Videokonferensiyalar.
Ular
ham
audiokonferensiyalar
qanday
maqsadlarga
mо‘ljallangan bо‘lsa, shunday maqsadlarga mо‘ljallangan,
lekin bunda videoapparatura
qо‘llaniladi. Ularni о‘tkazish ham kompyuter bо‘lishini talab etadi.
Videokonferensiya
jarayonida bir-biridan ancha uzoq masofada bо‘lgan uning ishtirokchilari
televizor ekranida
о‘zlarini va boshqa ishtirokchilarni kо‘rib turadilar. Televizion tasvir bilan bir vaqtda ovoz ham
eshitilib turadi. Videokonferensiyalar transport va xizmat safari harajatlarini
ancha qisqartirish
imkonini
bersa ham, aksariyat tashkilot yoki firmalar ularni faqat shu sabablarga kо‘ra
qо‘llamaydilar. Bu firmalar bunday konferensiyalarda muammoni hal qilishga hududiy jihatdan
ofisdan ancha uzoqda joylashgan kо‘p sonli menejerlarni va boshqa xodimlarni ham
jalb etish
imkoniyatini kо‘radilar.
Takrorlash uchun savollar
1.
Ma’lumot uzatish tizimi tushunchasi deganda nimalarni tushinasiz?
2.
Telegraf xizmatlari deganda nimani tushinasiz?
3.
Uzatish tizimini tarkibi nimalardan iborat?
4.
Ma’lumot uzatish xizmatlari sifatining asosiy
tafsilotlari deganda nimani
tushinasiz?
5.
Internet orqali muloqot turlarini sanab bering.
6.
Internet konferensiyalar afzalliklari nimalardan iborat.
7.
Internetda muloqot qilishning dasturiy ta’minoti haqida nimalarni bilasiz?