Reja: Ma’sulyati cheklangan jamyat haqida tushunchasi
Jamiyatning ta’sis hujjatlari
Download 31.64 Kb.
|
Fuqarollik huquqida Ma’sulyati cheklangan jamyat, Aksiyadorlik jamyati, xususiy korxona, unitar korxona va shirkat haqida ummumiy tushunchalar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamiyat ustav fondi
Jamiyatning ta’sis hujjatlari.
Jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavi jamiyat ta’sis hujjatlari deb hisoblanadi. Agar jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilsa, shu shaxs tasdiqlagan ustav jamiyatning ta’sis hujjati hisoblanadi. Jamiyat ishtirokchilarining soni ikki va undan ortiq kishiga ko‘paysa, ular o‘rtasida ta’sis shartnomasi tuzilishi kerak. Jamiyat ishtirokchisining, auditorning yoki istalgan manfaatdor shaxsning talabiga binoan jamiyat ularga jamiyatning ta’sis hujjatlari bilan, shu jumladan unga kiritilgan o‘zgartishlar bilan tanishish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat ishtirokchisining talabiga binoan jamiyat unga jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavi nusxalarini berishi shart. Nusxalarni berganlik uchun jamiyat tomonidan olinadigan haq ularni tayyorlashga ketgan xarajatlardan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Jamiyatning ta’sis hujjatlariga o‘zgartishlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan kiritiladi. Jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi. Vakolatxonalar va filiallar tashkil etilishi, shuningdek jamiyatning pochta manzili o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgartishlar kiritilgan hollarda, bunday o‘zgartishlar yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ xabardor qilingan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi. Ta’sis shartnomasi qoidalari bilan jamiyat ustavi qoidalari mos kelmagan hollarda jamiyat ustavi qoidalari uchinchi shaxslar va jamiyat ishtirokchilari uchun ustuvor kuchga ega bo‘ladi. Jamiyat ustav fondi - (ustav kapitali) jamiyatning ustavida belgilanadi va uning ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatidan iborat bo‘ladi. Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori litsenziya talablarida belgilanishi mumkin. Jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushining miqdori foizlarda yoki kasr ko‘rinishida belgilanadi. Jamiyat ishtirokchisi ulushining miqdori uning ulushi nominal qiymati bilan jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) nisbatiga teng bo‘lishi kerak. Jamiyat ishtirokchisi ulushining haqiqiy qiymati jamiyat sof aktivlari qiymatining uning ulushi miqdoriga mutanosib bo‘lgan bir qismiga mos bo‘ladi. Jamiyatning ustavi bilan jamiyat ishtirokchisi ulushining eng yuqori miqdori, shuningdek jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nisbatini o‘zgartirish imkoniyati cheklab qo‘yilishi mumkin. Bunday cheklashlar jamiyatning ayrim ishtirokchilariga nisbatan belgilanishi mumkin emas. Ko‘rsatib o‘tilgan qoidalar jamiyat ta’sis etilayotganda uning ustavida nazarda tutilishi, shuningdek jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyat barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qaroriga binoan jamiyatning ustaviga kiritilishi, o‘zgartirilishi va undan chiqarib tashlanishi mumkin. Jamiyat faqat kredit tashkiloti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan paytga qadar uning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z hissasining kamida o‘ttiz foizini kiritishi shart.Jamiyatning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) o‘z hissasini to‘liq kiritishi kerak. Jamiyatning ishtirokchisi tomonidan hissaning to‘liq kiritilganligi jamiyat ishtirokchisiga beriladigan guvohnoma bilan tasdiqlanadi. Download 31.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling