Reja: Marketing axborot tizimi va marketing tadqiqotlari


Download 178.92 Kb.
bet1/7
Sana27.03.2023
Hajmi178.92 Kb.
#1300364
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Marketing tadqiqotlaari va axborot tizimi




Marketing tadqiqotlari va axborot tizimi
Reja:

  1. Marketing axborot tizimi va marketing tadqiqotlari

  2. Marketing axboroti tizimi

  3. Marketingda axborot yig'ish usullari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Marketing axboroti tizimi - dolzarb, o’z vaqtida va aniq axborotlarni yig'ish, turkumlashtirish, tahlil etish, baholash va tarqatish uchun mo'ljallangan, insonlar, uskunalar va uslubiy yo'llar o'zaro aloqasining doimiy faoliyat yurituvchi tizimidir. Ushbu axborot, marketing sohasi boshqaruvi tomonidan, rejalashtirishni takomillashtirish, marketing tadbirlarini hayotga tadbiq etish va ulardan foydalanish ustidan nazorat o'rnatish maqsadida foydalaniladi.
Marketing tadqiqotlari - bozorda o’z tovarlarini yaxshiroq o'tkazish maqsadida tovar va xizmatlar bozori, talab va taklif, iste'molchilar xulqi, bozor kon'yunkturasi va narxlar dinamikasini o'rganishdir. Marketing tadqiqotlarida statistik tahlil, o'xshatishlar usuli va prognozlashdan foydalaniladi.
Marketing axborotlari kompaniyaga:

  • moliyaviy tavakkalchilikni va firma obro'si uchun xavfni pasaytirish;

  • raqobat ustunliklariga ega bo'lish;

  • marketing muhitini kuzatish;

  • strategiyani muvofiqlashtirish;

  • faoliyat samaradorligini baholash;

  • menejerlar sezgirligini oshirish imkonini beradi.

Marketing axboroti tizimining ahamiyatini alohida qayd etish maqsadida axborot ta'minotining kontseptsiyasini keltirish maqsadga muvofiq.
Marketing tadqiqotlari - xalqaro faoliyat bilan shug'ullanuvchi firma oldida turgan marketing vaziyati munosabati bilan, lozim bo'lgan ma'lumotlar doirasini tizimli tarzda aniqlash, ularni yig'ish, tahlil etish va natijalari to'g'risida hisobot berishdir. Firma marketing tadqiqotlarini o’z kuchi (marketing bo'limi) yoki ixtisoslashgan milliy va xalqaro tashkilotlar yordami bilan amalga oshiradi.
Marketing tadqiqotlarining asosiy vazifalari quyidagilar:

  • bozor tavsiflarini o'rganish;

  • bozorning potenstial imkoniyatlarini hisoblash;

  • firmalar o'rtasida bozor ulushlari taqsimotining tahlili;

  • savdo tahlili;

  • ishbilarmonlikning faollik tendentsiyalarini o'rganish;




  • raqobatdoshlar tovarlarini o'rganish;

  • qisqa muddatli prognozlash;

  • yangi tovarga bo'lgan ta'sirni o'rganish va uning hajmini bilish;

  • uzoq muddatli prognozlash;

  • narxlar siyosatini o'rganish.

Marketingda axborot yig'ish usullari
Marketing axborot ta'minotining axborot yig'ish usullari, axborot bozorining ta'rifi va marketing axborotlarini tahlil etish vazifalari jadvalllarda keltirilgan.
Marketing axboroti tahlili tizimi-bu tahlilning zamonaviy usullari to'plamidir. Marketing axboroti tahlilining har qanday tizimi asosida statistik bank va modellar banki yotadi. An'anaviy tarzda «bozor» deganda, tovar ayirboshlash uchun xaridor va sotuvchilar uchrashadigan joy tushuniladi. Zamonaviy marketing bo'yicha mutaxassislar ishlab chiqaruvchi-kompaniyalar majmuasini (tarmoq, ular ishlab chiqarayotgan tovarlar iste'molchilarini) bozor sifatida ko'radilar. Sotuvchilar bozorga tovarlar, xizmatlar va kommunikativ axborot (reklama, pochta jo'natmalari va h.) oqimini yo'naltiradilar; buning evaziga ular pul va axborot (tovarlarga bo'lgan munosabat, realizastiya to'g'risida ma'lumotlar) oladilar. Ichki aloqalar pulni tovar va xizmatlarga ayirboshlanishini ifodalaydi.
Asosiy jo'g'rofik va milliy bozorlardagi raqobatdosh kompaniyalarning strategik holatlariga ularning jahon bozorida egallab turgan o'rinlari katta ta'sir ko'rsatgan holda global tarmoq paydo bo'ladi. Yirik va katta bo'lmagan global kompaniyalar - bu o’z faoliyati va ayirboshlash operastiyalarini butun jahon miqyosida rejalashtiruvchi va muvofiqlashtirib boruvchi firmalardir.




Marketing axboroti tizimi

Download 178.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling