Reja: Maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo’yicha jahon tendentsiyalari va xorijiy tajribalar. Maktabgacha ta’limning asosiy mazmuni, maqsad va vazifalari. Tayanch tushunchalar


Download 106.2 Kb.
bet9/13
Sana01.12.2021
Hajmi106.2 Kb.
#178339
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 ma'ruza

Belьgiya ta’lim tizimi




№ Ta’lim bosqichlari

Yosh




1 Boshlang’ich maktab

6-12




2 O’rta maktab

12-16




3 O’rta kasbiy maktab

16-18




4 Oliy maktab

18-23

Maktabgacha ta’lim

Belьgiyada maktabgacha ta’lim (MT) 2,5 yoshdan 6 yoshgacha davom etadi. 2,5 yoshga yetganda bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasiga berishadi, shu sababli guruhdagi bolalar soni yil davomida o’zgarib boradi. Maktabgacha ta’lim guruhlarining asosiy maqsadi: bolalarning bilish, bilim orttirish (kognitiv), kommunikativ va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hisoblanadi. Mashg’ulotlar o’yin shaklida olib boriladi. Maktabgacha ta’lim majburiy ta’lim dasturiga kiritilmagan bo’lsada, Belьgiyada taxminan 90% gacha bo’lgan bolalar unga qatnashadi. Ko’p hollarda maktabgacha ta’lim muassasalari boshlang’ich maktablarga uyg’unlashgan bo’ladi.

Bolalar 6 yoshga yetganda boshlang’ich maktabning birinchi sinfiga o’qishga kiradi.

Maktab ta’limi

Maktab ta’limi davri 2 ta - boshlang’ich va o’rta maktab bosqichiga bo’linadi. Boshlang’ich maktab, o’z navbatida, 3 ta va 2 ta sinfli bosqichdan

iborat. Bu davrda bolalar arifmetika, o’qish, yozish, musiqa, tarix va ba’zi

boshqa fanlardan ta’lim olishadi. Darslar 8.30 da boshlanib, 15.30 gacha davom etadi. Soat 12.00 dan 13.00 gacha tushlik uchun tanaffus beriladi. CHorshanba kuni tushlikdan so’ng, shanba va yakshanba kunlari dam olish kunlari hisoblanadi.


Download 106.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling