Reja: Ma’sulyati cheklangan jamyat haqida tushunchasi
Download 31.64 Kb.
|
Fuqarollik huquqida Ma’sulyati cheklangan jamyat, Aksiyadorlik jamyati, xususiy korxona, unitar korxona va shirkat haqida ummumiy tushunchalar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamiyatning javobgarligi
Aksiyadorlik jamiyati-bu Ustav fondi muayyan aksiyalar soniga bo‘lingan jami-yat aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi; aksiyadorlik jamiyatining ishtirokchilari (aksi-yadorlar) uning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlariga qarashli aksiyalar qiymati doirasida javobgar bo‘la-dilar. Aksiyalar haqini batamom to‘lamagan aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatining maj-buriyatlari bo‘yicha o‘zlariga qarashli aksiyalar qiymatining to‘lanmagan qismi doira-sida solidar javobgar bo‘ladilar.Aksiyadorlik jamiyatining firma nomida jamiyatning nomi hamda bu jamiyat aksiyadorlik jamiyati ekanligi o‘z ifodasini topishi ke-rak. Aksiyadorlik jamiyatining huquqiy mavqeyi hamda aksiyadorlarning huquq va burch-lari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Bank, investitsiya va sug‘urta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat tashkilotlarini xususiylashtirishda aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etishning va ular huquqiy holatining o‘ziga xos xususiyatlari qonunchilik bilan belgilanadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Jamiyatning javobgarligi Jamiyat o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga tegishli barcha mol-mulk bilan javobgar bo‘ladi. Aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi va uning faoliyati bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida qoplash tavakkalchiligini o‘z zimmasiga oladi. Aksiyalarning haqini to‘liq to‘lamagan aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymatining to‘lanmagan qismi doirasida solidar javobgar bo‘ladi. Jamiyat o‘z aksiyadorlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘l-maydi. Agar jamiyatning bankrotligi jamiyat uchun majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyador sifatida ish yuritayotgan shaxsning g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, jamiyatning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda, mazkur aksiyadorning zimmasiga jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin. Aksiyador majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga jamiyat ustavida bu huquq nazarda tutilgan taqdirdagina ega bo‘ladi. Jamiyat uchun majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyador jamiyat muayyan harakatni amalga oshirishi oqibatida bankrot bo‘lishini oldindan bila turib, ushbu huquqidan jamiyat tomonidan shunday harakat amalga oshirilishi uchun foydalangan taqdirdagina jamiyatning bankrotligi aksiyadorning harakatlari tufayli yuzaga kelgan deb hisoblanadi. Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi, xuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi. Download 31.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling