Reja: Ma’sulyati cheklangan jamyat haqida tushunchasi


Download 31.64 Kb.
bet6/7
Sana26.01.2023
Hajmi31.64 Kb.
#1126819
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fuqarollik huquqida Ma’sulyati cheklangan jamyat, Aksiyadorlik jamyati, xususiy korxona, unitar korxona va shirkat haqida ummumiy tushunchalar.

Xususiy korxona - Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqa-riladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir. Xususiy korxona o‘z mulkida alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.Xususiy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi. Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi. Xususiy korxonaning firma nomi. Xususiy korxona to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega bo‘lishga haqli. Xususiy korxonaning to‘liq firma nomi uning to‘liq nomini va “xususiy korxona” degan so‘zlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Xususiy korxonaning qisqartirilgan firma nomi uning qisqartirilgan nomini va “xususiy korxona” degan so‘zlarni yoki “XK” abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak. Xususiy korxona mulkdor tomonidan tuziladi, mulkdor unga tegishli mol-mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi. Xususiy korxona, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi. Boshqa yuridik shaxslarni ta’sis etish. Xususiy korxonaning vakolatxonalari va filiallari. Xususiy korxona qonun hujjatlarida belgilan-gan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishga yoki ularning ustav fondida o‘zgacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar ochishga va filiallar tuzishga haqli.
Xususiy korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.Xususiy korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi. Xususiy korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Xususiy korxonaning ustav fondi. Xususiy korxonaning ustav fondi bo‘linmasdir va uni mulkdorning o‘zi belgilaydi. Pul, qimmatli qog‘ozlar, pul bilan baholanadigan boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlar yoxud boshqa shaxsga beriladigan o‘zga huquqlar xususiy korxonaning ustav fondiga qo‘shiladigan hissa bo‘lishi mumkin. Mulkdor xususiy korxonaning ustav fondiga o‘zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil baholaydi. Agar xususiy korxonaning ustav fondi shakllantiri-layotganda mulkdor o‘z oila a’zolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki hisoblangan mol-mulkni korxonaga berayotgan bo‘lsa, ushbu mol-mulkning barcha mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi. Xususiy korxonaning ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish.Xususiy korxonani yakka boshqarish. Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi, korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, uning manfaatlarini ifodalaydi, xususiy korxonaning pul mablag‘larini hamda boshqa mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisobvaraqlar ochadi, shtatlarni tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi. Xususiy korxonaning ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish mulkdorning qaroriga ko‘ra xususiy korxonaning ustaviga o‘zgartishlar kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Agar ikkinchi moliya yilining va shundan keyingi har bir moliya yilining yakunida xususiy korxona sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan kam ekanligi ma’lum bo‘lib qolsa, xususiy korxona o‘z ustav fondini o‘zining sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorda kamaytirishi shart.Xususiy korxona sof aktivlarining qiymati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.Xususiy korxona mol-mulkining natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi.Xususiy korxonaning mol-mulki natsionalizatsiya qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Xususiy korxonaning mol-mulki rekvizitsiya qilinmaydi, xususiy korxonaning mulkdoriga rekvizitsiya qilinayotgan mol-mulkning bozor qiymatiga muqobil kompensatsiyasi to‘lanadigan tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar va favqulodda tusdagi boshqa holatlar bundan mustasno. Xususiy korxona faoliyatini tekshirish cheklanganligi. Xususiy korxonalarning — kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini rejali tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan belgilangan tartibda ko‘pi bilan to‘rt yilda bir marta, boshqa xususiy korxonalarning faoliyatini tekshirishlar esa ko‘pi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi.Yangi tashkil etilgan xususiy korxonalarning — kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi, ushbu moddaning  nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan xususiy korxonalar — kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati, shuningdek xususiy korxonalar — kichik tadbirkorlik subyektlarining budjet mablag‘laridan hamda markazlashtirilgan mablag‘lar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi.

Download 31.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling