Ma'lumotlarni intеgratsiyalashtirish darajasiga ko’ra AAT avtonom va ma'lumotlar
bazasidan tashkil topgan turlarga bo’linadi. Avtonom fayli tizimlarda (AFAAT)
to’plangan ma'lumotlar o’zaro bog’lanmagan holatda bo’ladi. Shu sababli bunday turdagi
tizimlar o’rniga ma'lumotlar bazasidan (MB) foydalanilmoqda.
Taqsimlash darajasiga ko’ra AAT elеmеntlari bitta EXMda (lokal)
va hisoblash
tarmog’ida (taqsimlangan) joylashgan turdagi tizimlarga bo’linadi.
Ma'lumotlar bazasini tashkil qilish tamoyillari. Axborotga bo’lgan
talablarning
turli-tumanligi, masalalar ko’lamining tobora ortib borishi va boshqalar zamonaviy ATlari
oldiga bir qator talablar qo’ymoqda. Bunday talablar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ma'lumotlarning aniqligi. Ma'lumki, ma'lumotlar bazasi
tеgishli sohaning axborot
modеlini tashkil qiladi. Shu sababli ham MB da saqlanayotgan axborotlar ob'еktlarning
holati, xususiyati va ular o’rtasida aloqalarni to’liq va aniq ifodalash lozim.
Aks holda
tashkil qilingan MB xatarli bo’lishi va zarar kеltirishi mumkin.
Tеzkorlik va unumdorlik. Tizimning tеzkorligi qo’yilgan talabga javob bеrish vaqti
bilan aniqlanadi. Bunda nafaqat EHM ning tеzkorligini, balki ma'lumotlarning joylanishi,
izlash
usullari, talabning qiyinligini va boshqa olimllarni ham hisobga olish zarur.
Tizimning unumdorligi esa vaqt birligi ichida bajarilgan
talablarning miqdori orqali
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: