Reja: Ma'uriy javobgarlikning tushunchasi


Harbiy xizmatchilar va intizom ustavlari tatbiq etiladigan


Download 62.5 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi62.5 Kb.
#1554896
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma\'muriy javobgarlik

2.4. Harbiy xizmatchilar va intizom ustavlari tatbiq etiladigan
boshqa shaxslarning javobgarligi

O`zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 16-moddasiga binoan harbiy xizmatchilar va yig`inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar ma'muriy huquqbuzarlik uchun intizom ustavlariga muvofiq javobgar bo`ladilar.


Harbiy xizmatchilar va yig`inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kirmaydigan, intizom ustavlari yoki intizom to`g`risidagi maxsus qoidalar tatbiq etiladigan boshqa shaxslar, ana shu ustav yoki qoidalarda to`g`ridan-to`g`ri nazarda tutilgan hollarda, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun intizomiy javobgar bo`ladilar, boshqa hollarda esa umumiy asoslarda ma'muriy javobgar bo`ladilar.
Amaldagi qonun hujjatlariga binoan, harbiy xizmatchilarga - O`zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari saflarida, Ichki ishlar vazirligi ichki qo`shinlarida va Milliy xavfsizlik xizmati qo`shinlarida (chegara qo`shinlarida) haqiqiy harbiy xizmatni o`tayotgan shaxslar kiradi. O`zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik xizmati organlarining oddiy askarlari va boshliqlari tarkibidagi shaxslar ham harbiy xizmatchilarga tenglashtirilgan. Ichki ishlar organlari, shu jumladan militsiyaning oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar ham ma'muriy huquqbuzarlik uchun ularga teng darajada javobgar bo`ladilar.
O`zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida” gi qonun5ga binoan harbiy xizmatchilar va yig`inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar6 harbiy intizom va jamoat tartibini buzganliklari uchun qo`mondonlar (boshliqlar) oldida O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom ustavi bo`yicha javobgar bo`ladilar.
Harbiy intizomni va jamoat tartibini buzishga qaratilgan huquqbuzarliklar jumlasiga, o`rnatilgan har qanday umummajburiy qoidalarni buzishni kiritish mumkin.
Tegishli davlat organlari yoki mansabdor shaxslar harbiy xizmatchilar tomonidan ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilganini aniqlagan vaqtda, huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnomalar va boshqa ishga taalluqli materiallarni aybdorning Qurolli Kular Intizom ustavi bo`yicha javobgarligi masalasini hal qilish uchun boshliqlarga beradilar.
Harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan quyidagi ma'muriy huquqbuzarliklar uchun, umumiy asoslarda ma'muriy javobgarlikni qo`llash mumkin:

  1. yo`l harakati qoidalarini buzganda;

  2. ov qilish, baliq tutish va baliq zahiralarini saqlash qoidalarini buzganda;

  3. bojxona qoidalarini buzganda.

Amaldagi qonun hujjatlarida harbiy xizmatchilarga nisbatan qo`llanilmaydigan ma'muriy javobgarlik choralari ham ko`rsatib o`tilgan. Jumladan, birinchidan, harbiy xizmatchilar va yig`inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslarga nisbatan ma'muriy qamoq jazosi qo`llanilmaydi; ikkinchidan, muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarga jarima solinishi mumkin emas.



Download 62.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling