Reja: Mamlakatinizda konchilik korxonalarini tutgan o'rni


Download 13.13 Kb.
bet2/3
Sana03.02.2023
Hajmi13.13 Kb.
#1155176
1   2   3
Bog'liq
Konchilik korxonalaridagi birinchi yordam

ochiq kon ishlari deb yuritiladi. Konlarni ochiq usulda qazib olish tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Chunki, qadimda odamlar yer yuziga chiqib qolgan yoki yer yuziga yaqin joylashgan konlarni qo’l kuchi bilan qazib olganlar. Kon qazish ishlari chuqurlashib borgan sari foydali qazilmani qazib olish uchun dastlab uning ustini qoplab yotgan jinslarni olib tashlab, so’ngra foydali qazilmani qazib olish mumkin bo’lgan. Bu ishni bajarish katta mehnat va xarajat talab etgan. Natijada konlarni ochiq usulda qazib olish uzoq muddat davomida to’xtab qolgan. Faqat XIX asrning oxirlariga kelib, kon qazish jarayonlarini mexanizatsiyalash asosida qayta tiklana boshlagan. Shundan boshlab, ayniqsa XX asrning o’rtalariga kelib, butun dunyoda ochiq usulda kon qazish ishlari uzluksiz kengayib borgan. Masalan, 1950-yilda qazib olingan ko’mir miqdorining 11 % i ochiq usulga to’g’ri kelgan bo’lsa, 1980-yilga kelib 38 % gacha oshgan, O’zbekistonda esa 80 % ni tashkil qilgan. Shu davr ichida ruda konlarini ochiq usulda qazib chiqarishning ulushi 44 % dan 80 - 85 % gacha ko’paygan.


Mamlakatimizda konlarni ochiq usulda qazib olish 1947-yildan boshlangan bo’lib, hozirgi vaqtda ko’mir, metal konlaridan qazib olingan foydali qazilmaning katta qismi (85- 90%), tabiiy qurilish materiallari konlarining barchasi (100%) ochiq usulda qazib olinmoqda. Qisqa vaqt ichida konlarni ochiq usulda qazib olishning bunday tez rivojlanishi, birinchidan, ochiq kon korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini yuqori unumdorlikka ega bo’lgan kon-transport uskunalari bilan mexamzatsiyalashga imkoniyatlar mavjudligi (karyerlarning katta geometrik o’lchamlarga ega bo’lishi) bo’lsa, ikkinchidan, konlarni ochiq usulda qazib olishning yer osti usuliga nisbatan quyidagi afzalliklaridir:
1) kon qazish ishlarini yuqori darajada kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish imkoniyatlarining yer osti usuliga nisbatan yuqori bo’lishi;
2) mehnat unumdorligini yer osti usulidagiga nisbatan 3-5 marta ko’p bo’lishi;
3) solishtirma capital xarajatlarning (yillik ishlab chiqarish quvvatining bir birligi— 1t yoki 1 ga to’g’ri keladigan kapital xarajat miqdori) kichik bo’lishi;
4) ochiq usulda qazib olingan foydali qazilma tannarxining yer osti usulidagi tannarxga nisbatan 2 - 4 barobar arzon va ishlab chiqarish rentabellik darajasining yuqori bo’lishi;
5) ochiq usulda kon qazish ishlarining nisbatan xavfsiz va gigiyenik sharoitlarining yaxshi bo’lishi.
Konlarni qazib olish ishlarining qisman bo’lsada ob-havo sharoitlariga bog’liq bo’lishi va karma maydonlarning qishloq xo’jalik oborotidan chiqib ketishi, shuningdek, yer osti suv balansining buzilishi hamda konlarni ochiq usulda qazib olishning yer osti usuliga nisbatan atrof-muhitga salbiy tasirining ko’proq bo’lishi konlarini ochiq usulda qazib olishning kamchiliklari hisoblanadi.Hozirgi vaqtda chuqurligi 500 - 700 m va undan ham chuqur bo’lgan karyerlar qurish loyihalashtirilmoqda. Pog’onalar balandligini 10 -12 m dan 40 m gacha oshirishga imkon yaratilgan. Transportsiz va transport-otval texnologik sxemalarning keng qo’llanilishi asosida ochiq usulda kon qazish ishlarining jadallik darajasi oshib, karyerlarning yillik chuqurlashish tezligi 15 — 20 m ni tashkil etmoqda. Bu esa, o’z navbatida, karyerlarning yillik ishlab chiqarish quvvati yuqori bo’lishini taminlamoqda.
Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olishni yanada rivojlantirish quyidagi yo’nalishlar asosida amalga oshiriladi:
- mavjud va quriladigan yangi karyerlar ishlab chiqarish quvvatini 10-20 va undan ham ko’p mln tonnagacha oshirish;
- yumshoq va bo’shoq kon jinslarini qazib olishda uzluksiz ishlaydigan (potok) komplekslar (jumladan, rotorli ekskavator komplekslari) dan keng foydalanish;
- qoplama jinslarni cho’michining hajmi 40 — 100 m3,strelasining uzunligi 100 - 150 m bo’lgan draglaynlar bilanqazib olib, qazishdan bo’shagan maydon (ichki otvallar)gajoylashtirish texnologiyasini kengaytirish;
-qazib olingan qoplama jins va foydali qazilmalarni karyer ichida o’ziyurar tegirmonlarda maydalab, maydalangan kon massasini konveyerlar bilan tashishga asoslangan “sikl-potok” texnologiyasidan keng foydalanish;
-kon-transport uskunalari yangi modellarini keng joriy qilish: CBШ-320, CBШ-400 rusumli burg’ilash stanoklari, ЭКГ-20, ЭKГ-20, ЭКГ-15 elektr yuritkichli, ЭГ-15, ЭГ-20 gidravlik yuritkichli ekskavatorlar, cho’mich hajmi 25 m3 bo’lgan yuklovchi mashina, yuk ko’tarish qobiliyati 110 - 180 -250 t bo’lgan avtoag’dargichlar va boshqa yuqori unumdorli yangi texnikalardan keng foydalanish;
- yo’l qurish va boshqa yordamchi ishlarni to’la mexanizatsiyalash;
- boshqarishning avtomatik tizimlaridan foydalanish va karyerlarda joriy qilinadigan tadbirlar loyihasini tuzishda matematik usullar va EHM dan keng foydalanish.
Yuqorida qayd etilgan texnik yo’nalishlami ishlab chiqarishga tatbiq qilish ochiq kon ishlari samaradorligining yanada yuqori bo’lishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida karyer (razrez) mustaqil ishlab chiqarish birligi (konchilik korxonasi) bo’lib, to’la xo’jalik hisobi bo’yicha faoliyat yuritadi.
Bunda foydali qazilmani qazib olishga sarflangan xarajatlar karyer tomonidan olingan daromad (Foydali qazilmani sotishdan olingan daromad) hisobiga qoplanadi. Bunday sharoitda karyerning ishlab chiqarish faoliyati ikki ko’rsatkich
Download 13.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling