Reja: Markaziy Osiyoda ibtidoiy jamoa davridagi bola tarbiyasi


Download 435.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana20.10.2023
Hajmi435.33 Kb.
#1712744
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kamola2

Abu Nasr Forobiy (X asr) Kindiy g’oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi. 
Biror narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma'lum holatini o’rganadi, 
o’zlashtirganlarini o’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilimlarga yo’naltiradi. Alloma 
fanlar klassifikatsiyasi, shuningdek, bilish faoliyatini tashkil etishga oid 
tavsiyalarni ishlab chiqadi. Yaxshi nazariyotchi bo’lish uchun deydi, - Abu Nasr 
Forobiy, -qaysi fan bilan shug’ullanishidan qat'iy nazar quyidagi uchta shartga 
amal qilish kerak:
- fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi; 
- ushbu tamoyil va ma'lumotlar asosida zarur xulosani chiqarishi, ya'ni, mulohaza 
yuritish qoidalarini bilishi kerak;
- xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil qilishni, 
shuningdek, haqiqatni yolg’ondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi zarur. 


Abu Rayhon Beruniy, bilishni uzluksiz, to’xtovsiz davom etadigan jarayon 
sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat borliqning haqiqiy mohiyati, 
hozircha noma'lum bo’lgan jihatlarini kеlajakda bilib oladi. 
Abu Ali ibn Sinoning, bilish nazariyasida sabab haqidagi ta'limot alohida 
o’rin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin, tashqi 
holatlarini tahlil etish asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning 
mohiyati uning yuzaga kеlish sabablarini aniqlash yo’li bilan anglanishi mumkin, 
deb hisoblaydi. Alloma ushbu gnoseologik qoidani o’zining tabiblik amaliyoti, 
kasalliklarni ularning simptomlari bo’yicha va dorilar ta'sirini kuzatish asosida 
aniqlagan. 
Sharqdagi Uyg’onish davrida (9-11 asrlar) arab, musulmon madaniyatining 
Yaqin va Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma'naviy madaniyati bilan 
birlashishi asosida alohida sinkretik (yunoncha sinkretismos - birlashish, 
yaxlitlik,qo’shilish) madaniyat birlashgan turi yuzaga kеlgan. Allomalar 
Muhammad al-Xorazmiy (787-850 yillar), Abu Nasr Forobiy (870-950 yillar), Al-
Kindiy (800-870 yillar), Abu Rayhon Beruniy (973-1050 yillar), Abu Ali ibn Sino 
(980-1037 yillar) va boshqalar uning asoschilari sifatida mashhur bo’ldilar. Bu 
madaniyatning asosiy markazlari Suriya, Eron, Markaziy Osiyo hududlarida 
joylashgan. Sharq mutafakkirlari o’z asarlarida ta'lim usullari, qoidalari, 
tamoyillari, metodlari va shakllari asosida ta'lim amaliyotining mohiyatini ifoda 
etadilar. Biroq ta'lim masalalari bilan ular maxsus va izchil shuqullanmaganliklari 
bois maxsus didaktik nazariya yaratilmadi. Ta'limni ular fan sifatida emas, boshqa 
fanlarga o’rgatish san'ati, hunarmandchilik sifatida tushundilar. Sharq allomalari 
tomonidan ilgari surilgan qoida, usul va tamoyillarning aksariyati zamonaviy 
maktablarda ham qo’llanilmoqda. 
Sharq allomalari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al-Kindiy, 
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Musliqiddin Sa'diy, Abdurahmon Jomiy, 
Alisher 
Navoiylar 
ham 
ta'limning 
ilmiyligi, 
ongliligi, ko’rgazmaliligi, 
tushunarliligi, ketma-ketligi, muntazamligi, moslashuvchanligi va mustaqilligi, 


shuningdek, bolaning individual xususiyatlari, layoqati va qobiliyatlarini hisobga 
olish, ta'limni insonparvarlashtirish kabi qoida va tamoyillarini ifoda etib 
berganlar. 
Komil insonni shakllanirish masalasi barcha davrda ham muhim ijtimoiy 
vazifa sifatida kun tartibiga qo’yilgan. Xususan, zardushtiylik dinida komillikning 
asosi ezgu fikr, ezgu so’z va ezgu amal (harakat)dan iborat ekanligi ta'kidlansa, 
islom ta'limoti g’oyalariga ko’ra yetuklikning bosh mezoni - ilmlilik, bilimli 
bo’lishdir.
Sharq mutafakkirlarining asarlarida ham komil inson qiyofasining 
yoritilishiga alohida ahamiyat berilgan. Xususan, Abu Nasr Forobiy komil insonni 
shakllantirish va fozil jamoa (yetuk jamiyat)ni shakllantirish tarbiyaning bir butun, 
yaxlit ikki yo’nalishi ekanligiga urg’u beradi. Allomaning fikricha, fozil jamiyat 
komil inson sa'yi-harakati bilan barpo etilishi mumkin. Shu bois mamlakatni 
boshqaruvchi shaxs o’zida eng oliy insoniy fazilatlarni mujassam eta olishi zarur, 
deb hisoblaydi. «Aql ma’nolari tog’risidagi» risolasida Abu Nasr Forobiy rahbar 
shaxs qiyofasida namoyon bo’lishi lozim bo’lgan o’n ikki fazilatni kеltirib o’tadi. 
Bizning fikrimizcha, mazkur fazilatlar har bir zamonaviy shaxsda o’z aksini topa 
olishi kerak, zero, ular inson hayotini mo’'tadil kechishi hamda muayyan kasbiy 
faoliyatlarni tashkil etishda muvaffaqiyatlarga erishishni kafolatlaydi. 
Abu Rayhon Beruniy ham komillikning asosini ilmli bo’lishda deb 
hisoblaydi va barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikdir, deya urg’u beradi. 
Allomaning fikricha, axloqiylik, to’g’rilik, odillik, tadbirkorlik, o’zini vazmin 
tutish, kamtarlik, insof, ehtiyotkorlik, shuningdek, adolatli va vijdonli bo’lish 
komil inson qiyofasida aks etishi zarur bo’lgan eng asosiy sifatlardir. Abu Ali ibn 
Sino ham kamolotga erishishning birinchi mezon sifatida bilimli bo’lishni alohida 
qayd etadi. Bilimli insonning adolatli bo’lishi esa uning yanada yuksalishini 
ta'minlaydi, deya baholab alloma, adolatni ruhiy lazzat (ruhiy xotirjamlik)ning 
muhim ko’rsatkichi ekanligini uqtiradi. 


Alisher Navoiy asarlarida komil inson muammosi markaziy o’rinni egallaydi 
va o’z orzusidagi komil inson shaxsini asarlarining qahramonlari timsolida 
gavdalantirishga urinadi. Mutafakkir qarashlarida komil inson quyidagi sifatlarga 
ega bo’lishi borasidagi g’oya ilgari suriladi: aqlli, axloqli, bilimli, 
ijodkor,qobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar, saqovatli, sabr-qanoatli, adolatli, 
muruvvatli, sog’lom, jismonan baquvvat, mard va jasur.
7
Abdulla Avloniy komil insonni tarbiyalash borasidagi qarashlari bilan Sharq 
mutafakkirlarining fikrlarini boyitar ekan, komil inson qiyofasida, yana 
shuningdek, vatanparvarlik, hamda intizomlilik sifatlari ham namoyon bo’lishi 
kerak, deb hisoblaydi. Alloma millat taqdirining jonkuyari sifatida milliy til 
taraqqiyoti jamiyat ma'naviy rivojini ta'minlovchi asosiy omil, deya baholaydi. 
Sharq mutafakkirlari jamoaning shaxs kamolotini ta'minlashdagi o’rni va 
roliga alohida e'tibor berganlar. Xususan, Abu Ali ibn Sino ijtimoiy muhitning 
shaxsni shakllantirishdagi rolini yuqori baholaydi. Tashqi muhit va odamlar 
insonning borliq, unda kechayotgan o’zgarishlar, jarayonlar mohiyatini 
anglashgagina emas, balki uning xulqida yaxshi va yomon sifatlarning 
shakllanishiga ham sezilarli ta'sir etishi, shu bois bolalarni tarbiyalashda u mansub 
bo’lgan mikromuhit xususiyatini inobatga olishni ta'kidlaydi. Bolani yomon 
ta'sirlardan saqlash zarurligini uqtiradi. 
Shuningdek, alloma o’qitish samaradorligini ta'minlashda bolalarga jamoa 
asosida bilimlarni berishni maqsadga muvofiqligini ta'kidlaydi. 
Abu Nasr Forobiyning uqtirishicha, inson boshqalar bilan munosabatda 
bo’lish, ularning yordami va qo’llab-quvvatlashlarini his etish ehtiyojiga ega. Ana 
shu ehtiyojni qondirish yo’lidagi amaliy harakatlar insonni kamolotga yetaklaydi, 
deb hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy esa shaxsning rivojlanishida o’zaro yordam, 
hamkorlik, odamlarga nisbatan xayrixohlik uning ijtimoiy muhitdagi roli va o’rnini 
bеlgilab beradi. 
7
Xoshimov K. Pedagogika tarixi Oliy o’quv yurtlari va universitetlar talabalari uchun o’quv qo’llanma. – Toshkent, O’qituvchi, 1996, - 191-bet 


Sharq mutafakkirlari o’z asarlarida bilish hamda inson aqliy tafakkuri 
masalalariga alohida o’rin bergan. Xususan, Abu Nasr Forobiy inson tomonidan 
borliqni anglanishi, tabiat sirlarini anglashida ilm-fanning rolini hal qiluvchi omil 
sifatida baholaydi. Allomaning fikricha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari u 
tug’ilganda mavjud bo’lgan bo’lsa, aqliy bilimi, ma'naviyati, ruhiyati, intellektual 
va axloqiy sifatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari, ma'lumoti tashqi olam, ijtimoiy 
muhit ta'sirida, odamlar bilan tashkil etayotgan munosabatlari jarayonida 
shakllanadi. 
Abu Nasr Forobiyning e'tiroficha, inson aqli, fikri uning ruhiy jihatdan 
yuksalishining mahsulidir. Inson bilimlarni o’zlashtirar ekan, borliqda tirik 
mavjudotning yaratilish tarixigacha bo’lgan ma'lumotlarni o’zlashtira oladi, ularni 
yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi. Allomaning mazkur fikrlarini davom ettirgan 
holda Abu Rayhon Beruniy quyidagilarni ilgari suradi: «Inson narsa va 
hodisalarning faqat tashqi sifati hamda xususiyatlari haqida bilim olmay, balki 
tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni taqqoslaydi, bir-biri bilan solishtirib 
ko’radi, o’z bilimlarining chinligini aniqlaydi». Mutafakkir, shuningdek, odamlar 
tomonidan bilimlarni o’zlashtirilib borishi yangi bilimlarning yaratilishiga olib 
kеlishini aytadi: «Ilmlar ko’pdir. Ular zamoni iqbolli bo’lib, turli fikr va xotiralar 
ularga qo’shilib borsa, ko’payadi. Odamlarning ilmlarga rag’bat qilishi, ilmlarni va 
ilm aqllilarini hurmatlashi o’sha iqbolning bеlgisidir. (Ayniqsa) hukmron 
kishilarning ilm aqllini hurmat qilishi turli ilmlarning ko’payishiga sabab bo’ladi». 
Abu Ali ibn Sino o’z asarlarida bilim tushunchasiga sharh berish bilan birga 
bilimning chuqur o’zlashtirilishi donishmandlik ekanligini alohida qayd etadi: «Ilm 
narsalarning inson aqli yordami bilan o’rganilishidir. Bilim deb esa, narsalarni 
idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yo’ldan toymasdan 
turib unga erishishi kerak bo’ladigan narsadir. Bordiyu, bu dalillar ochiq-oydin 
bo’lsayu, isbotlar chinakamiga bo’lsa, u holda bunga xikmat - donishmanlik 
deyildi». 


Yusuf xos Hojibning «Qutadqu bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari 
ta'bir joiz bo’lsa, bilimning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson 
kamolotini ta'minlashdagi roli, yozuvliklarni bartaraf etuvchi vosita ekanligi 
tog’risidagi qomus sanaladi. Allomaning fikricha, bilimli bo’lish ezgu ishlar 
tantanasini ta'minlovchi garov bo’lib, uning yordamida xatto osmon sari yo’l 
ochiladi: 
Hamma ezguliklar bilim nafi tufaylidur, 
Bilim tufayli, go’yo ko’kka yo’l topiladi. 
Ushbu fikrlarni ifoda etganda alloma naqadar haq edi. Zero, oradan to’qqiz-
o’n asr vaqt o’tgach, inson nafaqat osmonga ucha oldi, balki koinotni ham zabt 
etishga muvaffaq bo’ldi. 
Bahovuddin Naqshbandiy tariqatida avliyolik kuch-quvvatini ezgulikka, ilm-
ma'rifatni rivojlantirishga yo’naltirish yetakchi o’rin tutadi. Binobarin, ilm-ma'rifat 
zulm va bid'atdan forig’ bo’lish yo’lidir. Alloma tomonidan ilgari surilgan «Xilvat 
dar anjuman», «Safar dar vatan»g’oyalari mavjud bilimlarni suhbat hamda 
amaliyot yordamida o’zlashtirish maqsadga muvofiqligiga ishoradir. Zero, bahs-
munozaralarda, doimiy izlanishlarda xosil bo’lgan ilm puxta va mustahkam 
bo’ladi. 
Alisher Navoiy bilimlarni izchil, uzluksiz o’zlashtirish zarurligini uqtiradi. 
Shuningdek, ilm o’rganish mashaqqatli yumush bo’lib, uni o’rganishda ayrim 
qiyinchiliklarni yengib o’tishga to’g’ri kеlishi, bu yo’lda chidamli,qanoatli, 
bardoshli bo’lish orqaligina mukammal bilimga ega bo’lish mumkinligini
ta'kidlaydi. 
Abdulla Avloniy esa inson aqliy kamoloti xususida to’xtalar 
ekan,quyidagilarni bayon etadi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm 
inson uchun g’oyat muqaddas bir fazilatdur, zeroki, ilm bizga o’z axvolimizni, 
harakatimizni oyna kabi ko’rsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o’tkir qilur, 


ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur»
8
. Alloma bilim insonni jaholatdan 
qutqarishning eng samarali vositasi ekanligiga ham urg’u beradi: «Ilm bizni jaholat 
qorong’usidan qutqarur, madaniyat, ma'rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe'llardan, 
buzuq ishlardan qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur. Bugun hayotimiz, 
salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, ximmatimiz, g’ayratimiz, 
dunyo va oxiratimiz ilmga bog’liqdur»
9

Erkka intilish, ozod yashashga bo’lgan ehtiyoj insonga xos bo’lgan 
tuyg’udir. Inson o’z vatanidagina ozod va erkin yashay oladi. Shu bois vatan 
ozodligi uchun kurashish masalasi qadim-qadimdan allomalarning asarlari hamda 
ezgu g’oyalarni ifoda etuvchi ta'limotlarning bosh mavzusi bo’lib kеlgan. 
Chunonchi, Hadisi Sharifda Vatanni sevish iymondan ekanligi ta'kidlanadi. 
Alisher Navoiy quyidagi misralarda Vatandan ayrilish inson uchun og’ir 
judolik ekanligiga urg’u beradi: 
G’urbatda harib shodmon bo’lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish, 
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulga tikondek oshiyon bo’lmas emish. 
Allomaning fikrlarini rivojlantirgan holda vatandan judo bo’lish og’ir 
judolikkina emas, balki «yuzi qaroliq» ekanligini Zaqiriddin Muhammad Bobur 
quyidagicha ifodalagan edi: 
Tole yo’qi jonimga baloliq bo’ldi, 
Har ishniki, ayladim - xatoliq bo’ldi. 
O’z yerni qo’yib hind sori yuzlandim, 
Yo rab, netayin, ne yuz qaroliq bo’ldi. 
8
A.Avloniy. Odob bo’stoni va axloq gulistoni. – Toshkent, O’qituvchi, 1994, -10-bet 
9
A.Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent, O’qituvchi, 1992. 22-23-betlar 


Abdulla Avloniy o’z asarlarida «Vatan» tushunchasiga ta'rif berib, uning 
ravnaqi uchun kurashish vatanparvar insonga xos xususiyat ekanligi quyidagicha 
qayd etadi: «Har bir kishining tug’ulub o’sgan shahar va mamlakatini shul 
kishining vatani deyilur. har kim tug’ilgan, o’sqon yerini jonidan ortiq suyar. xatto 
bu vatan hissi – tuyg’usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o’z vatanidan - 
uyuridan ayrilsa, o’z yeridagi kabi rohatda yashamas. ...Biz turkustonliklar va 
vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, 
issiq cho’llarini, eskumular shamol taraflarini, eng sovuq va muzlik yerlarini 
boshqa yerlardan ziyod suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson 
yerlarga o’z vatanlarini tashlab xijrat qilur edi»
10


Download 435.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling