Reja: Markaziy Osiyoda ibtidoiy jamoa davridagi bola tarbiyasi


Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila


Download 435.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana20.10.2023
Hajmi435.33 Kb.
#1712744
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kamola2

Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila
Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila. 
Mashhur pedagog Abdulla Avloniy ham o’z asarlarida o’qituvchi shaxsi va 
uning faoliyati borasidagi qarashlarni ifodalashga alohida o’rin beradi. Allomaning 
qayd etishicha, bolaning sog’lom bo’lib o’sishida ota-onalar o’ziga xos rol 
o’ynasalar, uning fikriy jihatdan taraqqiy etishida o’qituvchining o’rni beqiyos 
ekanligini ta'kidlaydi. Xususan, bolalarning aqliy qobiliyatlarini shakllantirish 
muallimlarning «diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir 
vazifa» ekanligini ta'kidlab, «fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning 
tarbiyasiga bog’liqdur»,
6
- deydi.
Ta'limning gnoseologik asoslari. O’quv jarayonini mantiqiy qurilishi ta'lim 
mazmunining xususiyatlari va gnoseologik jihatlariga bog’liq. 
Gnoseologiya (yunoncha - «gnosis» («gnoseos»)- bilim, ong, o’rganish, logiya -
fan, ta'limot) - bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, 
uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo’lgan borliqni 
anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta'limot. 
5
A.Navoiy Maxbub ul-qulub. Asarlar. O’n besh tomlik. 13tom, - Toshkent, Badiiy adabiyot nashriyoti, 1966. – 189-190-betlar 
6
A.Navoiy Maxbub ul-qulub. Asarlar. O’n besh tomlik. 13tom, - Toshkent, Badiiy adabiyot nashriyoti, 1966. – 192-193-betlar 


Ijtimoiy taraqqiyot tarixida insonning atrof-muhitni bilishi umumiy tuzilishiga va 
bosqichlariga turlicha yondoshishlar ma'lum. Ana shu yondoshishlar o’quv 
jarayonini qurish va ta'lim mazmunini tushunish mantiqini bеlgilab beradi.
Muhammad al-Xorazmiy (9 asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta hissa 
qo’shgan. U birinchi bo’lib koinot ob'yektlarining harakatlari hamda yerdagi 
nuqtalarining joylashishini jadval ko’rinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish va 
tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yagonalikning birligi tamoyili, 
shuningdek, alohida va umumiy, induktsiya va deduktsiyalarning mohiyatini 
aniqlashtirdi; matematik masalalarni echishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. 
Bu metoddan bugungi kunda ham foydalanib kеlinmoqda. 
Al-Kindiy (9 asr) ilmiy bilishning uch bosqichli kontseptsiyasini ilgari 
suradi. Alloma insonning bilishini: sezgiga oid va ratsional bilish tarzida ikkiga 
ajratadi. Sezib bilishning predmeti va ob'yekti barcha jism va moddiy narsalar 
hisoblanadi. Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni beradi. 
Faqatgina aql tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab chiqishga 
qodir, - deb hisoblaydi Kindiy. 

Download 435.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling