Reja: Ma’sulyati cheklangan jamyat haqida tushunchasi
Jamiyatning filiallari va vakolatxonalari -
Download 31.64 Kb.
|
Fuqarollik huquqida Ma’sulyati cheklangan jamyat, Aksiyadorlik jamyati, xususiy korxona, unitar korxona va shirkat haqida ummumiy tushunchalar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamiyatni ta’sis etish.
Jamiyatning filiallari va vakolatxonalari - Jamiyat filiallar tashkil etishga va va-kolatxonalar ochishga haqli. Filial jamiyatning jamiyat joylashgan erdan tashqarida joy-lashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki ularning bir qismini, shu jumladan vakolatxonaning vazifalarini amalga oshiradigan alohida bo‘linmasidir. Vakolatxona jamiyatning jamiyat joylashgan erdan tashqarida joylashgan, uning manfaatlarini ifodalaydigan va bu manfaatlarni himoya qilishni amalga oshiradigan alohida bo‘linmasidir. Jamiyatning filiali va vakolatxonasi yuridik shaxs bo‘lmaydi. Ular jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida ish yuritadi. Jamiyatning filialga va vakolatxonaga berib qo‘yilgan mol-mulki jamiyatning balansida hisobga olinadi. Filialning yoki vakolatxonaning rahbari jamiyat tomonidan tayinlanadi va jamiyat tomonidan berilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Filial hamda vakolatxona faoliyati uchun javobgarlik ularni tashkil etgan va ochgan jamiyat zimmasida bo‘ladi. Jamiyat tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida filiallar tashkil etish va vakolatxonalar ochish, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, filiallar va vakolatxonalar joylashgan erdagi mamlakatning qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Jamiyatni ta’sis etish. Jamiyatni ta’sis etish yo‘li bilan tashkil etish muassislar-ning (muassisning) qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Jamiyatni ta’sis etish to‘g‘risidagi qaror ta’sis yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir muassis tomonidan ta’sis etilgan taqdirda jamiyatni ta’sis etish haqidagi qaror shu muassis tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi. Jamiyatning muassislari uni tashkil etish to‘g‘risida o‘zaro ta’sis shartnomasini tuzadilar, shartnomada ularning jamiyatni ta’sis etishga doir birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibi, jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori, muassislar o‘rtasida joylashtirilishi lozim bo‘lgan aksiyalarning turlari, ular uchun to‘lanadigan haqning miqdori va uni to‘lash tartibi, muassislarning jamiyatni tashkil etishga doir huquq va majburiyatlari belgilanadi.Jamiyatni ta’sis etish to‘g‘risidagi qaror muassislarning ovoz berish natijalarini hamda jamiyatni ta’sis etish, uning ustavini tasdiqlash, jamiyatning boshqaruv organlarini shakllantirish masalalari yuzasidan muassislar qabul qilgan qarorlarni aks ettirishi kerak. Jamiyatni ta’sis etish, uning ustavini tasdiqlash to‘g‘risidagi va muassis tomonidan jamiyatning aksiyalari haqini to‘lash uchun kiritilayotgan qimmatli qog‘ozlarning, o‘zga mulkiy huquqlarning yoki pulda ifodalanadigan bahoga ega bo‘lgan boshqa huquqlarning pulda ifodalangan bahosini tasdiqlash haqidagi qarorlar muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Chet ellik investorlar ishtirokidagi jamiyatni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirilayotganda aksiyadorlik jamiyatini ta’sis etish to‘g‘risidagi qaror davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat muassislari va aksiyadorlarining soni cheklanmaydi. Jamiyatning muassislari jamiyatni tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning muassislari (muassisi) deb e’tirof etiladi. Agar qonunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Res-publikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, davlat organlari jamiyatning muassislari (aksiyadorlari) bo‘lishi mumkin emas. Jamiyat muassislari jamiyatning tashkil etilishi bilan bog‘liq majburiyatlar yuzasidan jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilguniga qadar solidar javobgar bo‘ladi. Jamiyat muassislar-ning jamiyatni tashkil etish bilan bog‘liq majburiyatlari yuzasidan muassislarning ha-rakatlari keyinchalik aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ma’qullangan taqdirda-gina javobgar bo‘ladi. Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirilayotganda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ jamiyatning muassisi bo‘ladi. Jamiyat muas-sislari o‘rtasida aksiyalarni taqsimlash ta’sis hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi. Jamiyatning ustavi. Ustav jamiyatning ta’sis hujjati bo‘lib, unda quyidagi ma’lu-motlar bo‘lishi kerak: Jamiyatning to‘liq (agar bo‘lsa qisqartirilgan) firma nomi, joylashgan eri (pochta manzili) va elektron pochta manzili; faoliyatining sohasi (asosiy yo‘nalishlari) va maqsadi; ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori; jamiyat aksiyalarining soni, nominal qiymati, turlari (oddiy, imtiyozli); jamiyat boshqaruvining tuzilmasi, jamiyat kuzatuv kengashining, taftish komissiyasining va ijroiya organining a’zolari soni, bu organlarni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari. Jamiyat ustavida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) bitta aksiyadorga tegishli bo‘lgan ulushning eng ko‘p miqdoriga cheklovlar belgilanishi mumkin. Jamiyat ustavida qo-nunchilikka muvofiq boshqa qoidalar ham ko‘rsatilishi mumkin. Jamiyat aksiyadorning yoki har qanday manfaatdor shaxsning talabiga ko‘ra uch ish kuni ichida ularga jamiyatning ustavi, shu jumladan ustavga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat aksiyadorning talabiga ko‘ra unga jamiyat ustavining ko‘chirma nusxasini berishi shart. Download 31.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling