Reja: Marketing tizimida narx tushunchasi va narxning shakllanishi


- foydani uzoq muddat davomida maksimal darajaga ko’tarish


Download 12.23 Kb.
bet4/5
Sana31.01.2024
Hajmi12.23 Kb.
#1819713
1   2   3   4   5
Bog'liq
marketing tizimida narx siyosati

- foydani uzoq muddat davomida maksimal darajaga ko’tarish;

- foydani qisqa muddat davomida maksimal darajaga ko’tarish;

- tarmoqda narx lideri statusini saqlab qolish;

- yangi raqobatchilar paydo bo’lishiga to’sqinlik qilish;

- savdo vositachilari tomonidan befarqlikni saqlab qolish;

- korxonaning obro’sini saqlab qolish;

- "kuchsiz mahsulotlar"ni sotishni yaxshilash;

- "narx urushi"ning oldini olish.

Talabning narxga bog’liq holdagi elastikligi - bu tovarning narxi bir foiz o’zgarishi natijasida ularning sotish hajmi o’zgarishining foizlarda ifodalanishidir va u quyidagicha aniqlanadi:

2. Narx shakllanishi uslublarini tanlash

Korxona tovarga bo’lgan talabni, tovar ishlab chiqarish uchun sarf bo’lgan yalpi xarajatlarni hisoblab chiqib va raqobatchilar narxini o’rganib, o’zining tovariga narx shakllanish uslublarini belgilaydi. Odatda, tovarning narxi juda past va juda yuqori ham bo’lmasdan, balki shu ikki ko’rsatkich oralig’ida bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Buning sababi shundaki, past narx foydani taьminlamaydi, yuqori narx esa talabni shakllantirmaydi.


Narx belgilashdagi asosiy mulohazalar

Korxona narx shakllanishi muammosini echar ekan, u yuqorida keltirilgan mulohazalardan birini tanlab ish ko’radi. Bunda korxona tanlangan uslub tovarning aniq narxini hisoblashda to’g’ri ekanligiga ishonib faoliyat yuritadi. Quyidagi chizmada narx belgilashning 3 xil usuli ko’rsatilgan.

Korxona narx shakllanishi muammosini echar ekan, u yuqorida keltirilgan mulohazalardan birini tanlab ish ko’radi. Bunda korxona tanlangan uslub tovarning aniq narxini hisoblashda to’g’ri ekanligiga ishonib faoliyat yuritadi. Quyidagi chizmada narx belgilashning 3 xil usuli ko’rsatilgan.

Narx belgilashning xarajatlarni hisoblashga asoslangan usuli. Bu usul eng oddiy hisoblanib, mahsulot tannarxiga shu mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste'molchigacha etkazib berishgacha bo’lgan jarayonda vujudga keladigan xarajatlarni va korxonaning oladigan foydasini qo’shishga asoslanadi.


Download 12.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling