervyu respondent etiboriga turkum savollarni havola etish asosida otkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.
Talim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa va dalillarni tekshirish maqsadida talim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi malumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir.
Talim muassasasi faoliyati mohiyatini yorituvchi hujjatlar quyidagilardan iborat: oquv mashgulotlarining jadvali, oquv dasturi, guruh jurnallari, bolalarning shaxsiy varaqalari, buyruqlar, Pedagogik Kengash yigilishi bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, talim muassasasi smetasi hamda pasporti, tarbiyaviy ishlar rejasi, oquv-tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi hisobotlar, talim muassasasi jihozlari (oquv partalari, stol stullar, yumshoq mebellar va hokazolar) qayd etilgan daftar va hokazolar.
Mazkur metod muayyan yonalishlarda oquv-tarbiya ishlari samaradorligi darajasi, bolalarda hosil bolgan bilim, konikma va malakalar hajmi, ilgor pedagogik tajribalar mazmunini organishda muhim ahamiyatga ega.
Bolalar ijodini organish metodi. Mazkur metod bolalarning muayyan yonalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, malum fan sohalari boyicha bilim, konikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qollaniladi. Uni qollashda bolalarning ijodiy ishlari rasmlar, konstruksiya ishlari, qol mehnati asosida yaratilgan buyumlar muhim vosita bolib xizmat qiladi. Metodning afzalligi shundaki, u malum bolaga xos bolgan individual imkoniyatni kora olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Pedagogik tajriba (eksperiment; lot. sinab korish, tajriba qilib korish) metodidan muammo yechimini topish imkoniyatlarini organish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda oz inikosiga ega bola olishi hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan muammo yechimini topishga yonaltirilgan pedagogik tajriba malum doirada, soni aniq belgilangan respondentlar ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur metoddan foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning samaradorligini aniqlay hamda unga baho bera olishi zarur.

Nazorat savollari:
1. Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimning vujudga kelishi haqida maʼlumot bering?
2. Maktabgacha taʼlim pedagogikasi fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
3. Maktabgacha taʼlim pedagogikasi qaysi fanlar bilan chambarchas bogʻliq?
4. Maktabgacha ta’lim pedagogikasining ilmiy-tadqiqot metodlari qaysilar?
Download 10.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling