Reja: Mamlakat iqtisodiyotida yengil sanoatning ahamiyati
Download 118.5 Kb.
|
yengil atletika mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazish.docx
Ipakchilik sanoati. O‘zbekistonda pillakashlik qadim tarixga ega. Qadimdan Marg‘ilon, Namangan, Quqon, Buxoro, Xo‘jand kabi shaharlar O‘rta Osiyodagi shoyi gazlamalar ishlab chiqaradigan markazlari bo‘lgan. Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga shoyi gazlamalar chiqarilgan. U vaqtlarda pilladan yarim kusta holda, qo‘l charxlarda kala qilib ispak olingan. 1913 yilda O‘zbekistonda qariyib 4 ming tonna pilla yetishtirilgan. Uning aksariyat qismi rus ishbilarmonlari quliga o‘tib qayta ishlash uchun Italiya va Fransiyaga jo‘natilgan. Dastlab 1921 yilda O‘zbekistonda 56 ta qozonli mexanik stanok o‘rnatilgan, birinchi pillakashlik fabrikasi Farg‘onada ish boshlagan. Shuningdek 1927-30 yillarda Samarqand, Buxoro shaharlarida pillakashlik fabrikalari ishga tushirildi. 1937 yildan boshlab, sun’iy ipak gazlamalar to‘qish ham boshlandi. 1957 yilda O‘zbekiston ipakchilik ilmiy tekshirish institutida ipak o‘raydigan stanok yaratildi.
90-yillar boshida 9 ta yirik korxona: Marg‘ilon, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Namangan, Urganch, Shahrisabz, Buloqboshi pillakashlik fabrikalari va ularning 12 ta filiallari ishlar edi. Ana shu korxonalarda Respublikada yetishtirilgan jami pillani qayta ishlash imkoniyatiga ega edi. 2003 yilda “Shoyi” aksiyadorlik kompaniyasi va “Pillaxolding” kompaniyasi o‘z ichiga olgan “O‘zbek ipagi” uyushmasi tashkil etildi. Uyushmada 7 ta qo‘shma korxona bo‘lib, bularda Respublikada yetishtiriladigan jami pilla qayta ishlanadi. 2005 yilda 16.2 ming tonna pilla qayta ishlanib, 564.4 tonna ipak tola ishlab chiqarildi. Respublikamizda shoyi to‘qish sanoati ham rivojlangan bo‘lib, Marg‘ilon shoyi kombinati, Marg‘ilon “Atlas” va Namangan shoyi ishlab chiqarish birlashmalari, Namangan abrli gazlamalar kombinati, Samarqand shoyi ishlab chiqarish birlashmasi, Quqon, Shurchi va boshqa shoyi to‘qish fabrikalari ishlamoqda. Respublikada trikotaj sanoati 30-40 yillarda shakllandi. Dastlabki korxona 1939 yilda O‘rta Osiyoda eng yirik Quqon paypoq fabrikasi ishga tushirildi. Urush yillarida Andijon va Toshkent shaharlarida trikotaj fabrikalari qurildi. Hozirgi kunda Samarqand, Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlarida trikotaj kiyimlari ishlab chiqaradigan “Malika” ishlab chiqarish birlashmasi 1942 yilda ishga tushirilgan. Oltiko‘l, Qorasuv va Jizzax paypoq fabrikalari, Xo‘jabod, Shahrixon, Chortoq, Shahrisabzda trikotaj tikuvchilik fabrikalari ishga tushirildi. Hozirgi kunda bu tarmoqda 1500 nomdan ortiq mahsulot ishlab chiqarilmoqda. 2005 yilda res. trikotaj sanoati korxonalarida 32154 ming dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarildi. O‘zbekistonda Download 118.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling