Reja: Mashinasozlik mahsulotlarining sifati. Sifat ko‘rsatgichlari


Download 33.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi33.75 Kb.
#1410720
  1   2   3
Bog'liq
3 курс МСТА 5 маъруза



5-ma‘ruza. Mexanik ishlov berishda detallar sifati va sifatni shakllantirish 
asoslari 
 
Reja: 
 
1. Mashinasozlik mahsulotlarining sifati. Sifat ko‘rsatgichlari.
2. Mahsulotlarining ishonchliligi. Ishonchlilik ko‘rsatkichlari. 
3. Mahsulotlarining sifatini oshirish texnologik usullari. 
Tayanch so‘zlar: detal, geometrik, jarayon, aniqlik, shakl, kvalitet, o‘lcham, 
iqtisodiy, dastgoh, normal, texnologik, ishlab chiqarish, vaqt, sifat, qiymat, 
ko‘rsatkich, mehnat, ishonchlilik, resurs, muddat. 
1. Mashinasozlik mahsulotlarining sifati. Sifat ko‘rsatkichlari 
 
Mexanik ishlov berish jarayonida hosil bo‘lgan xatoliklar oqibatida absolyut 
aniqlikdagi detalni tayyorlash mumkin emas. 
Hosil bo‘lgan aniqlik bir qator omillarga bog‘liq bo‘ladi va quyidagilar bilan 
ifodalanadi: 
1.  Detalning geometrik shaklidan og‘ishi. 
2.  Detalning haqiqiy o‘lchamlarini nominal o‘lchamlaridan og‘ishi. 
3.  Detalning yuzalarini va o‘qlarini o‘zaro aniq joylashishdan og‘ishi. 
4. Yuzalarni joylashishi va shakldan chegaraviy og‘ishi Davlat standartlari 
bilan belgilangan. 
Detalga ishlov berish tannarxi va mehnat sig‘imi talab etilgan aniqlikka 
bog‘liq bo‘ladi. Aniqlik kancha yuqori bo‘lsa, tannarx va mehnati sig‘imi ham 
shuncha yuqori bo‘ladi. 
Detalni xizmat vazifasiga qarab 19 ta aniqlik kvaliteti belgilangan (IT01 dan 
IT17 gacha). Kvalitetning tartib raqami ortishi bilan uning qo‘yim maydoni ortib 
boradi, aniqlik esa pasayadi. Tekis parallel o‘lchov vositalari uchun IT 01, 0, 1 
kvalitet. Chegaraviy kalibrlar va o‘ta aniq mahsulotlar uchun IT 2, 3, 4 kvalitet. 
Yig‘ish jarayonida boshqa detal yuzasi bilan tutashuvchi detallar o‘lchamlari 
uchun IT 5 dan IT 12 gacha, past aniqlikdagi detallar uchun IT 13 dan IT 17 gacha 
belgilanadi. 
Ishlab chiqarishda iqtisodiy va erishish mumkin bo‘lgan aniqlik mavjud. 
Iqtisodiy aniqlikka – ishlov berishni minimal tannarxi bo‘yicha normal ishlab 
chiqarish sharoitida, texnologik soz dastgoh va kesuvchi asboblar hamda 
moslamalardan foydalanib, normal malakali ishchi kuchi bilan, normal vaqt 
sarflangan holda erishiladi. 


Erishish mumkin bo‘lgan aniqlikka – alohida yaratilgan sharoit, yuqori 
malakali ishchi kuchidan foydalanib, vaqt va tannarxni ortib ketishga qaramay 
erishiladi. 
Xizmat vazifasini bajarishda oldiga qo‘uyilgan talablarga to‘liq javob berish 
qobiliyati bilan mahsulot sifati aniqlanadi.  
Mahsulot sifati ma’lum bir qiymatga ega bo‘lgan sifat ko‘rsatkichlari bilan 
tavsiflanadi. 

Download 33.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling