Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mbb-15 gurux talabasi Elmurodov Abbosning tayyorlagan taqdimoti


Download 228.28 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi228.28 Kb.
#1542793
  1   2   3   4
Bog'liq
TASHKILIY ISHLAR REJASINI ISHLAB CHIQISH

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti MBB-15 gurux talabasi Elmurodov Abbosning tayyorlagan taqdimoti

TASHKILIY ISHLAR REJASINI ISHLAB CHIQISH

  • Reja:
  • Vazifasi va asosiy qoidalari
  • Boshqaruvni tashkil etish
  • Xodimlarni boshqarish tuzilmasi quyidagi faoliyat yo‘nalishlarini qamrab oladi:
  • Qisqa xulosalar

Vazifasi va asosiy qoidalari


Tashkiliy reja va menejment – biznes-rejaning muhim bo‘limi bo‘lib, unda korxona boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi qanday bo‘lishi, mulkchilik shakli, komanda tarkibi va hokazolar haqida ma'lumotlar keltiriladi.
Ushbu bo‘limda quyidagilar aniq aks ettirilshi lozim: kim va nima bilan shug’ullanadi, bo‘linmalar bir-biri bilan o‘zaro qanday aloqa qiladi, ularning faoliyatini qay tariqa muvofiqlashtirish va nazorat qilish mumkin, boshqaruv komandasining asosiy a'zolari o‘rtasida vazifalar qanday taqsimlanadi va ular qay tarzda bir-birini to‘ldirib turadi? U yoki bu tuzilma birliklari zimmasiga qaysi majburiyatlar yuklatiladi?
Tashkiliy chalkashliklar sababli ko‘p hollarda eng umidli loyihalarning ham barbod bo‘lishi mumkinligi tufayli bunday axborot marketing, moliya va ishlab chiqarishni boshqarishga qodir bo‘lgan boshqaruv komandasini ham ko‘rish istagida bo‘lgan investor va bankirlarni ham qiziqtiradi.

Tashkiliy tuzilma va menejment bu o‘z mohiyatiga ko‘ra biznesrejani amalga oshirish bo‘yicha hatti-harakatlar dasturi bo‘lib, unda quyidagilar o‘z aksini topishi lozim:


korxona boshqaruvining tashkiliy tuzilmasiga qo‘yiluvchi talablar;
menejmentga qo‘yiluvchi talablar;
ishlab chiqarishni joylashtirish va foyda markazlari;
kadrlar siyosati va uni amalga oshirish yo‘nalishlari;
homiylik va xayriya-vasiylik faoliyati.

Menejment va rejalashtirish sohasida mehnat qiluvchi iqtisodchi va olimlar biznes-rejaning ushbu bo‘limida eng muhim va mustaqil masalalar sifatida quyidagilarni ko‘rib chiqishni taklif qiladi:


biznes-rejaning ishbilarmonlik jadvali;
boshqaruvni tashkil etish;
kadrlar siyosati va personalni boshqarish.

Download 228.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling