Reja: Ma’sulyati cheklangan jamyat haqida tushunchasi
Download 31.64 Kb.
|
Fuqarollik huquqida Ma’sulyati cheklangan jamyat, Aksiyadorlik jamyati, xususiy korxona, unitar korxona va shirkat haqida ummumiy tushunchalar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Xususiy korxona haqida tushuncha. 5.Shirkat haqida tushuncha. Ma’sulyati cheklangan jamyat
Assiment Mavzu: Fuqarollik huquqida Ma’sulyati cheklangan jamyat, Aksiyadorlik jamyati, xususiy korxona, unitar korxona va shirkat haqida ummumiy tushunchalar. Reja: 1.Ma’sulyati cheklangan jamyat haqida tushunchasi. 2.Aksiyadorlik jamiyati haqida tushuncha. 3.Unitar korxona haqida tushuncha. 4.Xususiy korxona haqida tushuncha. 5.Shirkat haqida tushuncha. Ma’sulyati cheklangan jamyat - Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etil-gan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulush-larga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.Mas’uliyati cheklangan jamiyatning o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo‘ladilar.Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat deb hisoblanadi. Bunday jamiyatning ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mol-mulklari bilan hamma uchun bir xil bo‘lgan va qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo‘ladilar. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilari javobgarligining eng yuqori miqdori qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning ustavida nazarda tutiladi.Ishtirokchilardan biri bankrot bo‘lib qolganida uning qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi, agar jamiyatning ta’sis hujjatlarida javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa ishtirokchilar o‘rtasida ularning qo‘shgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Fuqarolik kodeksining 10-moddasida jamiyatning muassislari ta’sis shartnomasini tuzadilar va jamiyat ustavini tasdiqlaydilar, ushbu Qonun 11-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Jamiyat muassislari jamiyatning ijro etuvchi organlarini saylaydilar (tayinlaydilar), shuningdek jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pulsiz hissalar qo‘shilgan taqdirda, ularning pul bahosini tasdiqlaydilar. Jamiyat ustavini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror, shuningdek jamiyat muassislari kiritadigan hissalarning pul bahosini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Boshqa qarorlar jamiyatning muassislari tomonidan ushbu Qonunda va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi. Jamiyatning muassislari jamiyatni ta’sis etish bilan bog‘liq va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga qadar yuzaga kelgan majburiyatlar yuzasidan solidar javobgar bo‘ladilar. Jamiyat muassislarning uni ta’sis etish bilan bog‘liq majburiyatlari yuzasidan, ularning harakatlari keyinchalik jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan ma’qullangan taqdirdagina javobgar bo‘ladi. Download 31.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling